7-sinf jahon tarixi 2017 qo`llanma (TO`liq 1-44-§§.)


Download 1.37 Mb.
bet28/77
Sana18.06.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1591062
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77
Bog'liq
7-SINF JAHON TARIXI QO`LLANMA

Esda saqlang: Xitoyda Rassomchilikning devoriy rasmlar chizish sohasi ayniqsa rivoj topgan.

Pekinda VIII asrdan boshlab «Poytaxt axboroti» nomli gazeta chiqariladi. Unda imperator farmonlari va eng muhim voqealar yozilgan. Gazetani yog‘ochda o‘yib yozilgan matndan ko‘paytirishgan.



Xitoy tabiblari murakkab jarrohlik muolajalarini o‘tkazib, turli o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini aniqlab, ulardan dori-darmonlar tayyorlaganlar. Xitoyda
dastlabki pantomima – imo teatri tashkil etilgan. Buddizmning tarqalishi nafaqat xitoyliklar hayotiga, balki ularning me’morchiligiga ham katta ta’sir ko‘rsatgan.
Musiqachi va qo‘shiqchi Ziryab IX asrda yashagan. U ko‘plab yangiliklar kiritgan. Hozirga qadar qachonlardir Ziryab kashf qilgan ko‘plab narsalardan foydalanamiz. U mavsumga qarab kiyim kiyishni
joriy etgan. Yupqa shisha idish oltin va kumush idishga nisbatan qulay va nafis ekanligini isbotlagan. Tantanalarda dasturxonga taom tortishning qat’iy tartibini belgilab bergan: dastlab suyuq taom
(sho‘rva kabi), ortidan go‘shtli taom, so‘ng parranda go‘shti va nihoyasida shirinliklar tortilgan.

15-§. YEVROPADA O‘RTA ASR SHAHARLARI
Xo‘jalik taraqqiyoti. Yevropada X–XI asrlarda ishlab chiqarish yuksalgan. Bu, eng avvalo, hunarmandchilikda kuzatiladi. 1)Mehnat qurollarining takomillashuvi, 2)ustalar mahoratining oshishi hunarmandchilikni dehqonchilikdan alohida sohaga aylantiradi.Dehqonchilikda ikki dalali almashlab ekish o‘rnini uch dalali almashlab ekish egallaydi. Unda ekinzor uchga bo‘linib, birinchi qismiga kuzgi, ikkinchisiga bahorgi g‘alla ekilsa, uchinchi maydon shudgor holida qoldirilib, yerga dam berilgan. Bu usulda yerning yarmi emas, uchdan ikki qismi band bo‘lishi, mahsulot yetishtirishni ko‘paytirish imkonini yaratadi. Og‘ir g‘ildirakli plugning tarqalishi g‘allani ekishdan oldin yerni 2–3 marta haydash uchun imkoniyat yaratgan. Bo‘yinturuqning kashf etilishi esa plugni otga qo‘shib yerni haydashni tezlashtirgan. Hosildorlikning oshishi dehqon xo‘jaligida ortiqcha mahsulotning ko‘payishiga va uni hunarmandchilik buyumlariga ayirboshlashga yo‘l ochgan.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling