7 ona tili javobi docx


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

Chunki, negaki bog‘lovchilari sabab bog‘lovchilari hisoblanadi. Yozuvda bu
bog‘lovchilardan oldin vergul qo‘yiladi. Ya’ni bog‘lovchisi aniqlov bog‘lovchisi
sanaladi. Yozuvda ya’ni bog‘lovchisidan oldin vergul qo‘yiladi.
Agar, agarda, basharti, garchi singari bog‘lovchilar shart bog‘lovchilari hisoblanadi.
Bog’lovchilar vazifasiga ko’ra 2 xil:
1) Teng bog’lovchi
2) Ergashtiruvchi bog’lovchi
Bog’lovchilar qo’llanilishiga ko’ra 2 xil:
1) Yakka bog’lovchilar
2) Takror bog’lovchilar
Bog’lovchilar mazmuniy munosabatiga
ko’ra:
Teng bog’lovchilar 4 xil:
Biriktiruv, zidlov, ayiruv, inkor
Ergashtiruvchi bog’lovchilar 5 xil:
Aniqlov, sabab, maqsad, qiyoslash, shart
TENG BOG’LOVCHILAR:
BIRIKTIRUV BOG’LOVCHILARI:
va, hamda, bilan, ham, -u/yu –da
ZIDLOV BOG’LOVCHILARI:
ammo, lekin, biroq, balki
AYIRUV BOG’LOVCHILARI:
Yo, yoki, dam…dam, goh…goh
INKOR BOG’LOVCHILARI:
na…na (kesimi tasdiq(bo’lishli)
bo’lishi kerak)
ERGASHTIRUVCHI
BOG’LOVCHILAR:
ANIQLOV BOG’LOVCHISI:
ya’ni
(ham bo’lakni, ham gapni bog’laydi)
SABAB BOG’LOVCHILARI:
chunki, negaki
(faqat gaplarni bog’laydi)
MAQSAD BOG’LOVCHISI:
toki
(faqat gaplarni bog’laydi)
QIYOSLASH BOG’LOVCHILARI:
go'yo, go’yoki
(ham bo’lak, ham gapni bog’laydi)
SHART BOG’LOVCHILARI:
agar, agarda, basharti, garchi,
mabodo, gar
(ham bo’lakni, ham gapni bog’laydi)
Vazifadosh bog’lovchilar
Yuklama bog’lovchi:
ham, na…na, -u/yu –da
(va yoki lekin ni o’rnida kelganda)
Ko’makchi bog’lovchi: bilan
(va ni o’rnida kelganda)
Modal so’zlardan kelgan bog’lovchi:
balki (aksincha ni o’rnida kelganda)


21
NAMUNAVIY TESTLAR
1.
Vazifadosh bog'lovchi berilgan gapni toping.
A) Nega endi natijaga baho berishadi-yu, sababini
tekshirib ko'rish-maydi
B) Xalqni qo'rqitgan emas, balki xalq dardiga sherik
bo'lgan odam marddir
C) Onam bilan men ertalab yo'lga chiqdik
D) barcha gaplarda vazifadosh bog'lovchilar
qo'llangan
2. Qaysi gapda ikki o'rinda bog'lovchi qo'llangan?
A) Usmon Nosir ham mashhur siymolar kabi juda
yoshligidan ko'p ijobiy xislatlarga ega bo'lgan edi.
B) Ey farzand, aqlli, farosatli va ilm-hunarli kishilar
bilan do’st bo'l.
C) Polvonning qo'li kuch bilan o'ziga tortar,
ammo bir qarich ham oldiga siljitolmasdi.
D) Mehmonlar sut-qatiq hamda choy ichib, darhol
o'tirgan joylariga uzandilar va aravada urinib
kelganlari uchun uzanar- uzanmas uyquga ketdilar.
3. Mol-u davlatingiz bilan emas, balki ilm-
hunaringiz, go'zal xulq-atvoringiz. bilan faxrlaning.
Ushbu gapda qanday yordamchilar qo'llangan?
A) 2 ta bog'lovchi, 2 ta ko'makchi
B) 2 ta bog'lovchi, 1 ta ko'makchi
C) 1 ta bog'lovchi, 2 ta ko'makchi, 1 ta yuklama
D) 1 ta yuklama, 2 ta ko'makchi
YUKLAMA
So‘z yoki gaplarga so‘roq, ta’kid, ayirish-chegaralash, gumon, o‘xshatish, inkor
kabi ma’nolarni yuklovchi so‘z va qo‘shimchalarga yuklamalar deyiladi.
Yuklamalarga: 1) axir, hatto, faqat, ham, xuddi, go‘yo, go‘yoki, naq, hech,
sira, nahotki, na ... na so‘zlari;
2) -mi, -chi, -gina (-kina, -qina), -dir, -u, -yu, -da, -a singari qo‘shimchalar kiradi.
Ularning birinchi guruhi so‘z-yuklamalar, ikkinchi guruhi esa qo‘shimcha-

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling