8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari
Download 162.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raulning II-(ebo’lioskopik(qaynash) va krioskopik(muzlash)) qonuni
Raulning I-tanomеtrik qonuni:
Eritma bug’ bosimining pasayishi eritmadagi erigan moddaning molyar qismiga tеng. 2 0 0 N P ) P P ( bu еrda: Ро -toza erituvchining bug’ bosimi; Р - eritmaning bug’ bosimi; N 2 -erigan moddaning molyar qismi: 2 1 N n n n n - erigan moddaning mol miqdori; n 1 - erituvchining mol miqdori. Raulning II-(ebo’lioskopik(qaynash) va krioskopik(muzlash)) qonuni. Eritma qaynash haroratining ko’tarilishi va muzlash haroratining pasayishi eritmaning molyal kontsentrasiyasiga to’g’ri proportsional. t qay. =E·m; t muz =K·m. Eritmalarda zaryadlangan zarrachalar mavjudligini 1818 yilda T.Grotgus aniqlagan. Shuning uchun eritmalardan elеktr toki o’tadi. Moddalarning suvdagi eritmalari elеktr tokini o’tkazishiga qarab ular elеktrolitlar va elеktrolitmaslarga ajratiladi. Ma’lumki, har qanday suyuq modda temperaturaning hohlagan qiymatida doimo o’z bug’i bilan muvozanatda bo’ladi: Suyuqlik ustidagi bug’- gazsimon modda bo’lgani uchun o’z bosimiga ega. Suyuqlik ustidagi bug’ning bosimi (har bir temperatura qiymatida) doimiy sondir. Toza suyuqlik, masalan, suv erituvchi bo’lsa, uning ayni temperaturadagi to’yingan bug’ bosimi R 1 ga teng. Suvda biror modda (shakar, glyukoza, mochevina) eritilsa, hosil bo’lgan eritma ustidagi bug’ bosimi R 2 bo’ladi yoki uning qiymati ayni temperaturada toza suvning to’yingan bug’ bosimidan past bo’ladi: Ps>P g Ikkala bosim o’rtasidagi farq DR=R 1 -R 2 eritma to’yingan bug’ bosimininig pasayishi deyiladi, Bu DR farqning toza erituvchi (suv) to’yingan bug’ bosimiga nisbati DR/R 1 = R 1 -R 2 /R 1 eritma to’yingan bug’ bosimining nisbiy pasayishi deyiladi. Frantsuz fizigi Raul (1887 y) eritma to’yingan bug’ bosimini o’rganib o’zining birinchi qonunini kashf qildi. Bu qonunga binoan, eritma to’yingan bug’bosimining nisbiy pasayishi eritmada erigan moddaning molyar qismiga to’g’ri proportsionaldir. Buning sababi yuqoridagi "suyuqlik-bug’’ muvozanat holatidan kelib chiqadi. Chunki suvda modda eriganda suv molekulalari erigan modda molekulalari bilan birikma— gidratlarni hosil qilgani uchun suvdagi suv mole- kulalari miqdori kamayadi, Bu kamaygan molekulalarni suvli eritma o’z ustidagi (bug’ holatilagi) suv molekulalarini suyuqklikka aylanishi, ya’ni (H 2 O) suv (H 2 O) bug’ muvozanatni chapga siljishi tufayli to’ldiradi. Bug’ holatidagi suv molekulalari sonining kamayishi ayni temperaturadagi bosimni kamayishiga sabab bo’ladi va eritma ustidagi bug’ bosimi to’la suvnikidan past bo’ladi. Bu xulosa har qanday eritma uchun doimo o’rinlidir. Bu xulosalar suv va eritmaning holat diagrammasi asosida ifodalanadi. Bu grafikka asosan toza suvning barcha holatlaridagi bug’ bosimi ( R , ) suvli eritmaning bug’ bosimi (R a ) dan yuqori va eritmaning kontsentratsiyasi qanchalik yuqori bo’lsa, grafikdagi suv va eritmani ifodalovchi egri chiziqlar o’rtasidagi farq shunchalik katta bo’ladi. Eritmalarning qaynash va muzlash temperaturalari ham oddiy toza erituvchi yoki toza kimyoviy moddanikidan farq qiladi. Ma’lumki, har qanday suyuq modda ma’lum temperaturada qaynaydi. Ya’ni uning ichki bosimi tashqi muhit bosimiga teng bo’lganda u gazsimon holatga o’tadi. Xuddi shu singari suv 100 0 C da (R= 101,3 kPa) qaynaydi. 0°C da suyuq holatdan qattiq holatga o’tadi — muzlaydi. Suvda moddalar eriganda suvning (aniqrog’i hosil bo’lgan eritmaning) qaynash va muzlash temperaturasi o’zgaradi. Eritmalarda turli tarkibli gidratlar (solvat- lar) bo’ladi. Eritma qaynay boshlagan (yoki muzlay boshlagan) temperatura eritmaninig qaynash (yoki muzlash) temperaturasi deyiladi.T muzlash yoki T qaynash kabi ifodalanadi. Eritmalarning qaynash temperaturasi erituvchining qaynash temperaturasidan doimo yuqori bo’lib, muzlash temperaturasi erituvchi muzlash temperaturasidan past bo’ladi. Download 162.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling