8-ma’ruza. Ko‘p qavatli sanoat binolarini montaji. Reja


Download 1.02 Mb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1506731
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu


8-ma’ruza. KO‘P QAVATLI SANOAT BINOLARINI MONTAJI.
Reja:

  1. Umumiy qoidalar. Binolarni montaj usullari. Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari.

  2. Bino karkasi montajini ketma-ketligi. Yakka konduktorlar qullanilganda konstruksiyalar montaji.

  3. Guruhli konduktorlar qullanilganda konstruksiyalar montaji.

  4. Rama-sharnirli indikator qullanilganda konstruksiyalar montaji. Boshqa konstruktiv sxemali binolarni montaji.

1. Umumiy qoidalar. Binolarni montaj usullari. Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari.
Ko‘p qavatli sanoat binolari asosan karkas panelli qilib loyihalanadi va barpo etiladi. Bunday binolarning hajmiy-rejaviy yechimidagi ustunlar to‘rining o‘lchamlari 4,5x6; 6x6; 6x9; 6x12 va 9x12 m bo‘ladi.
Qavatlar balandligi ishlab chiqarish zaruriyatiga bog‘liq holda, sezilarli doirada o‘zgarishi mumkin. Ko‘p hollarda uchraydigan balandliklarning qiymati 3,3; 3,6; 4,8; 6; 7,2 va 8,4 m. Qavatlar soni turli xil bo‘lishi mumkin, optimal qavatlar soni 4...6 qavat, lekin ular 12...20 qavat ham bo‘lishi mumkin.
Ishlatiladigan konstruksiyalarning o‘ziga xos xususiyatlari. Ustunlar o‘lchamlari 40x40sm dan 60x60sm gacha kvadrat kesimga ega yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida xuddi shunday yuzaga teng qilib ishlab chiqariladi. Ustunlarni balandligi qabul qilingan, balandlik bo‘yicha bo‘laklarga ajratilishiga bog‘liq holda 1...5 qavatli bo‘lishi mumkin, ammo tayyorlash, tashish va montaj sharoitlarini hisobga olgan holda juda kam holda 20m dan oshadi. Ustunlarning tutashuv joylari orayopmalardan 1 m balandlikda ko‘zda to‘tiladi va bikirligini ta’minlaydigan qilib loyihalanadi.
Rigellar – orayopma plitalari tokchasiga qo‘yiladigan binolarda balandligi 80 sm, eni 65 sm bo‘ladi. Ustun bilan birikadigan yerda ikkala elementning chiqarilgan armaturalari payvandlanadi, shuningdek rigelni va ustun konsolining zakladnoy (o‘rnatma) detallari payvandlanib, keyinchalik tutashuv joylari beton bilan monolit qilinadi.
Orayopmalar – asosiy plita sifatida eni 150 va 300 sm li, qo‘shimcha plita sifatida eni 75 sm li qilib ishlab chiqariladi. Qo‘shimcha plitalar ustunlarni tashqi qatorlariga o‘rnatiladi. Asosiy plitalarni ustunlar o‘qi bo‘ylab o‘rnatilib, rigellarning qo‘yma detallariga to‘rtta nuqtasidan payvandlanadi.
Devor panellariilib mahkamlanadigan, asosiy nomenklatura bo‘yicha balandligi 1,2 va 1,8 m oraliq eni bo‘yicha 4,5 va 6m. Birinchi qavat sokol panellari poydevor balkalariga, keyingi qavat panellari esa ustunni qo‘yma detallariga payvandlangan metall stolchaga o‘rnatiladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling