7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari


G’isht-tosh ishlarida mehnatni muhofaza qilish


Download 0.67 Mb.
bet8/9
Sana24.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1652924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура

G’isht-tosh ishlarida mehnatni muhofaza qilish.

Ishlarni havfsiz olib borish tadbirlari asosan ikki guruhga bo’linadi: balandlikda bajariladigan ishlar va nolinchi belgidan pastda bajariladigan ishlar. Bunday shartli sinflanish, shundan kelib chiqqanki havfsizlik texnikasining tadbirlari xoh birinchi, xoh ikkinchi holda bo’lsin bir-biridan keskin farq qiladi. SHunday qilib, oldindan qazilgan kotlovan va transheyalardagi poydevorlar, ustunlar va quduqlarning g’isht terimini olib borishda ishlar boshlanmasdanoq: yer inshootlari devorlarining mahkamlanganligi va mustahkamligi tekshirish; kotlovan (transheya)larni to’g’ri qurilganligi va qiyaliklarining mustahkamligini tekshirish; himoya mintaqalari va kran harakatlanadigan relьslar va boshqa mexanizmlarning yo’llari to’g’ri o’rnatilganligi tekshiriladi. Poydevor terimini olib borishda mahkamlash qurilmalari va qazilma qirg’og’ini doimiy ravishda kuzatib turiladi. Kuzatish yog’in-sochinli kunlarida juda muhim hisoblanib, shu bilan birgalikda suvni qochirish tadbirlari ham olib boriladi. Nolinchi belgidan pastda ishlarni havfsiz olib borish tadbirlariga yana quyidagilarni keltirish mumkin: kotlovan va transheyalar tubiga ishchilar tushishlari uchun norvonlar va ko’chma norvonlarni o’rnatish; ish joyiga qurilish materiallarini yetkazuvchi mexanizmlar va maxsus novlarni qo’llash; materiallar va detallar taxlamlarini kotlovan va transheyalar qirg’og’iga taxlash qoidalariga amal qilish. Materiallarni taxlashda yer inshooti devori mahkamlangan holda, yuqorigi qirg’oq qirrasidan 1,5 m dan kam bo’lmagan masofada, agar devorlari mahkamlanmagan bo’lsa gruntni ag’darilish prizmasi chegarasidan tashqarida joylashtiriladi.


Binoning yer ustki qismi devorlari g’isht-tosh terimidagi havfsizlini ta’minlash chora-tadbirlari, nol sathidan paski qismining terimidagi havfsizlik chora-tadbirlaridan butunlay farq qiladi. Balandlikda bajariladigan tashqi va ichki devor terimi uchun havozalar va tagsupalardan foydalanishda, ish joyiga materiallarni uzatishda, himoya soyabonlari va o’rama devorlarini o’rnatishda havfsizlik tadbirlariga rioya qilish kerak bo’ladi. Devorbop materiallarini ish joyiga yetkazishda qo’llanilayotgan konteynerlar va g’ilofli poddonlarning qurilmalari shunday yasalishi kerakki, yon tomonlaridagi o’rama devorlari o’z-o’zidan ochilib ketmasligi ta’minlansin, paddon ajralib tushmasligi va uni ko’tarish paytida materiallar tushib ketmasli kerak. Tagsupa va havozalar to’shamalari ustiga g’isht va qorishmalar qutilarini yuklash sxemalariga mos ravishda joylashtirilishi kerak bo’ladi.
Kronshteynlarga mahkamlangan to’shamali inventar himoya soyabonlari devorning perimetri bo’yicha o’rnatilishi va tekis taqsimlangan va to’plangan yuklarga hisoblanadi. Birinchi qatordagi soyabon yerdan 6 m balandlikda osiladi va u devorlar terimining oxirigi qavati tugagunicha saqlanib qoladi. Soyabonning ikkinchi qatori birinchisidan 6-7 m masofadagi balandlikda o’rnatiladi va devor terimining o’sishi barobarida har 6-7 m dan ketma-ket, har 2 qavatdan keyin ko’chirib o’rnatiladi.
Soyabonlarni o’rnatuvchi va ajratib olish bilan shug’ullanuvchi ishchilar oldindan sinab ko’rilgan havfsizlik kamarini taqib olishlari va uni ustvor konstruktsiyaga ishonchli ravishda bog’lab qo’yib ishlarni olib borishlari kerak. Soyabonlar ustidan ishchilarning yurishlari, ulardan ko’prik sifatida foydalanish, tagsupa qilib yoki ustiga materallarni taxlashga aslo ruxsat berilmaydi.
G’ishtin binolarda soyabonlarni o’rnatmasdan barpo etish, 7 m dan baland bo’lmagan binolar devor terimlari uchun ruxsat etiladi, bunday hollarda binoning perimetri bo’yicha havfli hudud devor tashqarisiga 1,5 m masofada o’rama devor bilan vaqtincha to’siladi. Tashqi va ichki devorlarning g’isht terimidagi mehnat havfsizligini ta’minlovchi oldini oluvchi chora-tadbirlardan eng muhimi, qurilish ishlab chiqarish texnologiyasi talablariga rioya qilishdir. Ularga quyidagilar kiradi: navbatdagi qavat devorini terimini olib borish uchun orayopmalar o’rnatish; orayopma plitasini tayanchi bo’lib xizmat qiluvchi tashqi devorining ikki qatorini pag’ona qilib chiqarib terish; tagsupani har-bir ko’tarib o’rnatishda devor terimi balandligi to’shamaning sathidan ikki qator baland bo’lishiga rioya etish; orayopmasiz va to’sinlarga o’rnatiladigan vaqtinchalik to’shamalarsiz devor terimlari balandligi 2 qavatgacha ruxsat berilishi qoidasiga amal qilish; devorlarga deraza va eshik bloklarini o’z vaqtida o’rnatib olish; devor terimi choklarini birdaniga sayqal berish va bunda terim ustida ishchi chiqib terimni bajarilishiga aslo yo’l qo’ymaslik; g’isht terimi jarayonida deraza va eshik romlari o’rnatilmasa ochiq joylarni vaqtincha inventarь siljuvchan romlar bilan yopib qo’yish kabi tadbirlarga ahamiyat beriladi.
Qish paytida g’isht- tosh ishlarini bajarganda qorishma qotib olmay turib muzlash oldini olish zarur, chunki qotmay turib muzlash sodir bo’lsa, tsement gidrotatsiyasi to’xtab qoladi, natijada qorishma yetarli mustahkamlik olmaydi. Qorishmadagi suv muzlab, suv xajmi 9%ga kengayadi, natijada qorishma xajmi ham kengayadi. Muzdan tushgach qorishma orasidagi muz erib, oradagi suv bug’lanib, bo’shliqlar hosil bo’ladi, bu esa mustahkamlikka ta’sir qiladi.
Suv shimigan tosh tez soviydi, chunki uning issiqlik o’tkazuvchanligi ancha yuqori. Tosh muzlagich qorishma va tosh orasida muz qatlami hosil bo’ladi, bu qatlam erigach o’rni bo’shab g’isht va qorishma orasidagi bo’shliq qolishi mustahkamlikni kamaytiradi.
Yuqoridagilarni inobatga olib qish paytida g’isht- tosh ishlarini bajarishni quyidagi usullari qo’llaniladi:
- muzlatish usuli;
- muzlashga qarshi qo’shimchalar qo’shishi usuli;
- g’isht terish jaraenida konstruktsiya chokidagi qorishmani isitish usuli;
- yopiq joyda g’isht terish.
G’isht- tosh terish ishlarini qish paytida olib borilayotganda ulardagi chok qalinligi 12 mm dan ortmasligi, terish vertikaliga va gorizontalligiga ahamiyat berish zarur.
Terish qorishmasiga qo’shiladigan muzlashga qarshi qo’shimchalar turi va miqdori havo haroratiga qarab 5.4 jadvalda keltirilgan miqdorda bo’lishi zarur.



Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling