8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja: Eritmalar. Ideal eritma qonunlari
Download 162.96 Kb. Pdf ko'rish
|
8-mavzu. Eritmalar turlari. Reja 1
2-rasm. Osmotik bosimni o’lchash
uchun moslama Tajribalarning ko’rsatishicha, agar yerdagi namlik 6% ga teng bo’lib, (temperatura 20°C bo’lsa), bunday yerga ekilgan don ekinlari urug’i ichida osmotik (gidrostatik) bosim 4,05∙I0 6 P ni tashknl etar ekan. Odam organizmidagi hujayra va to’qimalar ham yarimo’tkazgich parda xossasiga ega. Iste’mol qilinadigan suyuqliklar, oziq-ovqat mahsulotlarining odam tanasiga singishi, muskullarning rivojlanishi osmos hodisasi tufayli sodir bo’ladi. Har qanday kimyoviy toza modda boshqa moddada eriydi. Moddalarning eruvchanligi shu moddaning va erituv chining tabiatiga va temperaturasiga bog’liq. Moddalarning eruvchanligi deb, ayni temperaturada 100 g erituvchida erigan moddaning gram miqdariga aytiladi. Odatda buni moddalarning "eruvchanlik koeffitsienti" deyiladi, Kengroq ma’noda moddalarning eruvchanligi sifati da ayni sharoitda to’yingan eritmaning kontseitra tsiyasini qabul qilsa ham bo’ladi. Shunga muvofiq, eruvchanlik miqdoran erigan modda massasining to`yingan erit ma massasiga nisbatini ifoda1ovchi foiz (%) qiymatga tengdir. Ba’zan 1 litr to’yingan eritmadagi erigan moddaning "mol"lar soni ham moddaning eruvchanligi deyiladi. Ko’pchilik hollarda erituvchi sifatida suv ishlatilgani uchun moddalarning suvda eruvchanligi quyidagicha tavsiflanadi: agar 100 g suvda 1g va undan ko’p miqdordagi modda erisa — yaxshi eruvchan, agar 1g dan 0,001 gacha erisa — kam (yomon) eriydigan, agar 0,001 g dan kam erisa — amalda erimaydigan modda deyiladi| Temperatura ortishi bilan moddalarning eruvchanligi ham ortib boradi. Buning sababi moddalarning erish is s iql i g i ma v z u s i da b a t a f s il b a yo n e t i l di . M o d d al a r eruvchanligining temperaturaga bog’liqligi eruvchanlik grafigida ko’rsatiladi. Ushbu grafikdan foydalanib xohlagan temperaturada (100°C gacha) turli modda1arning 100g erituvchida necha gramm erishini bilib olish mumkin Qattiq moddalarning eruvchanligi bosimga bog’liq bo’lmaydi. Suyuq moddalar suyuqliklarda eriganda turlicha (cheklan gan mi qd ord a ) e ri ydi yo k i a ra la sha di . M a s a l a n : s p i r t s u v d a c h e k l a n m a g a n m i q d o r d a e r i y d i bashqacha aytganda, spirt va suv o’zaro hoxlagan miqdoriy nisbatlarda aralashadi Dietil efiri xona temperaturasida suvda cheklangan miqdorda eriydi, ya’ni suv va efir aralashmasi ikki qavatdan iborat bo’ladi. Yuqori qatlam — suvning efirdagi to’yingan eritmasi bo’lsa, pastki qatlam — efirning suvdagi to’yingan eritmasidir. Temperaturaning ortishi bu moddalarni bir-birida eruvchanligini oshiradi va ma’lum temperaturada ikkala modda o’zaro hoxlagan nisbatda aralashadi. O’zaro cheklangan miqdorda eruvchi suyuqliklarning cheksiz eruvchanlik holatiga o’tadigan temperatura suyuqliklar erishining kritik temperaturasi deyiladi. Bunga misol: fenol (C 6 N 5 OH) 66,4°C gacha suvda cheklangan miqdorda eriydi, 66,4 o C dan boshlab esa, fenol suvda cheklanmagan miqdorda, suv esa fenolda eriydi (aralashadi) .^ Shuning uchun "fenol- suv" sistemasi uchun 66,4 o C erishning kritik temperaturasi deyiladi. Ma’lumki, ikkita o’zaro aralashmaydigan suyuqlik aralashmasiga uchinchi — bu ikkala moddada o’z eruvchanlik koeffitsientiga proporiional holda eriydigan modda qo’shilsa, bu modda ikkala suyuqlikda turlicha eriydi. O’zaro aralashmaydigan moddalar aralashmasida erigan (tarqalgan) moddaning konsentratsiyalari nisbati ayni temperaturada doimiy son bo’lib, erigan moddaning umumiy miqdoriga bog’liq emas. Buni "taqsimlanish qonuni " deyiladi^ Agar C — erigan moddaning birinchi erituvchidagi kontsentratsiyasi, C 2 ^ erigan moddaning ikkinchi erituvchi dagi kontsentratsiyasi bo’lsa, uning taqsimlanish koeffitsienti — K quyidagicha ifodalanadi: K = C/C 2 Ma’lumki, yod suvda (C 2 = 0,01 mol/l) kam eriydi, xloroform (CHCl) (C= mol/l) yaxshi eriydi. Agar "suv-xloroform" geterogen aralashmasiga yod kristallari solinsa, u ikkala erituvchida turlicha eriydi va tarqalish koeffiiienti K=C U3 /C 2J2 =130 teng, ya’ni J 2 ning xloformda erigan miqdori suvdagiga nisbatan 130 marta ko’p. "Taqsimlanish qonuni"ga asoslanib moddalarni bir-biridan ajratish, miqdorini oshirish — kontsentrlash va ajratib olish (fraktsiyalash) mumkin. Gazlarning suyuqliklarda erish i ekzotermik jarayon bo’lib, Genri qonuniga bo’ysunadi. Doimiy temperaturada o’zgarmas hajmdagi suyuqlikda erigan gaz miqdori shu gazning partsial bosimiga to’g’ri proportsional bunda; C - gazning eritmadagi miqdori, P — gazning p a r t s i a l b o s n m i v a K - p r o p o r t s i o n a l l i k k o e f f i i i e n ti yoki Genri doimiysi Eritmalar moddalarning eruvchanlik koeffisentiga ko’ra to’yinmagan, to’yingan va o’ta to’yingan xillarga ajratiladi Download 162.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling