8-mavzu. Mеnеjеr faоliyatini tashkil etish
Download 109.36 Kb.
|
8-Mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rahbar obro‘siga putr etkazuvchi unsurlar
Bir kishi o‘g‘liga dedi:
Nafsingni shunday mashq qildirki, toki u amringga quloq soladigan bo‘lsin: O’g‘il so‘radi: Men qaysi paytda aqlli bo‘lishim mumkin? Nafsingga hokim bo‘lganingda!-dedi. Insonlarga xos yuqorida qayd qilingan ijobiy xislatlarning hammasini bir kishi to‘la-to‘kis egallab olishi juda qiyin, albatta. Lekin shunday fazilatlarga ega bo‘lishga barcha rahbarlar intilishi kerak. Ammo obro‘li bo‘lish fazilati har qanday rahbar uchun shak-shubhasiz zururdir. Obro‘-bu hamma tomonidan tan olingan hamda mehnat evaziga ortirilgan, rahbar uchun zarur ishonch va qalqondir. Ayni paytda har bir rahbar o‘zidan yuqori tutuvchi rahbarlar odida ham, o‘ziga bo‘ysinuvchi xodimlar oldida ham, o‘zi bilan huquqi teng boshqa rahbarlar oldida ham obro‘ga ega bo‘lishi lozim. Obro‘ halol mehnat, tashabbuskorlik va o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lish, jamaoa a’zolariga talabchanlik va g‘amxo‘r bo‘lish, o‘z ishini chuqur bilish bilan ortiriladi. Shuni esda tutish lozimki, xizmat mavqei o‘z-o‘zidan obro‘ keltiravermaydi. Rahbar xizmat mavqeiga faqat muayyan ne’matlardan foydalanish usuli deb qaramasligi zarur. U shuni yoddan chiqarmasligi kerakki, rahbarlik mansabiga saylab qo‘yilgan yoki tayinlangan ekan, endi faqat bitta afzallikka ega bo‘ladi, u ham bo‘lsa: Rahbar shu talablarga rioya qilmas ekan u o‘z rahbarlik usulida quyidagi salbiy hodisalarga yo‘l qo‘yishi, pirovardda esa o‘z obro‘yini ketkizishi va el nazaridan qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Rahbar obro‘siga putr etkazuvchi unsurlar
Rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish degani- bu boshqarishning barcha unsurlariga e’tiborni kuchaytirish demakdir. Eng avvalo rahbar yuqoridagi nuqsonlardan xoli bo‘lishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: Rahbar o‘z huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uyg‘un olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat menfaatlariga putur etkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umum manfaatlarga bo‘ysinishi lozim. Ishlab chiqarishni faqat jamoada obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan rahbargina yaxshi boshqaraoladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obro‘ faqat xizmat mavqei bilan emas, balki, avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi. Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda hamo‘zini tutabiladigan, odobli va xushmuomala bo‘lishi zurur. O’z xatti- harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgilarini tiya biladigan, yurish turishida bo‘ysinuvchilarga o‘rnak ko‘rsatadigan bo‘lishga majburdir. Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli bo‘yinuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida bo‘lmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham bo‘lishi kerak. Bu o‘rinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan xoli emas. Download 109.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling