8-mavzu. Ishlab chiqarish omillari bozori


-rasm. Taklif cheklangandagi iqtisodiy renta


Download 120.1 Kb.
bet10/11
Sana31.01.2024
Hajmi120.1 Kb.
#1818769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
8 MAVZU (1)

12.18-rasm. Taklif cheklangandagi iqtisodiy renta.


Iqtisodiy renta - bu taklifi chegaralangan resursga to’lanadigan narxdir.
    1. Asosiy va aylanma kapital mablag’lar


Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo’lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi.
Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish tsiklida o’z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o’tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar).
Asosiy kapitaldan uzoq muddatda foydalaniladi va u o’z qayta takror ishlab chiqaradi, ya’ni u ishlatilishi davomida o’z qiymatini ma’lum qismini mahsulot qiymatiga o’tkazadi.
Kapitaldan foydalanish davomida u ham ma’naviy, ham jismoniy eskiradi. Jismoniy eskirish - bu kapitalning vaqt o’tishi bilan ishga yaroqsiz bo’lishi bo’lsa, ma’naviy eskirish uning unumdorligining kamayishi, ya’ni yangi ishlab chiqarilgan zamonaviy uskunalarga qaraganda unumdorligining pastligi, yoki umuman barcha ko’rsatkichlari bo’yicha (mahsulot sifati, foydalanishga qulayligi) yangi uskunadan orqada qolganligidir.
Asosiy kapital egasi kapital qiymatini undan foydalanish vaqti davomida qayta tiklaydi. Masalan, uskuna 1000000 so’m bo’lib, undan foydalanish muddati 10 yil bo’lsa, uning qiymati 10 yil davomida teng qiymatlarda mahsulot qiymatiga o’tkaziladi deb qaraydigan bo’lsak, har yilgi daromaddan 100000 so’mdan amortizatsiyaga ajratish kerak bo’ladi.
Aylanma kapital bir yil davomida o’zining butun qiymatini mahsulot qiymatiga o’tkazib qayta tiklanadi.
Kapitalning qiymati undan foydalanib, kelajakda qancha daromad olishga bo\liqdir. Kelajakda ko’proq daromad olish ishtiyoqi ko’pchilikni bugungi iste’molining bir qismidan voz kechib, uni jam\arishga undaydi. Jam\arilgan mabla\ pul ko’rinishidagi kapital sifatida biror-bir tadbirkorga ma’lum muddatga qo’shimcha qiymat orqali qaytarilishi sharti bilan berilishi mumkin. Ushbu olingan qo’shimcha qiymatga kapitalga olingan foiz deyiladi.

Download 120.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling