8-ma’ruza. Ko‘p qavatli sanoat binolarini montaji. Reja
QO‘LLANILADIGAN MONTAJ MEXANIZMLARI
Download 1.02 Mb.
|
8-mavzu
QO‘LLANILADIGAN MONTAJ MEXANIZMLARI
Montaj qilish texnologiyasini amalga oshirish uchun texnik vositalar sifatida minorali kranlar, o‘ziyurar strelali va chorpoyali kranlar tavsiya qilinadi. Binoning eni 18m gacha bo‘lganda minorali va strelali kranlarni binoning bir tomoni bo‘ylab, agar eni katta bo‘lsa binoni ikki tomonidan yoki ichiga o‘rnatiladi. Yuk ko‘tarish qobiliyati 5...25t gacha bo‘lgan minorali kranlar ko‘p qavatli sanoat binolarini konstruksiyalarini montaj qilishda keng qo‘llaniladi. Qo‘llanilayotgan strelali kranlar gusenitsali va pnevmog‘ildirakli yurish qismiga ega bo‘lib, 16t dan 100t gacha yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega va oddiy strela yoki minorali-strela jihozlariga ega. Kranlardan (minorali va strelali) foydalanishning aralash varianti pastki qavatlarda o‘rnatiladigan ustunlar og‘irligi 8...10t bo‘lsa, qolgan element konstruksiyalarining og‘irligi 5t dan oshmasa qo‘llaniladi. Bu holatda yuk ko‘tarish qobiliyati 16...25t gacha bo‘lgan strelali kranlar pastki qavatlardagi ustunlarni, boshqa qolgan barcha elementlar yuk ko‘taruvchanligi 5t lik minorali kran bilan montaj qilinadi. Gorizontal sxemada kranlar bino tashqarisida bir tomondan yoki ikki tomondan qilib o‘rnatiladi, vertikal sxemada kran odatda binoning o‘rta oralig‘iga joylashtirilib va konstruksiyalar binoning butun balandligi bo‘yicha yacheykalar bilan montaj qilinadi. Amalda montaj kranlarini joylashtirishni quyidagi sxemalari keng qo‘llanilayapti: kran binoning bir tomonida – kengligi 24 m gacha bo‘lgan 2...3 oraliqli bino; 2 kran binoning ikki tarafidan – 4, 6 va 8 oraliqli bino; kran binoning o‘rta oralig‘ida – 3, 5 va 7 oraliqli bino Agar binoda ko‘p sonli og‘ir va katta gabaritli texnologik uskunalarni montaji ko‘zda tutilgan bo‘lsa va montaj aralash usulda chorpoyali kran qo‘llanilib olib boriladi. Chorpoyali kranlar bilan balandligi to‘rt qavatgacha bo‘lgan, ayniqsa kengligi ancha katta bo‘lgan binolarni montaj qilish maqsadga muvofiqdir. Yig‘ma konstruksiyalarni massasiga qarab oralig‘i 44m gacha, yuk ko‘taruvchanligi 30t gacha bo‘lgan chorpoyali kranlar qo‘llaniladi. Montajning asosiy talabi – binoning har bir montaj qilingan qismini va uning alohida elementlarini montajning har bir bosqichida o‘zgarmasligi, turg‘unligi va mustahkamligini ta’minlash bo‘lib, shuning uchun konstruksiyalarni o‘rnatish tartibi muhim omil bo‘ladi. Buning uchun montaj boshlanishida birinchi bikir yacheyka hosil qilinib, keyin unga binoning navbatdagi qismlari birlashtiriladi. Montaj ishlarini kompleks brigadalar bajaradi, ularni tarkibiga montajchilar, elektrpayvandchilar, betonchilar, chilangarlar va boshqa mutaxassis ishchilari va turli yordamchi ishchilar kiradi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling