8-ma’ruza. Ko‘p qavatli sanoat binolarini montaji. Reja
Binolarni statik ishlash variantlari
Download 1.02 Mb.
|
8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binolarni montaj qilish usullari
Binolarni statik ishlash variantlari. Ko‘p qavatli binolar qurilishi amaliyotida binoni har-xil statik ishlash sharoitiga javob beradigan ramali, ramabog‘lamali va bog‘lamali karkasning konstruktiv sxemalari qo‘llaniladi.
Ramali sxema –ustun, rigel va orayopma plitalarning o‘zaro bir-biri bilan birikishidan tashkil topgan bikir va turg‘un, mustahkam fazoviy sistemadan iborat. Barcha vertikal va gorizontal yuklamalarni ustun va rigellarning bikir qilib ishlangan tugunlari qabul qiladi. Bunday sistema juda sermehnatli va metall sarfi ehtiyoji yuqoridir. Bu sxema texnologik talablar bo‘yicha ustunlar oralig‘ida ko‘ndalang va bo‘ylama parda devorlar yoki bog‘lamalar o‘rnatilishi mumkin bo‘lmasa qo‘llaniladi. Bog‘lovchili sxema oldingidan shu bilan farqlanadiki, bunda ustunlar faqat vertikal yuklamalarga ishlaydi, gorizontal yuklamalarni esa vertikal ―disk‖ sistemasi va bikirlik yadrosi qabul qiladi. Rama-bog‘lamali sxema oraliq sxema bo‘lib va ko‘p qavatli karkasli binolarda, binoning bo‘ylama o‘qiga ko‘ndalang yo‘nalishda joylashgan tekis ramani va bikirlik diafragmasini o‘z ichiga oladi. Binoning bo‘ylama turg‘unligi, metall panjaralar yoki temirbeton tekisliklar ko‘rinishidagi vertikal bikirlik disklari tufayli ta’minlanadi. Fazoviy bikirlik, monolit yoki yig‘ma temirbetondan tayyorlangan bikirlik yadrosi orqali ta’minlanadigan yig‘ma-monolit temirbeton konstruksiya istiqbolli hisoblanadi. Binolarni montaj qilish usullari Ko‘p qavatli sanoat binolarini barpo etishda, uni ishga tushirilishi sharoitiga va konstruksiyaning materialiga qarab montaj qilishni ikki usuli qo‘lllaniladi: gorizontal qavatlar bo‘yicha yoki yarus bo‘yicha va vertikal binoning bir qismi (seksiyasi bo‘yicha) butun balandlik bo‘yicha. Gorizontal yarus bo‘yicha (qavatlar bo‘yicha) usuli eng ko‘proq tarqalgan bo‘lib, unda montajni hamma bosqichlarida karkas bikirligi va mustahkamligi (turg‘unligi) hamda poydevorlarni bir tekisda cho‘kishi ta’minlanadi. Bu usul yig‘ma temirbeton elementlarning montajida konstruksiyalar o‘rnatilgandan so‘ng birdaniga choklarga ishlov berilganda qo‘llaniladi. Bunda qavatni (yarusni ya’ni ustunlarni ikki yoki uch qavatli bo‘lishida) yig‘ish tugagandan tutashuv joylaridagi beton 70% mustahkamlikka ega bo‘lgandan so‘ng keyingi qavatni (yarusni) montaj qilishga o‘tiladi. Vertikal montaj usulida binoni barpo etish, binoni alohida qismini odatda 2...4 ustun qadami oralig‘idagi binoning butun balandligi bo‘yicha olib boriladi. Bu usulning afzallik tomoni shundakim, qurilish maydoni o‘lchamlarining kichikligi, montaj krani va konstruksiyalar omborining qurilayotgan bino gabaritlarida joylashganligi. Binoni bir qismini butun balandligi bo‘yicha montaj qilishda shu qismda tomqoplama ishlari ham bajarilgandan keyin, montajdan keyingi va pardozlash ishlarini bajarishga kirishish mumkinligi, binoni pardozlash bilan barpo etish muddatini keskin qisqartiradi. Birinchi yarusni ustunlari, odatda karkasdagi eng og‘ir konstruksiya bo‘lib, ko‘pincha alohida oqimda montaj qilinadi. Ishlab chiqarishni tezlashtirish, texnologik tanaffuslarni kamaytirish uchun stakan turidagi 1m balandlikdagi ―to‘nkali‖ poydevorlarni zavodlarda tayyorlab olib kelish va montaj qilish tavsiya etiladi. Bitta montaj kranini bitta yoki ikkita temperatura bloklarida ish olib borishi, optimal (ma’qul) texnologik yechimlardan hisoblanadi. Elementlarini o‘rnatilish ketma-ketligi nuqtai nazaridan, ko‘p qavatli binolarni montaj qilish usulini aralash usul deb qarasa bo‘ladi. Montaj uchastkasida hamma ustunlarni, panellarni qamrovning butun yarusi bo‘yicha ilib mahkamlash alohida va kompleks holda rigellar va plitalarni montaj qilish oqilonadir. Elementlarni bunday ketma-ketlikda o‘rnatishdagi nisbiy erkinlik faqat minorali kranga xosdir. Agar o‘ziyurar strelali va minorali-strelali kranlar ishlatilsa, unda ―kranga qarab‖ montaj prinsipiga to‘liq rioya qilinib, ketma-ket ko‘p miqdordagi ko‘p yarusli ustunlarni montaj qilish qo‘llanilmaydi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling