8-mavzu. Ishlab chiqarish omillari bozori
-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish taklif chizig’i yotiqligi
Download 120.1 Kb.
|
8 MAVZU (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig’i.
14.10-rasm. Ish haqi oshganda ish kunini qisqarish taklif chizig’i yotiqligi.Ish haqi o’sishining dam olish vaqti bilan ishlash vaqti o’rtasidagi nisbatga ta’siri. Odatda ish haqi oshganda, ko’pchilik ko’proq ishlab, ko’proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo’sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma’naviy o’sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o’sishi o’z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko’proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar. Ish vaqti ma’lum vaqtgacha o’sgandan keyingi ish haqining o’sishi, ish vaqtini qisqarishiga olib keladi. Ish haqi oshganda o’rnini bosish samarasi hamda daromad samarasi mavjud bo’ladi. O’rnini bosish samarasida yuqoriroq ish haqi, ishchining real daromadini oshiradi. Ishchi ko’p daromad olganda, u ko’proq ne’matlarni sotib oladi, ushbu ne’matlardan biri, yaxshi dam olishdir. Agar ishchi dam olishga ko’proq mablag’ sarflasa, daromad samarasi (daromadning oshishi), uni kamroq ishlashga undaydi. Daromad samarasi juda ham katta bo’lganda, ishchi ish vaqtini qisqartiradi va mehnat taklifi chizig’i pastga yotiq bo’ladi. Quyidagi rasmda (14.11-rasm) ish haqi o’sishining uch bosqichi ko’rsatilgan. Иш ҳа=и, W4 W3 W2 W1 14.11-rasm. Individual shaxsning mehnati taklifi chizig’i.Ish haqining birinchi bosqichida dan ga o’sishi, ish vaqtini dan soatga oshiradi. Bu erda o’rnini bosish samarasi daromad samarasidan yuqori bo’ladi. Ish haqining ikkinchi bosqichidagi dan ga o’sishi, ish vaqtiga ta’sir qilmaydi, ishchi soat ishlaydi, o’rnini bosish samarasi daromad samarasiga teng. Uchinchi bosqichdagi ish haqining dan ga o’sishi, ish vaqtini dan ga qisqartiradi, o’rnini bosish samarasi daromad samarasidan kam bo’ladi. Ko’rinib turibdiki, daromadning o’sishi dam olishga bo’lgan talabni oshiradi. Ushbu hol ish vaqtini qisqarishi va dam olish vaqtini oshishida o’z ifodasini topgan. Ish haqining oshishi bilan birga dam olishning narxi ham oshadi. Odatda, rivojlangan mamlakatlarda aholining o’rtacha daromadi, rivojlanayotgan mamlakatlardagi aholining o’rtacha daromadidan ancha yuqori bo’lgani uchun, ular ko’proq dam olishga harakat qiladi (Daromad samarasi, o’rnini bosish samarasidan yuqori). Rivojlanayotgan davlatlarda ish haqi past bo’lgani uchun, ish haqining o’sishi, ishchilarni ko’proq vaqt ishlab, ko’proq daromad qilishga undaydi (o’rnini bosish samarasi, daromad samarasidan yuqori bo’ladi). Download 120.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling