7 ona tili javobi docx


) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana28.02.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1237687
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
7 - ona tili JAVOBI

1) his-hayajon undovlari; 2) buyruq-xitob undovlari.
Yozuvda undov so‘zlardan keyin vergul qo‘yiladi. Undalmalardan oldin
kelganda esa undan keyin vergul qo‘yilmaydi: Ey Karim, bu yerga kel.
His-hayajon undovlari kishining quvonchi, erkalash-erkalanish, rohatlanish,
hayron qolish, norozilik, g‘azab-nafrat, og‘riq singari hissiyotlarini ifodalaydi.
His-hayajon undovlarining o‘zi undov gap bo‘lib kelishi yoki gap tarkibida kelib,
uni undov gapga aylantirishi mumkin. Bunday gaplar oxiriga doimo undov
belgisi qo‘yiladi.
Kishilar diqqatini tortish, jonivorlarni haydash, chaqirish va to‘xtatish uchun
qo‘llaniladigan undovlar buyruq-xitob undovlari hisoblanadi.
TAQLID SO‘ZLAR
Narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni bildirgan so‘zlar taqlid so‘zlar
hisoblanadi. Taqlid so‘zlar nimaga taqlidni bildirishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi:
1) tovushga taqlid so‘zlar; 2) holatga taqlid so‘zlar.
Narsalarning ovoziga taqlidni bildiruvchi so‘zlar tovushga taqlid so‘zlar sanaladi.
Masalan, g‘a-g‘a (o‘rdak ovoziga taqlid), di-dit (mashina signaliga taqlid).
Narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so‘zlar holatga taqlid so‘zlar
hisoblanadi. Masalan, lip-lip (chiroq holati), jimir-jimir (suv holati).
Asos qismning aynan takrorlanishidan yoki ayrim tovush o‘zgarishi bilan
takrorlanishidan hosil bo‘lgan taqlid so‘zlar takroriy taqlid so‘zlar sanaladi.
Masalan: gumbur-gumbur, gurs-gurs, chars-churs, taq-tuq, yarq-yurq.
Takroriy taqlid so‘zlar qismlari chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Taqlid so’zlar tuzilishiga ko’ra 2 xil bo’ladi:
1) SODDA taqlid so’zlar 2) TAKRORIY taqlid so’zlar
Hamma taqlid so’zlardan fe’l yasaladi, ko’pchiligidan esa ot ham


24
MODAL SO‘ZLAR
Ifodalanayotgan fikrga so‘zlovchining munosabatini (ishonch, gumon, achinish
kabi) bildirgan so‘zlarga modal so‘zlar deyiladi.
Modal so‘zlar gap tarkibida boshqa so‘zlardan vergul bilan ajratiladi.
Modal so‘zlar ishonch, gumon, quvonch, afsuslanish fikrning tartibi, xulosasi
kabi ma’nolarni bildiradi.
Modal so‘zlar ham sof modal so‘zlar va vazifadosh modal so‘zlarga bo‘linadi.
Faqat modal ma’no uchun xoslangan so‘zlar sof modal so‘zlar sanaladi:

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling