8-bob. Pulga talab funksiyasi reja


b  ΔY= --------------------


Download 0.84 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/56
Sana18.06.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1573752
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56
Bog'liq
П Makroiqtisodiyot-100-182

1 b 
ΔY= -------------------- ΔG-----------------ΔTa 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga 
ko‘paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki 
undan kamroq summaga ko‘payadi. Buni balanslashgan budjet 
multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan budjet multiplikatori birga 
teng yoki undan kichikroq bo‘ladi. 
Davlat xarajatlari o‘zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ 
samara soliqlar pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan 
kattaroq bo‘ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va 
is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‘zgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq 
ekanligi oqibatidir. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda 
muhim rol o‘ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi 
bo‘lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o‘z xarajatlarini oshirishi, 
inflatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. 
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan 
bo‘lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy 
ko‘tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo‘l 
hisoblanadi. 
11.3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Budjet taqchilligi va 
ortiqchaligi 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya 
sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan 
maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar 
va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal 
siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish 
davrida yalpi talabni rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini 
oshirilishi 
va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti 
kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida 
budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda 


138 
muhim rol o‘ynasa-da, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avva-
lambor, vaqt oraliqlari bilan bog‘liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki 
inflatsion zo‘riqishning paydo bo‘lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga 
kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq 
tushumlarini o‘zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajari-
lishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‘rtasida ma’lum vaqt o‘tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‘zgaradi va ko‘rilgan chora- 
tadbirlar ko‘tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy 
tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini 
yaratish zarurati yuzaga keladi. 
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat 
budjeti qoldig‘ini avtomatik o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. Nodiskret 
fiskal siyosat o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. 
Rivojlangan davlatlarda o‘rnatilgan barqarorlashtirgichlari rolini 
progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va foydada ishtirok 
etish tizimi o‘ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy tebranishlarni 
yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi. 
Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq 
stavkalari pasayadi. Bu esa yalpi talabning oshishiga, ishlab 
chiqarishni kengaytirishga rag‘batni yuzaga kelishiga olib keladi. 
Shuningdek pasayish davrida davlat transfertlari, jumladan ishsizlik 
nafaqasi to‘lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham yalpi talabni 
oshirib, yalpi taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga 
inflatsion ta’sir ko‘rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi 
bilan soliqlar stavkalari pasayadi va bu yalpi talabga cheklovchi 
ta’sir ko‘rsatadi. Ayni paytda davlat xarajatlari (ishsizlarga nafaqalar, 
davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham pasayadi. Ammo 
nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‘liq 
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni 
inkor etmaydi. 
Iqtisodiyotning o‘rnatilgan barqarorligi darajasi davriy budjet 
taqchilligi va ortiqchaligi miqdorlariga bog‘liq. Davriy taqchillik 
(ortiqchalik) iqtisodiy faollik pasayishi (oshishi) sharoitida soliq 
tushumlarining 
avtomatik 
kamayishi 
(oshishi) 
va 
davlat 
xarajatlarining avtomatik oshishi (kamayishi) natijasida yuzaga 


139 
keladigan davlat budjeti taqchilligi (ortiqchaligi)dir. 

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling