7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari
Qurilishda g’isht va tosh ishlarida ishlatiladigan
Download 0.67 Mb.
|
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура
Qurilishda g’isht va tosh ishlarida ishlatiladigan
qorishmalar uchun bog’lovchilar 5.1-jadval
Qorishmaga yuqori qo’zg’aluvchanlik va suv ushlab turish maqsadida qorishma tarkibiga organik va noorganik plastiklashtiruvchi qo’shimchalar qo’shiladi. Bunday qo’shimchalar bo’lib: milonaft, TSNPS-1 plastifikatori, sovun ishqori, konefol, shuningdek SDP xizmat qiladi. G’isht terish ishlarida chok bostirish - bu g’ishtlarni (toshlarni) bir-biriga nisbatan joylashishidir. Qurilishda xozirgi kunda eng ko’p qo’llanib kelinayotgan chok bostirish usullariga: bir qatorli (zanjirli) chok bostirish (rasm 5.4.a) va ko’p qatorli chok bostrish (rasm 5.4.b) kiradi. Rasm 5.4. Ikki g’isht qalinlikdagi devorni terishda mustahkamlik grafigi. a - bir qatorli (zanjirli) chok bosish; b - ko’p qatorli chok bostbrish; v - uch qatorli chok bostirish. Rasm 5.5. Devorning to’g’ri burchagi va chetlarini terishda chok bostirish sistemasi. a - bir g’ish qalinlik; b – bir yarim g’isht qalinlik; v - ikki g’isht qalinlik. Bir qatorli (zanjirli) chok bostrishli terimda bo’ylama va ko’ndalang qatorlar galma-gal keladi bunda g’ishtlar devor uzunligi bo’yicha 1/4 g’ishtga, devor qalinligida esa 1/2 g’ishtga surilib teriladi. Barcha bo’ylama va yonlama choklar keyingi qator g’ishti bilan to’liq yopilib ketadi. SHuning uchun bunday chok bostirish o’zining mustahkamiligi bilan ko’p qatorligidan ajralib turadi, ayniqsa yer silkinish kuchi yuqori rayonlarga ancha qo’l keladi (rasm 5.5.a). Ko’p qatorlik chok bostirishda g’isht terishda terim yarim g’isht (120 mm) va g’isht bo’ylama terilib, bir necha qatordan so’ng esa ko’ndalang qator bilan chok bostiriladi. Bunda vertikal chok besh qatordan so’ng bosiladi. Bunday chok bostirish mustahkamligi bir qatorlik chok bostirishnikidan past, ya’ni 98%ni tashkil etadi (rasm 5.6). Rasm 5.6. Devor burchaklari va vertikal chetlarni ko’p qatorli chok bostirish sistemasi. a - bir g’isht qalinligi, b - 1,5 g’isht qalinligi. Bu chok bostirish usuli bir qatorli chok bostirish usuliga nisbatan kam mehnat talab qiladi, ya’ni g’ishtni kam maydalanish evaziga 1,3 marotaba kam g’isht qo’yiladi. Lekin ko’p qatorli g’isht terishni ustunlarni terishda qo’llab bo’lmaydi. Uch qatorlik chok bostirishda uch qator yarim (120 mm) bo’ylama g’isht terilib ustidan bir qator ko’ndalang g’isht terib chok bostiriladi. Bu chok bostirish faqat ustunlar yoki ensiz deraza oraliqlarini terishda qo’llaniladi. Quyidagi (rasm 5.7.)da uch qatorlik chok bostrish usulidan ustunlarni terish keltirilgan. Rasm 5.7. Uch qatorlik chok bostirishda ustunlarni terish.
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling