8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari
Download 162.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indikatorlar haqida tushuncha.
- Hind va Ind
[OH
- ] ning qiymatiga qarab turli rangga kiradi. Har bir rangga esa pH ning aniq qiymatlari mos keladi. Bunga pH-shkala deyiladi. Yoki Ushbu shkaladan foydalanib eritmalar pHining muhiti to’g’risida xulosa qilinadi. Indikatorlar haqida tushuncha. Eritmalarning muhitini aniqlash uchun kislota asos inlikatorlari ishlatiladi. "Indikator" — belgi, xabar beruvchi ma’nosini bildiradi. Klslota-asos indikatori eritmadagi H + yoki OH - ionlari miqdoriga ko’ra o’z rangini o’zgartiradigan kuchsiz kislota yoki kuchsiz asos xossali moddalardir. Indikatorlarning rang o’zgartirishi ular tarkibidagi H + (OH - ) ionlari ajralishi (yoki birikishi) natijasida modda tuzilishi (bog’larning tartibi va joylashuvi)ning o’zgarishi bilan tushuntnriladi. Har qanday indikatorlarni HInd umumiy formulasi bilan belgilasak, rang o’zgarishiga olib keluvchi dissotsilanishi: Bunda, Hind — rangli, Ind — rangsiz bo’ladi, yoki Hind — rangsiz, Ind J — rangli yoki Hind va Ind turli ranglarga ega bo’ladilar. Masalan, fenolftalein indikatori kislotali eritmada (Hind) rangsiz, ishqoriy muhitda (Ind") binafsha rangga ega. Ko’p ishlatsh1adigan kislota-asos indikatorlari quyidagi jadvalda keltirilgan: 8.3. Eritmalarning ionli tenglamalari. Kislota va asos nazariyasi. Elektrolit eritmalarda reaksiya borishi uchun: 1) Qiyin eriydigan moddalar 2) gazsimon moddalar 3) kam dissosilanuvchi moddalar hosil bo'lishi kerak. Agar shu moddalar hosil bo’lmasa reaksiya bormaydi. Elektrolit eritmalarda boradigan reaksiyalarni molekulyar tenglama ko’rinishida emas, balki ion tenglama ko’rinishida uch qatorda 1) molekulyar, 2) to`liq ionli va 3) ionlar ishtirok etishini ko’rsatadigan (qisqa ionli) tenglama holida ifodalanadi. 1. Qiyin eriydigan birikmaning hosil bo'lishi BaCl 2 + H 2 SO 4 BaSO 4 + 2HCl Ba 2+ + 2Cl - + 2H + + SO 4 2- BaSO 4 + 2H + + 2Cl - Ba 2+ + SO 4 2- BaSO 4 Agar reaksiyada bir necha qiyin eriydigan moddalar hosil bo’lsa, u holda oldin juda kam eriydigan modda cho’kmaga tushadi. 2.Gazsimon moddaning hosil bo'lishi. K 2 SO 3 + 2HCl 2KCl + H 2 O + SO 2 2K + + SO 3 2- + 2H + +2Cl - 2K + + 2Cl - + H 2 O + SO 2 SO 3 2- + 2H + H 2 O + SO 2 3. Kam dissotsilanuvchi moddalarning hosil bo'lishi. KOH + HCl KCl + H 2 O K + + OH - + H + + Cl - K + + Cl - + H 2 O OH - + H + H 2 O Eritmadagi cho`kma sirtida erigan moddaning ionlari bo'ladi. Agar qiyin eriydigan birikmaning biror soni ion erituvchi bilan biriksa, u holda modda eriydi. Pb(OH) 2 + 2HCl PbCl 2 + 2H 2 O. Pb(OH) 2 + 2H + + 2Cl - PbCl 2 + 2H 2 O Bu misolda PbCl 2 cho’kmaga tushadi va kam dissosilanuvchi suv hosil bo'ladi, natijada Pb(OH) 2 eriydi. Agar kuchli elektrolit eritmalarini aralashtirsak ularning ionlari orasida qaytar reaksiya boradi, ya'ni eritmada molekula hosil bo'lmay, bu elektrolitlarning ionlari o’zgarmay qoladi. NaCl + KNO 3 NaNO 3 + KCl Na + + Cl - + K + + NO 3 - Na + + NO 3 - + K + + Cl - Eritmalar aralashtirmasdan va aralashtirilgandan keyin ham eritmada faqat Na + , K + , Cl - , NO 3 - ionlar erkin holda bo'ladi, lekin eritma sovitilib, kristallarga aylanganida 4 ta tuzning aralashmasi hosil bo'ladi. Suvli eritmalarni kislotalar, asoslar misolida ko`rib chiqaylik. Ma`lumki kislotalar uchun quyidagi xossalar xosdir: - nordon maza; - ko`pgina indikatorlarning rangini o`zgartirish qobiliyati, masalan lakmus rangini qizartiradi; - aksariyat metallarni vodorod ajralib chiqish bilan erish qobiliyati; - asoslar bilan tuzlar hosil qilib ta`sirlashish qobiliyati. Kislotalarning bu xossalari faqat eritmalarda va nuqul suvli eritmalarda namoyon bo`ladi, masalan, suvsiz HCl yoki suvsiz H 2 SO 4 lar yoki ularning benzoldagi eritmalari umuman kislotalik xossalarni namoyon qilmaydi. Suvli eritmalarda kislotalar ionlarga ajraladilar va vodorod hamda kislota qoldig`i anionlarini hosil qiladi. Shuning uchun bunday eritmalarning xossalari butun molekulalarga emas balki, alohida ionlarga bog`liq bo`ladi. Demak kislotalarga beriladigan xossalar asosan Н + ionlariga bog`liq bo`ladi, eritmada Н + ionlarining yo`qolishi bilan kislotalik xossa ham yo`qoladi. Elektrolitik dissotsiyalanish nuqtai-nazaridan kislotalar suvdagi eritmalarida faqat bir turdagi kationlar - Н + ionlarini hosil qilib dissotsiyalanadigan elektrolitlardir. HCIO 4 → H + + CIO - 4 HJ → H + +I - Kuchli ko`p negizli kislotalar bosqichli dissotsiyalanadilar, bunda 1-chi bosqich qaytmas, qolganlari qaytar bo`ladi: H 2 SO 4 → H + + HSO - 4 HSO - 4 ↔ H + + SO -2 4 Kuchsiz bir negizli va ko`p negizli kislotalar faqat qaytar jarayon bilan bilan dissotsiyalanadilar: Asoslarning suvdagi eritmalari quyidagi umumiy xossalarga ega bo`ladilar: - o`ziga xos «sovun» ta`miga; - kislotalarga nisbatan indikator rangini boshqacha o`zgartiradi, masalan, lakmus rsngini ko`kartiradi; - kislotalar bilan ta`sirlashib tuz hosil qiladi. Hamma asoslar uchun umumiy bo`lgan ularning eritmalarida OH - (gidroksil) ionlarning bo`lishidir, ishqorlik xossasini tashuvchi bo`lib OH - (gidroksil) ioni xizmat qiladi. Eng kuchli ishqorlar I-guruh ishqoriy metallarning gidroksidlari bo`lib, masalan o`yuvchi natriy va o`yuvchi kaliyning 0,1 normal eritmalarida α g =90 % гача бўлади. Ko`pchilik asoslar kuchsiz elektrolitlardir. Demak, elektrolitik dissotsilanish nuqtai-nazaridan asoslar eritmalarida faqat bir turdagi anionlar - OH - (gidroksil gruppa) ionlarining hosil qilib dissotsiyalanidigan elektrolitlardir. Asoslarning dissotsiyalanish harakteri va dissotsiyalanish uning kuchi va kislotaliligiga (asosliligiga) bog`liq bo`ladi. Asos tarkibidagi gidroksil gruppalarning soni (nOH - ) ayni asosning kislotaliligi deyiladi. Agar asos tarkibida bitta OH- gruppasi bo`lsa bir asosli, agar ikkita (2ОН - ) bo`lsa ikki asosli deyiladi va h.k. Kuchli bir yoki ikki asosli asoslar faqat bir bosqichda qaytmas dissotsiyalanadi: Kuchsiz bir va ko`p kislotali (asosli) asoslar qaytar va bosqichli dissotsiyalanadilar, bosqichlar soni asosning kislotaliligiga bog`liq bo`ladi. Amfoter asoslar bir vaqtning o`zida ham kislota tipi ham asos tipi bo`yich dissotsiyalanadilar: Tuzlar suvda eriganda musbat Н + ionlaridan tashqari boshqa musbat ionlar, hamda manfiy ОН - ionlaridan tashqari boshqa manfiy ionlar hosil qilib dissotsilanadigan elektrolitlardir. Download 162.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling