7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet27/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Hind madaniyati.
Hind olimlari matematika, astronomiya, tibbiyot sohalarida katta yutuqlarga erishgan. Ayrim hind shaharlarida osmon jismlarini kuzatish uchun rasadxonalar qurilgan. Hind astronomlari tadqiqotlari ularga Yerning aylana shaklda ekanligi va o‘z o‘qi atrofida aylanishi faraziga kelish imkonini bergan. Tabiblar murakkab jarrohlik asboblari va og‘riqni bosadigan dori-darmonlar ko‘magida jarrohlik muolajalarini o‘tkazganlar. Hindistonda katta qoyatoshlar yoki g‘orlar ichida o‘yib ishlangan ibodatxonalar ham bo‘lgan.
Ulardan eng mashhuri miloddan avvalgi II asrdan – milodiy VII asrga qadar g‘or ichida o‘yib ishlangan Ajanta (Markaziy Hindiston) ibodatxonalari majmuasidir. Qadimgi me’morlar qoyalarga o‘yib ishlangan 29 ta xonadan iborat ibodatxonalarni turli haykallar, o‘yma naqshlar bilan bezashgan. Ibodatxonalarda ma’budlar, odamlar va hayvonlarning tosh va jezdan yasalgan ajoyib haykallari o‘rnatilgan.

Xitoy madaniyati.
Eng qadimgi yozuvlardan birini ixtiro qilgan xitoyliklar, undan hozirga qadar foydalanib kelmoqdalar.



Xitoyda rivojlangan fanlar

1

matematika

2

astronomiya

3

geografiya

4

tarix





  • Xitoyliklar X asrda selitradan porox olishni kashf qilishgan. Dastlab mushakbozlikda ishlatilgan poroxdan keyinchalik harbiy maqsadlarda foydalana boshlangan.




  • Xitoyda tarixiy solnomalar tuzishga alohida e’tibor qaratilgan. Xususan Sun sulolasi davriga oid 500 jildlik solnomalar bizga qadar saqlanib qolgan.




Xitoyda yirik shaharlarda maktablar tashkil etilgan bo`lib, ularda o`qitiladigan fanlar





1

matematika

2

grammatika

3

falsafa

4

adabiyot



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling