8-ma’ruza. Ko‘p qavatli sanoat binolarini montaji. Reja
Yakka konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji
Download 1.02 Mb.
|
8-mavzu
Yakka konduktorlar qo‘llanilganda konstruksiyalar montaji
Yakkali konduktor (11.1-rasm). ko‘rinishidagi montaj uskunalari mavjud bo‘lganda, karkas montajini alohida sxemada bajarish yaxshiroqdir. Avval montaj uchastkasi chegarasida hamma ustunlar montaj qilinadi, ular to‘g‘rilanadi, payvandlab mahkamlanadi va tutashuvlar bekitiladi. Rigellar o‘rnatilib, ularni tugunlari payvandlanib va yaxlitlangandan so‘ng, zinapoya elementlari montaj qilinib va orayopma plitalari o‘rnatiladi. Avval ustunlar oralig‘idagi tirgovich plitalar o‘rnatiladi, keyin asosiy yoki oraliq plitalar o‘rnatiladi. Barcha plitalar mustahkam qilinib rigellarga payvandlanadi va elementlar orasidagi choklar betonlanadi. Keyingi yarusdagi konstruksiyalarni montaj qilishga choklaridagi beton 70% loyihaviy mustahkamligini egallagandan so‘ng kirishiladi. Payvandlash ishlarini bajarish uchun konduktor maxsus maydoncha bilan ta’minlangan bo‘lishi mumkin. Ustunlarni loyiha holatiga to‘g‘rilash, konduktorning rostlovchi vintlari orqali amalga oshiriladi. Karkas elementlarini qavatma-qavat yig‘ish tavsiya etiladi. Har bir yarusda ustunlarni o‘rnatishga qadar pastda to‘rgan ustunlarni bosh qismiga vintlar yordamida konduktorlar mahkamlanadi. Kran bilan ko‘tarib turilgan ustunni sekin-asta konduktor xomutlari ichkarisiga kiritiladi. pastki ustunni boshiga tushiriladi. Ustunlarni loyihaviy holatga o‘rnatilayotgan va pastdagi ustunni uzaro to‘g‘riligini ta’minlagan holda konduktorni vintlari yordamida keltiriladi. Vertikal bo‘yicha ularni to‘g‘rilash konduktorni yuqoridagi vintlari orqali bajariladi. Ustunlarni vertikal holatini aniqligi ikki o‘q bo‘yicha o‘rnatilgan teodolitlar yordamida nazorat qilinadi. Ustunlarni bir-biriga to‘g‘ri kelmasligi 5mm dan oshmasligi, vertikal bo‘yicha og‘ishi esa 3mm dan oshmasligi kerak. To‘g‘rilangandan so‘ng ustunlar yarusini birinchi qavat rigellarini o‘rnatishga o‘tiladi va rigellar bilan ustunlarni qo‘yma detallarini payvandlashga kirishiladi. Ustunlarni tutashuv joylarini payvandlab, rigellarni o‘rnatib va payvandlab, tirgovich plitalar va asosiy orayopma plitalar o‘rnatilgandan so‘ng, konduktorlarni boshqa joyga ko‘chirish mumkin. 11.1 –rasm. Ko‘p qavatli binolarni ustunlari uchun yakkali konduktor: 1 – montaj qilinayotgan ustun; 2 – konduktorni ugolokli poyasi; 3 – ustunlarni tutashuv joyi choki; 4 – pastdagi ustun; 5 – yakkali konduktor; 6 – qavatlararo yopma plitasi; 7 – ustunlarni o‘rnatish va to‘g‘rilash uchun rostlovchi vintlar. Birinchi qavat yarusidagi montaj tugatilib, hamma elementlar payvandlanib bo‘lgandan keyin usha yarusning ikkinchi qavat elementlarini montaj qilishga kirishiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling