899 yilda Ursatevsk(hozirgi Hovost) stantsiyasidan ta yo’l tashkil qilindi: Toshkentgacha va Farg’ona vodiysidan Andijonga
Tebranishni alohida tizimdagi so‘ndirilishida
Download 1.01 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs loyihasi bo’yicha umumiy xulosa .
- Foydalanilgan adabiyotlar;
Tebranishni alohida tizimdagi so‘ndirilishida bir so‘ndirgich vagon kuzovidagi vertikalli tebranishlarni, boshqalari esa-gorizontallilarini so‘ndirish uchun o‘rnatiladi. Bunday hollarda vertikal joylashgan tebranish so‘ndirgichlari KBЗ-5 va KB3-ЛИИЖТ (an=90° bo‘lganda) aravachalarida joylashgani kabi o‘rnatiladi, gorizontal joylashgan so‘ndirgichlari ressorustki balkasi va aravacha ramasini ko‘ndalang balkasini orasiga joylashtiriladi.
Tebranish so‘ndirgichlarini bunday joylashuvi tizimi, tezligi 200 km/soat harakat tezligiga mo‘ljallangan PT-200 vagonlarining aravachalarida, ЭP-200 elektropoyezd vagonlarida va РИТЦ, gabariti xalqaro aloqalar vagonlari aravachalarida ham qo‘llaniladi. Vagonlarni aravachalarida qo‘llaniluvchi vertikal va egiltirilgan gidravlik tebranish so‘ndirgichlari teleskopik porshenli konstruksiyaga ega. Ular foydalanishda qulay va uncha katta bo‘lmagan massaga ega. KB3-ЛИИЖТ (Tver (avvalgi Kalinin vagon qurish zavodi)) gidravlik tebranish so‘ndirgichini tuzilishi va asosiy qismlari vagon qurish zavodi va Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) temir yo‘l transporti muhandislari instituti tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, KB3-ЦНИИ aravachalariga, tezkor vagonlarga o‘rnatilgan bo‘lib 8.8-rasmda ko‘rsatilgan. Ushbu so‘ndirgichlarda qarshilik kuchi ishchi silindrini porshenosti suyuqligi bo‘shlig‘idan tor teshiklar (drossellar) orqali porshenustiga va rezervuar (porshenni pastga yurishida) ishchi silindrni porshenustidan va rezervuarni porshenostidan (porshenni yuqoriga yurishida) oqib o‘tishi evaziga hosil qilinadi. Porshen yurishi 190 mm tashkil qiladi. Sharikli saqlash klapani 45- 55 kg/sm bosimda ishlab ketishiga to‘g‘rilab qo‘yilgan. Tebranish so‘ndirgichi BMГЗ yoki AMГ-10 markali urchuqli, asbobli yoki transformatorli moy bilan 0,9-1 1 yoki boshqa mahsus suyuqlik bilan to‘ldiriladi. MDH temir yo‘llarida GOST 1805-76 bo‘yicha MBП asbob moylari qo‘llaniladi. 8-bob bo’yicha xulosa . Ushbu bobda vagonlarning ressor osmalari haqida umumiy malumotga ega bo’ldik . Vagon ressor osmalari konstruksiyasi qanday materialdan tayyorlanishi va qancha yuk ko’tara olishini ko’rib chiqdik . Kurs loyihasi bo’yicha umumiy xulosa .Ushbu kurs loyiha ishida men 4 o’qli platforma vagonning yangi loyihasini tayyorladim va har bir bobda quyidagi ishlarni olib bordim . 1-bobda. Loyihalashtirilayotgan vagonning qanday materialdan tayyorlanishini vazifasini, tuzilishini ko’rib chiqdim. Qanday yuklarni tashishi va qancha yuk ko’tara olishi va qancha hajmda yuk tashiy olishini bilib oldim . 2-bobda.Loyihalashtirilayotgan vagonning konstruksiyasidagi o’zgarishlarni va chiziqli sxemasini ko’rib chiqdim va chiziqli o’lchamlarini hisobladim . 3-bobda.Loyihalashtirilayotgan vagonning o’lchamlarinini yangi vagon o’lchamlari bilan taqqosladim va vagonning tarasini kamaytirib, yuk ko’tarish qobilyatini oshirdim.Buning uchun vagonning uzunligini oshirdim . 4-bobda.Loyihalashtirilayotgan vagonni gabaritga 1-T gabaritga joylashuviga tekshirdim.Bunda barcha hisob ishlari talab qilingan qiymatlarni qanoatlantiradi . 5-bobda.Loyihalashtirilayotgan vagonning ta’sir qiluvchi statik va dinamik kuchlar haqida ma’lumotga ega bo’ldim.Vertikal yon tomon va bo’ylama kuchlar ta’sirida vagonning harakat tezligi, texnik holati va tuzilmasini ta’sir qiluvchi kuchlarni ko’rib chiqdim. 6-bobda.Loyihalashtirilayotgan vagonning g’ildirak juftligiga tushuvchi kuchlarni hisobladim.G’ildirak juftligiga o’rta qismiga stupitsa osti qismlariga ta’sir qiluvchi kuchlarni ko’rib chiqdim . 7-bobda.Loyihalashtirilayotgan yangi vagonning ressor osmalari hisobini ko’rib chiqdim.Vagon ressor osmalariga ta’sir qiluvchi kuchlarni aniqladim. 8-bobda.Loyihalashtirilayotgan vagonning ressor osmalari haqida ma’lumotga ega bo’ldim.Vagon ressorining konstruksiyasi qanday materialdan tayyorlanishini va qancha yuk ko’tara olishini ko’rib chiqdim. Foydalanilgan adabiyotlar;Lukin V.V. Anisimov P.S, Fedosyev Yu.P. Vagonlarning umumiy kursi-M ; 2004-y Vagonlar haqida professor Shadura L.A. Transport-1980-y ; D.N. Zairova , C.A. Xromova, Vagonlarning tuzilishi va ularni loyihalash ; kurs loyihasi uslubiy ko’rsatma . Toshkent -2009n. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling