22
O‘zi qo‘shilayotgan so‘zning ma’nosini
ayirib-chegaralab keluvchi faqat va -
gina (-kina, -qina) yuklamalari
ayiruv-chegaralov yuklamalari hisoblanadi.
Bulardan
faqat sof yuklama,
-gina (-kina, -qina) vazifadosh yuklamadir.
Gapning ma’lum bir bo‘lagi yoki butun gap ma’nosini kuchaytirib, ta’kidlab
keluvchi yuklamalar
kuchaytiruv-ta’kid yuklamalari hisoblanadi.
Hatto, nahotki, ham, g‘irt singari so‘zlar,
-ku, -u (-yu), -da, -oq (-yoq)
qo‘shimchalari kuchaytiruv-ta’kid yuklamalaridir. Yozuvda -ku, -u (-yu), -da
yuklamalari
chiziqcha bilan,
-oq (-yoq) yuklamasi esa
qo‘shib yoziladi.
So‘z yoki gapga o‘xshatish-qiyoslash ma’nosini
yuklovchi xuddi, go‘yo(ki) kabi
yordamchi so‘zlar
o‘xshatish-qiyoslash yuklamalari hisoblanadi. Shuningdek,
ular
ergashtiruvchi bog‘lovchi vazifasida ham kelishi mumkin.
Gap mazmuniga gumon ma’nosini yuklovchi
–dir qo‘shimchasi
gumon
yuklamasi hisoblanadi. Bu yuklama -man, -san qo‘shimchalari qatorida turuvchi
uchinchi shaxs qo‘shimchasi
-dir bilan shakldoshdir.
-dir yuklamasi urg‘u
olmaydi.
Gap mazmunidagi inkor ma’nosini
uqtiruvchi hech, sira, na...na kabi so‘zlar
Do'stlaringiz bilan baham: