7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari


Download 0.67 Mb.
bet3/9
Sana24.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1652924
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура

Harsangtosh va harsangtosh - betonlardan ularning issiqlik o’tkazuvchanligi yuqori va ko’p qo’l mehnati talab qilinishini inobatga olib imkoni boricha kam qo’llaniladi. Lekin ular maxalliy material bo’lganligi tufayli qo’llash iqtisodiy samaralidir. Ular yordamida bino poydevori, omborxona devorlari va ayrim qishloq yoki tog’li rayonlarda bir qavatli binolar devorlarini ko’tarishda ham qo’llaniladi. O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxitektura va qurish qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan 530-95 UzRST ga asosan sopol g’isht va toshlar paralellopiped shaklida tayyorlanib, o’lchamlarga qarab quyidagi turlarga bo’linadi va quyidagi o’lchamlilari ishlatiladi:


  • Yakka g’isht: 250x120x65mm

  • Qalin g’isht: : 250x120x88mm

  • Modul yakka g’isht 288x138x63mm

  • Modul o’lchamli qalin g’isht: 288x138x88mm

  • Bo’shliqlari ufqiy joylashgan qalin g’isht:

250x120x88mm

  • Bo’shliqlari ufqiy joylashgan qalin g’isht:

250x120x138mm

  • Tosh o’lchamlari: 250x120x138mm

  • Modul o’lchamli tosh: 288x138x138mm

  • Modul o’lchamli yirik tosh: 288x288x88mm

  • Yirik tosh: 250x250x138mm

  • 250x250x188mm

  • 250x200x80mm

379-95 Uz RSTga asosan silikat g’isht va toshlar paralellopiped shaklida tayyorlanib, o’lchamlarga qarab quyidagi turlarga bo’linadi:



  • yakka dona o’lchamlari: 250x120x65mm

  • tosh o’lchamlari 250x138x88mm

Qurilish qorishmalari deb oldindan me’yorlab olingan noorganik bog’lovchi modda, mayda to’ldiruvchi, suv va shuningdek plastiklashtiruvchi qo’shimchani aralashtirib olingan aralashmaga aytiladi. Bunday aralashma vaqt o’tishi bilan qotish davomida birlashtirayotgan material yoki konstrutsiya bilan birlashib ketadi.
G’ish-tosh terish ishlarida ishlatiladigan qurilish qorishmalari tarkibi va sifati O’zbekiston Respublikasi Davlat Arxetektura va qurilish qo’mitasi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan KMK 3.03.06-99 da belgilangan.
Qorishmalar quyidagi turlarga bo’linadi:

  • zichligi bo’yicha: og’ir - zichligi 1500 kg/m3 va undan yuqori; yengil - zichligi 1000 kg/m3 dan kam;

  • bog’lovchilar turi bo’yicha: tsementli, oxakli va aralash (tsement-oxakli, tsement tuproqli va boshqalar);

  • siqilishga bo’lgan mustahkamligi bo’yicha (vaqtinchalik qarshiligi bo’yicha) tamg’alarga: M4, M10, M25, M75, M100, M 150, M200. M4 va M10 tamg’alari asosan oxakli asosan oxakli va maxalliy bog’lovchilardan (oxak-toshqolli, oxak putsoolan va shunga o’xshash) tayyorlanadi. Tuproqdan tayyorlagan devorbop materiallarni terish uchun loy qorishmalari qo’llaniladi;

Qorishmalarning bog’lovchilari ishlatish joyi, unga qo’yiladigan talablar, qotish sharoiti va ular qo’llanilgan inshoot yoki konstruktsiyadan foydalanishiga qarab qanday tamg’alar ishlatilishi quyidagi 5.1-jadvalda keltirilgan. Yengil qorishmalar uchun to’ldiruvchi sifatida tabiiy va sun’iy yengil to’ldiruvchi: tuf, terass, oxak, toshqol, keramzit, agloporit va boshqalarni tuyib ishlatiladi. Qorishma uchun ishlatiladigan suv qorishmani me’yorida qotishini ta’minlashga qarshilik qiluvchi qo’shimchalarsiz bo’lishi zarur. Agar past va o’rta tamg’ali (tamg’asi M50 gacha bo’lgan) qorishmalar tayyorlash uchun yuqori tamg’ali (M400 va undan ortiq tamg’ali) tsement ishlatilsa tsement sarfini kamaytirish, shuningdek qorishma qo’zg’aluvchanlik oshirish hamda zichligini o’zgartish maqsadida maydalab tuyilgan qo’shimchalar qo’shilishi mumkin.

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling