7-ma`ruza. G’isht-tosh tershi texnologiyasi G’isht -tosh terish ishlarining maqsadi. Umumiy qoidalar. G’isht-tosh terimi elementlari
Download 0.67 Mb.
|
7 маъруза ҚЖТ 3-курс Архитектура
Blokli so’rilar oddiy, ishlatish qulay, ular yig’ib-yig’ishtirilmaydi (rasm 5.17).
Universal o’zi o’rnatiladigan paket so’ri turli so’rilar qavat balandligi 9 metrgacha bo’lgan devor va ustun g’ishtlarini terishda qo’llaniladi. Ular ikkita fazoviy rama va ustidagi to’shamadan tashkil topib, ularni ilib ko’tarish orqali 2 va 6 chi yaruslar g’ishtni terishga o’rnatish mumkin (rasm 5.18). Rasm 5.17. Blokli so’rilar. a,b - ikkinchi va uchinchi yarus g’ishtini terish uchun. 1- blok fermasi; 2- to’shama; 3- arqonli osma; 4- diaonal bog’lovchilar; 5- tsep; 6- xalqa; 7,9- ostki va ustki to’sin; 8- to’ntariladigan tayanch. Rasm 5.18. Universal o’zi ko’tariladigan paket so’ri. a-e - 2-dan 6 gacha yaruslar g’ishtini terish holatlari. G’isht terish ishlarini bajarayotganda g’isht teruvchilar mehnat unumdorligini oshirish ko’p jihatdan ish joyini qanday tashkil qilinishiga bog’liq. Ish joyigi shunday tashkil qilish kerakki, u joyda ishchini behuda harakati imkoni boricha kam bo’lsin va eng yuqori mehnat unumdorligiga erishsin. SHuning uchun ish joy birinchidan kerak ish zonasida bo’lishi, shuningdek 2,5 enlikda bo’lib, undan 0,6 … 0,7 metrli material va devor oralig’i (ishchi harakati) uchun, 1,0 metr atrofidagi joy esa materiallar taxlashi uchun zarur oraliq hamda 0,8.. 0,9 metr material tashishi uchun zarur bo’ladi (rasm 5.26). Rasm 5.26. G’isht teruvchi ish joyini tashkil qilish. 1 -ishchi zona, 2 -material taxlami zonasi, 3 - material tashish zonasi G’isht terish jarayoni bir necha operatsiyadan iborat bo’lib, bu operatsiyalarni ikkitadan oltitagacha ishchi olib boradi. G’isht teruvchilar soniga qarab zveno «ikki kishilik», «uch kishilik», «to’rt kishilik», «besh kishilik» va «olti kishilik» zvenolar deb ataladi. Zvenolardagi ishchilar soni devor qalinligi, ish murakkabligiga bog’liq. Masalan: «ikki kishilik» zveno devor qalinligi 1,5 g’ishtgacha va uncha murakkab bo’lmagan joylarni terishda (3-5 razryadli bitta va 2 razryadli g’isht teruvchilar) bajaradi. «uch kishilik» zveno (4-5 razryadli bitta va 2 razryadli ikkita g’isht teruvchidan) tashkil topib, ular 2,0 g’ishtli uncha murakkab bo’lmagan devorlarni bir qatorli terish uchun mo’ljallangan. «To’rt kishilik» zveno (4-5 razryadli bitta, 3 razryadli bitta va 2 razryadli g’isht teruvchidan) tashkil topadi. Rasm. 5.27. Qalinligi 1,5 g’ishtli devorni «ikki kishilik» zveno yordamida terish. a-tashqi bo’ylama qatorni terish, b -ichki bo’ylama qatorni terish, v-ichki va oraliq qatorni terish. Ular 2 g’ishtli bir qatorli terish usulida devor va ayni paytda devor tashqarisini kerakli tosh bilan qoplash ishini bajaradi. «Besh kishilik» zveno (4-5 razryadli bitta, 3 razrayadli bitta va 2 razryadli uchta g’isht teruvchi), ular qalindigi 2 g’isht va undan katta bo’lgan, deraza va eshik o’rinlari uncha ko’p bo’lmagan, me’moriy qoplamalari yo’q bo’lgan oddiy va o’rta murakkablikdagi devorlarni teradi. «Olti kishilik» zveno 3 ta «ikki kishilik» zvenodan tashkil topib, ular 3 g’ishtli devorlarni tergani ma’qul. Birinchi «ikki kishi» tashqi qatorni, ikkinchi «ikki kishi» ichki qatorni, uchunchi «ikki kishi» esa o’rta qator g’ishtni teradi. Quyida «ikki kishilik» va «uch kishilik» zvenolar yordamida ishni tashkil qilish ko’rsatkichi (rasm 5.27, 5.28) Rasm 5.28 Qalinligi 2 g’ishtli devorni «uch kishilik» zveno yordamida terish. a -tashqi bo’ylama qatorni terish, b -ichki bo’ylama qatorni terish va ichki oraliq qatorni ichki yarmini terish, v -tashqi ko’ndalang qatorni terish. Zveno tarkibiga qarab, g’ishtni teruvchilar tegishli ish qurollari bilan ta’minlangan bo’lishlari zarur (5.2-jadval) 5.2-jadval
Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling