8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari
Eritmalardagi osmos hodisasi. Eruvchanlik. Vant-Goff qonuni
Download 162.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-rasm. Osmos hodisasi
- Vant-Goff qonuniga
- P=1000∙m∙RT/M∙V
8.4. Eritmalardagi osmos hodisasi. Eruvchanlik. Vant-Goff qonuni.
Ma’lumki, eritma hosil bo’lishida yoki konsentrasiyalari bir-biridan farq qiluvchi eritmalar o’zaro aralashtirilganda eritmadagi modda zarrachalari va erituvchi molekulalari erit ma ichida tartibsiz (Br aun hara kati ) harakat qila boshlaydi. Bunga turli konsentratsiyali shakar eritmalari aralashmasi misol bo’la oladi. Agar konsentratsiyasi kam shakar eritmasiga k o n s e n t r a t s i ya si yuqori bo’lgan shakar eritmasi asta-sekin qo’shilsa, eritma ichida shakar molekulalari ko’p joydan kam joyga, erituvchi molekulalari ham ko’p joydan kam joyga o’tadi. Eritmada diffuziya hodisasi ro’y beradi. Bunda eritmaning entropiyasi G max. bo’lguncha, ya’ni eritmalar shakar molekulalari yangidan qayta tekis taqsim-lanmaguncha davom etadi. Bu ikki yoqlama diffuziya deyiladi. Agar shakar eritmasi solingan, devori yarim o’tkazgich xossaga (bir tomonlama o’tkazuvchan) ega idishni suvli idishga tushirilsa, bir yoqlama diffuziya ro’y beradi. Suvli idishdagi suv molekulalari (o’lchami kichik bo’lgani uchun) shakar eritmasiga — ichki idishga o’ta boshlaydi. Ichki idishdagi shakar molekulalarining o’lchami (diametri, hajmi) idish devoridagi teshiklarning o’lchamidan katta bo’lgani uchun tashqi suvli idishga o’ta olmaydi. Natijada ichki idishdagi eritma hajmi orta boshlaydi va eritma idishga tutashtirilgan nay orqali ko’tarila boshlaydi. Yarim o`tkazgichli to`siq orqali amalga oshuvchi bunday bir yoqlama diffuziyaga osmos hodisasi deyiladi. 1-rasm. Osmos hodisasi Osmos hodisasi tufayli ichki idishdagi bosim (gidrostatik bosim) ortadi va suyuqlik tashqi (masalan, at mosfera) bosimga nisbatan ish bajarib yuqoriga ko’tariladi. Shu jarayonda bajarilgan ish osmotik bosim tufayli sodir bo’ladi, Ayni misolda osmotik bosim ichki idishdagi suyuqlikning dastlabki va oxirgi holatidagi sathlari farqiga teng bo’ladi, Osmos hodisasi tufayli yuzaga kelgan gidrostatik bosim tashqi muhit bosimi bilan tenglashganda osmos hodisasi to`xtaydi. Umuman eritmalardagi osmotik bosim Vant-Goff qonuniga ko’ra eritmada erigan modda miqdori C va temperatura (T)ga to’g’ri proportsionaldir: P=CRT; bunda P (osm) - eritmaning osmotik bosimi, Pa, kPa, mm. sim, ust.; R — gaz doimiysi 8,314 J/ mol- K, Agar C=n/v molyar konsentratsiyasi ekanligini va n=m/M ekanligini va hajm (V) millilitrda o’lchanishini e’tiborga olsak, eritma osmotik bosimi quyidagicha ifodalanadi: P=1000∙m∙RT/M∙V Ko’rinib turibdiki, eritmada erigan moddaning molekulyar og’irligi qanchalik kichik, temperatura va erigan modda miqdori qanchalik katta bo’lsa, osmotik bosim shunchalik yuqori bo’ladi. Osmotik bosim odam organizmi va o’simliklar hayotida katta ahamiyatga ega. O’simliklar ildizi ham yarim o’tkazgichlik xossasiga ega. Tuproqdagi nam ( H 2 O) ni to rtib olib o’simlik tanasida katta bosim hosil qiladi. Buning isboti sifatida agar o’simlikning shoxchasi kesib olinsa va bir oz vaqt qo`yilsa so’lib qoladi va qaytadan suvli idishga (yoki nam tuproqqa) qo’yilsa qaytadan o’z holiga keladi. Shu sababli o’simlik xatto tuproqdan unib chiqadi, daraxtning shohlari egilib qolgan bo’lsada, yana yuqoriga qarab o’sadi. Download 162.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling