kam bag‘al, oddiy, bechorahol-faqir
kuchli, baquvvat- qaviy
quloq soluvchi, xizm atkor-mulozim
ro ‘za, tiyilish-uruj
tag ‘in, yana-dag`i
gunoh, ayb, qilmish- tuhmat
farq, tafovut- befarq
Mustahkamlash darslari
76—77-darslar
GAPNING IKKINCHI DARAJALI BO‘LAKLARI YUZASIDAN TAHLIL
149-topshiriq. Matnni diqqat bilan o‘qing.
ULUG‘BEKNING SHOGIRDI
Sulton Ulug‘bekning Ali Qushchi degan shogirdi bor edi. Ulug‘bek uni
shunchalik yaxshi ko‘rib, hurmat qilganki, bunga boshqalar hasad qilisharkan.
Ulug‘bek buni
bilar, ammo o‘zini bilmaganlikka solib yurar ekan. Bir kuni Ali Qushchi
shahardan tashqarida yashovchi onasinikiga borib, kasalga chalinib qolibdi.
Odamlar: «Kimsan dunyoga dong‘i ketgan sulton shogirdini borib ko‘rarmikan yo
tuzalib kelishini kutarmikan, balki odam yubortirib bu yerga oldirib kelarmikan?»
— deb quloqlarini ding qilib turishibdi. Shogirdining betobligini eshitgan
Ulug‘bek darhol buyuribdi:
— Yo‘l libosini keltiringlar, otlar hozirlansin! Alini ko‘rib, holidan xabar olib
kelamiz.
Shunda bosh vazir bilan shayxulislom:
— Oliy hazrat, sizday ulug‘ bir zotning tagi past bir shogird bolani ko‘rgani uning
kulbasiga borishingiz qanday bo‘larkin? Yaxshisi, bu fikringizdan qayting, —
deyishibdi.
Bu gapni eshitib, Ulug‘bekning jahli chiqibdi, lekin o‘zini bosib debdi:
— Ilm ahlini vaqti-vaqti bilan ziyorat qilib, holidan xa
bar olish savobdir. Bu yumush har qanday sulton-u xon- arga ham qarz, ham farz
bo‘lmog‘i darkor. Qani, tez bo‘linglar, yo‘ldan saroy tabibini ham olib, tolibi ilm
— suyukli shogirdimni ko‘rib, holidan xabar olib kelamiz, — debdi.Hukm
qat’iyligini anglab, hamma yo‘lga otlanibdi.
M. Murodov. «Allomalar ibrati»
150-topshiriq. Matndan ikkinchi darajali bo‘laklarni aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |