7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari


SHayton yordamida terilgan g’isht vertikalligi va gorizontalligi, shovun


Download 0.67 Mb.
bet6/9
Sana24.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1652924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура

SHayton yordamida terilgan g’isht vertikalligi va gorizontalligi, shovun yordamida esa vertikallik tekshiriladi.
Gunya - ko’tarilayotgan burchakning to’g’riligini tekshirishda ishlatiladi.


Rasm 5.14. Tekshirib-o’lchovchi asbob va moslamalar.
a- inventar qatorlagich o’rnatish sxemasi; b- shovun, v- ruletka; g- buklama metr; d- gunya; ye- shayton; j- dyuralyuminiy to’g’rilagich; 1- qatorlagich; 2- ip; 3- changak; 4- surilgich; 5- shayton amulasi.
Deraza oraliqlarini terish uchun maxsus sirpanuvchi qolipli shablon qo’llanilib, u deraza oraliqlarini tekis va zarur o’lchamda aniq terilishi imkoniyatini yaratadi (Rasm 5.15).

Rasm 5.15. Deraza oraliqlarini terish uchun sirpanuvchi qolipli shablon.
G’isht teruvchining mehnat unumdorligi g’isht terish balandligi o’zgarishi bilan o’zgarib turadi. Eng mehnat unumdorlik yuqori bo’lgan balandlik g’isht teruvchi turgan sathdan 0,6 m balandlik hisoblanadi. Agar ushbu balandlik 1,5 metrni tashkil etsa, mehnat unumdorligi eng yuqori mehnat unumining atigi 17 % ni tashkil etadi. SHuning uchun g’isht terish balandligi 1,2….. 1,5 metrni tashkil etsa samarasiz hisoblanadi. SHuning uchun g’isht teruvchiga zarur sathni ta’minlab berishning birdan bir yo’li havoza yoki so’rilar o’rnatishdir.

Rasm 5.16. G’isht terish ishlari uchun xavozalar.
a- boltsiz quvurdan; b- osma; 1- tayanish taxtasi; 2- bashmak; 3- tayanch ustun; 4- rigel; 5- tiqin quvur; 6- ilgak; 7- to’siq; 8- ishchi to’shama; 9- osgich; 10- to’shama progoni tutgichi; 11- to’sgich; 12- progon; 13- boltli qotirgich.
Havozalar - qachonki g’isht terilayotgan bino yoki inshoot qavat aro yopmasi bo’lmagan joylarni g’ishtli devorini terishda ishlatiladi. Havozalar qurilishi sanoati korxonalarida bir xillashtirilgan loyiha asosida tayyorlanib, yetarli mustahkam, ustivor va ish bajarishda havfsizlikni ta’minlashi zarur (rasm 5.16).
Boltsiz quvurdan - tayyorlangan xavozalar yordamida 40 metr balandlikkacha bo’lgan bino va inshoot devorini terish mumkin. Uni ish bajarish paytida ustivorligini ta’minlash uchun har yerdan terilayotgan g’isht devorga anker bilan qotirib turiladi (rasm 5.16.a).
Osma havozalar asosan sinchli binolarni g’ishtli qismlarini terishda ishlatilib, ular sinchga konsol qilib qotirilgan bo’ladi va bu konsolga havzani ko’tarib turuvchi osmalar osiladi (rasm 5.16.b).
So’rilar - ko’p qavatli bino va inshootlarni g’ishtli devorlarini terishda qo’llaniladi. Ularning bir necha xili: blokli, sharnir panelli, universal o’zi o’rnaydigan paket turlilari mavjud.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling