8-ma’ruza. Ko‘p qavatli sanoat binolarini montaji. Reja


Rama-sharnirli indikator qullanilganda konstruksiyalar montaji. Boshqa konstruktiv sxemali binolarni montaji


Download 1.02 Mb.
bet8/9
Sana16.06.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1506731
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-mavzu

4. Rama-sharnirli indikator qullanilganda konstruksiyalar montaji. Boshqa konstruktiv sxemali binolarni montaji.
Rama - sharnirli indikator (RShI) bikir tayanch ramadan tashkil topgan bo‘lib, fazoviy to‘rsimon konstruksiya shaklida bo‘lib, rostlovchi indikatorli rama, po‘lat quvurli bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lovchilardan tashkil topgan. Rama - sharnirli indikator bazasi pastki va yuqoridagi qavatlar ustunlar yarusi sathida joylashgan halqasimon so‘rilar va aylanuvchi lyulkalar bilan jihozlangan. Bazaviy modifikatsiyasi sifatida ning 6 x 6 m yacheykaga ikki qavatli ustunlarga mo‘ljallangan rama - sharnirli indikator qabul qilingan (11.3-rasm). RShI larning boshqa modifikatsiyalari binolarni turli hajmiy-rejaviy parametrga ega karkaslarini montaj qilish imkonini beradi.

11.3 –rasm. rama- sharnirli indikator:
1 – yog‘och qistirma; 2 – fazoviy so‘rilar; 3,7 – suriladigan aylanuvchi lyulkalar;
4 – sharnirli indikator; 5 – to‘siq; 6 – sharovoy tayanchlar; 8 – ajraladigan flansli tutashuv joyi;
Montaj komplektining jihozlari kamida to‘rtta RShI iborat bo‘lib, ularning har biri zanjirdagi holatini aniqlovchi o‘z nomer raqamlariga ega bo‘ladi, va ular vertikal bo‘ylab bir nomli yacheykalarga o‘rnatiladi. Shuning uchun RShI ni binoda joylashtirish va bir holatdan ikkinchi holatga o‘tkazish IBLda ko‘rsatilgan ketmaketlikka qat’iyan rioya qilgan holda bajariladi (11.4-rasm).

11.4 –rasm. Rama - sharnirli indikatorlardan (RShI) foydalangan holda ko‘p qavatli binolar montaji. I−III – RShI larni ko‘chirish sxemalari
RShIlar komplektini indikator ramalarini loyihaviy holatga o‘rnatishda quyidagi qoidalarga rioya qilinadi:

    • birinchi pozitsiyada RShI №1 ramasini binoning bo‘ylama va ko‘ndalang o‘qlariga nisbatan teodolit yordamida to‘g‘rilanadi;

    • RShI №2 ramasini binoning bo‘ylama o‘qi bo‘ylab teodolit bilan, ko‘ndalang o‘qiga nisbatan bo‘ylama bog‘lovchilar yordamida;

    • RShI №3 ramasini binoning ko‘ndalang o‘qi bo‘ylab teodolit bilan, bo‘ylama o‘qiga nisbatan ko‘ndalang bog‘lovchilar yordamida;

    • RShI №4 ramasini holati geodezik asboblar bilan to‘g‘rilanmaydi, uning holati RShI №2 va №3 larga bog‘langan bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lovchilar

yordamida qayd qilinadi.
Rama-sharnirli indikatorlarni bir pozitsiyadan ikkinchi pozitsiyaga ko‘chirilganda ularning loyiha holati faqat bo‘ylama va ko‘ndalang bog‘lovchilar yordamida aniqlanadi.
RShIning bitta to‘xtash joyidan karkasni yig‘ishda ikki qavat ustunga mo‘ljallangan yarusni butun balandligi bo‘yicha elementlarni montajida quyidagi ketma-ketlikka rioya qilinadi:

    1. ustunlar balandligi bo‘yicha o‘rnatiladi va o‘zaro payvandlanadi;

    2. bog‘lovchilar o‘rnatilib balandligi bo‘yicha ustunlarga mahkamlanadi;

    3. ustunni konsollariga oldin birinchi qavatni rigellari, keyin ikkinchi qavatniki o‘rnatiladi va payvandlanadi;

    4. rigelni tokchalariga ustunlar orasidagi birinchi qavat plitalari, keyin ikkinchi qavat yarus ustunlarida o‘rnatilib va payvandlanadi;

    5. RShIlar orasiga yig‘ma pardadevorlar o‘rnatiladi agar ular loyihada ko‘rsatilgan bo‘lsa;

    6. RShIlar orasidagi oraliqlarga birinchi qavatni orayopma plitalari o‘rnatiladi;

    7. Ikkinchi qavatdagi RShIlar orasidagi oraliqlarga yig‘ma pardevorlar o‘rnatiladi;

    8. RShIlar orasidagi oraliqqa ikkinchi qavat orayopma plitalari o‘rnatiladi;

    9. RShIlar keyingi pozitsiyaga o‘tkaziladi (ko‘chiriladi), bo‘shagan yacheykalarda yetmagan elementlar o‘rnatiladi;

    10. Karkas elementlari montaji ketidan, zinapoya elementlari va zinapoyalarni marshlari montaj qilinadi.

RShIlarni boshqa pozitsiyaga ko‘chirish karkasni fazoviy mustahkamligini ta’minlagan holda va loyihada nazarda tutilgan payvandlash ishlari bajarilib, bo‘shatish mumkinligiga ishonch hosil qilingandan keyin amalga oshiriiladi. RShI lar yangi pozitsiyaga ko‘chirilgandan so‘ng, bo‘shagan yacheykalarda oldin birinchi qavat orayopmalari, keyin ikkinchi qavat orayopmalari montaj qilinadi, shu bilan birga orayopma plitalari o‘rnatilganga qadar yacheykalarga pardadevorlarni qurish uchun kerakli materiallar oldindan uzatiladi.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling