8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish


Yuqori pog‘onadagi menejerlar


Download 109.36 Kb.
bet2/23
Sana10.10.2023
Hajmi109.36 Kb.
#1696870
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
8-Mavzu

Yuqori pog‘onadagi menejerlar firma istikbolini belgilash uning kelajagi uchun ahamiyatli chora tadbirlarni ishlab chiqish bilan shugullanadi. Bir suz bilan aytganda firma andozasini ishlab chikadi vauni amalga oshiradi.
O’rta pog‘onadagi menejerlar firma faoliyatining ayrim tomonlarini, chunonchi, ishlab chiqarish, tovarlarni sotish, narx belgilash, moliya faoliyati yangi tovarlarni o‘zlashtirish texnologiyani qo‘llash mehnatni tashkil etish kabilarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.
quyi pog‘onadagi menejerlar quyi bo‘g‘inda, masalan, tsex bo‘lim brigada doirasida ishni tashkil etish, kunlik, xaftalik, oylik ish topshiriqlarining bajarilishini boshqarib boradi.
To‘g‘ri, korxonani boshqarish mulk egasining vazifasi deyishimiz mumkin. Ammo boshqarish uchun mulk egasi bo‘lish shart emas. Shu xususdan orkestrni boshqaruvchi direjer musiqa asboblarining egasi bo‘lmasa ham uz ishini qilaverishini eslash o‘rinli. Boshqarish vazifasini korxona egasining o‘zi yoki yollangan ammo mulkdor nomidan ish quruvchi menejer bajaradi.
Iqtisodiy aloqalar murakkablashgan sari menejer xizmatiga talab oshadi, o‘z ishining ustasi farang bo‘lgan maxsus ijtimoiy toifa menejerlar toifasi paydo bo‘ladiki, uning alohida ijtimoiy maqomi bor. Ular g‘oyat-murakkab, o‘ta mas’uliyatli ish bilan shug‘ullanishi, firmaning hayot-momotiga javobgar bo‘lgani uchun yollanib ishlovchilar orasida eng katta xizmat haqi oladilar:
Boshqaruv funksiyalarini bajarishda va jamoat ishlab chiqarishda zamonaviy menejer:

  • rahbar - boshqaruvchi;

  • rahbar - diplomat;

  • rahbar - murabbiy, tarbiyachi;

  • rahbar - inson;

  • rahbar - innovator sifatida maydonga chiqadi.

xar bir menejer o‘ziga xos boshqaruv uslubiga ega. Uslub - bu ishlash boshqarishdagi o‘ziga xos yo‘l, usul ma’nosini anglatadi. Shu nuqtai nazardan quyidagi tushunchalarni ajrata bilish lozim:

  • boshqaruv uslubi;

  • ish uslubi;

  • rahbarning ish uslubi.

2. Rahbarlik uslubini boshqarish metodlari bilan o‘zaro aloqadorligi.


Boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida kelib chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo‘llari majmuasidir.
Ish uslubi - bu boshqaruv funksiyalarini samarali bajarish masqadida biror bir organning yoki rahbarning bo‘ysinuvchilarga aniq va nisbatan barqaror ta’sir ko‘rsatish usuli va yo‘llari majmuasidir. Masalan:

  • mamlakat boshqaruv organlarining ish uslubi;

  • vazirlik, qo‘mita, hokimiyatlarning ish uslubi;

  • sud, prokuraturalarning ish uslubi;

  • korxona, tsexlarning ish uslubi;

  • ayrim rahbarlarning ish uslubi va hokozolar. Boshqaruvning turli pog‘ona va bosqichlarida to’rgan boshqaruv organlari va rahbarlarning ish uslublari har xildir. Shu nuqtai nazardan ish uslubi g‘oyat ko‘p qirrali tushunchadir.

Rahbarning ish uslubi - bu boshqaruv jarayonida u yoki bu masalalarni hal qilishda uning o‘ziga xos yondashishidir. Rahbar qaror qabul qilganda, uning bajarilishini tashkil etganda va qo‘l ostidagi kishilar ishini nazorat qilganda u o‘z vazifalariga muvofiq ish ko‘radi.
Biroq har bir rahbar bunda o‘ziga xos ravishda, boshqaruv jarayonida o‘zi uchun mos bo‘lgan, o‘z rahbarlik uslubini belgilaydigan usullar bilan xarakat qiladi. Mutlaqo bir xil ikki kishi bo‘lmaganidek, rahbarlikda ham mutlaqo bir xil uslub yo‘q. Rahbarlik uslubi rahbarlarning o‘z qo‘l ostidagilari bilan aloqasida, ularning o‘zaro munosabatlarida tarkib topadi.




Download 109.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling