8-Tajriba mashg‘ulotlari: Telekommunikasiyalar va tarmoq havfsizligi


Download 0.51 Mb.
bet4/10
Sana17.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1545024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
8-lobaratoriya

Internetda reklama
Keyingi paytlarda Web-resurslarga murojaat qilib, ba’zi saxifalarni ochganimizda quyidagi ikki xolatga albatta duch kelamiz: birinchidan sayt egalari o‘zlari yoki xomiylari nomidan pullik xizmatlarni taklif etishayotganini, ikkinchidan esa ko‘plab turli xildagi reklama ma’lumotlarini ko‘rishimiz mumkin. Saxifalardagi reklamalarning berilishi borgan sari agressivlashib, ularni inkor etmaslikning iloji bo‘lmayapti. Shunday reklamalar beriladiki, ular to‘satdan saxifa ustiga qalqib chiqib, saxifani o‘qishga yo‘l qo‘ymaydilar (pop-up-ads turidagi reklamalar). Ba’zi reklamalar ekrandagi saxifa ustida suzib yuradilar (floating ads turidagi reklama) yoki gox kattalashadi yoki kichrayadi, bu esa foydalanuvchidan ortiqcha xarakatlarni talab etib, uning g’ashiga tegadi. Ba’zi reklamalar esa xattoki tovush effektlari bilan birgalikda beriladi.
Reklamalar soni Web-saxifa ichida qanchalik ko‘p bo‘lsa, foydali ma’lumotlar shunchalik kam bo‘lishi kuzatilmoqda. Bu xolat esa foydalanuvchilarga o‘z maqsad yo‘llarida axborot izlash va olishlari uchun jiddiy to‘sqinlik qiladi. Shuning uchun axborot xavfsizligi soxasida faoliyat yurituvchi kompaniya va firmalar aynan reklamalarga qarshi vositalar yaratish ustida xam tadqiqotlar olib borib, tegishli dasturiy ta’minot yaratmoqdalar. Bannerli reklama (banners ad) – o‘lchami jixatidan unchalik katta bo‘lmagan va bekor qilinishi yoki inkor etilishi oson bo‘lgan reklama. Ulardan kutilayotgan samara unchali yuqori emas. Agar dastlab banner o‘lchami standartlashtirilgan bo‘lsa, keyinchalik banner egalari bu standartlarga rioya qilmasdan ularni o‘zlari xoxlaganlaricha o‘lcham bilan bermoqdalar. Agar bannerlar ilgari saxifa o‘lchamiga proporsional ravishda kichik o‘lchamda berilgan bo‘lsalar, bu xolat borgan sari o‘zgarib, banner o‘lchamlari kattalashib bormoqda. Zamonaviy bannerlar Web-saxifa ichidagi matnni istalgan joyidan bo‘lib, joylashishi kuzatilmoqda. Bunday ko‘rinishdagi reklamaga esa e’tibor bermaslikning iloji yo‘q.
Ikkinchi yo‘nalish – Web-saxifa ichida bir emas, balki ko‘plab sondagi bannerlarni “o‘lchami bilan emas, balki soni bilan” tamoyili asosida joylashtirish (5.2-rasm). Bu xususda shuni aytib o‘tish joizki, saxifa o‘zida cheksiz sondagi bannerli reklamalarni joylashtira olmaydi. Bir tomondandan saytlarda reklamalar sonining ko‘pligi foyda olishga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan bunday saytlarga tashrif buyuruvchilar reklamalardan bezib, keyinchalik ularga kirib, vaqtni bexuda sarflashdan o‘zlarini olib qochadilar.

5.2-rasm. Bannerlar soni saxifadagi ma’lumotlar soni bilan birday berilmoqda.



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling