Xususiy ilmiy metodlar - materiya harakatining asosiy shakliga
mos bo’lganmuayyan fanda qo’llaniladigan bilish usullari, tamoyillari,
tadqiqot usullari va tartib-taomillari majmui. Mexanika, fizika, kimyo,
biologiya va ijtimoiy-gumanitar fanlarning metodlari shular
jumlasidandir. Xususiy fanlar metodlarining o'ziga xos xususiyatlari
moddiy ifodasini topgan bilish vositalari: mikrofizikada zarralarni
tezlatgichlar, tibbiyotda a’zolar faoliyatini qayd etuvchi turli
o'lchagichlar va shu kabilar hozirgi zamon metodologik tadqiqotining
muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
Empirik tadqiqot metodlari. О'rganilayotgan har qanday obyekt
haqida egallanadigan bilvosita bilim empirik bilish deb ataladi.Kuzatish
empirik bilishning asosiy metodidir. Kuzatish-narsa va hodisalarni
izchil passiv kuzatish bo’lib, unda asosan, sezgi a’zolarining
ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish obyektining
nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning
muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olarniz. Kuzatish
bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida
bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish
tobora murakkablashib, uning vositalari ko‘payib bormoqda. Ilmiy
kuzatishga qo’yiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish obyekti)ning
aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan,
eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini
talqin qilish, asboblarning ko‘rsatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim
ahamiyatga ega. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u
bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik
ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham
qurib bo‘lmas edi. Kuzatuv ilmiy bilish uchun o‘ta zarur, chunki u
bo‘lmasa, fan boshlang‘ich axborot ololmas, ilmiy dalillar va empirik
ma’lumotlarga ega bo‘lmas, o‘z-o‘zidan ma’lumki, nazariy bilimni ham
qurib bo'lmas edi.
Shuningdek, kuzatuvning tashkil etilishiga bog'liq holda ochiq va
yashirin, dala va laboratoriya kuzatuvi, qayd etish turiga ko’ra- qayd
etuvchi, baholovchi va aralash bo‘ladi. Axborot olish turiga ko'ra
kuzatuvlar bevosita va instrumental turlarga bo ‘linadi. О ‘rganilayotgan
obyektlarni qamrab olish hajmiga ko’raesa yalpi va tanlab kuzatish
farqlanadi; takrorlanishiga ko’ra-doimiy, davriy va bir martalik
kuzatuvlar bo'ladi. Kuzatuvning tez-tez uchrab turadigan xili - o’zo’zini kuzatuv bo’lib, u, masalan, psihologiyada keng tarqalgan.
Biroq kuzatuv bilish uslubi sifatida qator jiddiy kamchiliklarga ham
ega. Tadqiqotchining shaxsiy xususiyatlari, uning manfaatlari, nihoyat,
lining psihologik holati kuzatuv natijalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi
mumkin. Tadqiqotchi muayyan natijaga ega bo‘lish, o‘zida mavjud
farazlarni tasdiqlashga qaratilganida kuzatuvning obyektiv natijalarini
buzilishiga yanada ko'proq moyil bo'ladi.
Kuzatuvning obyektiv natijalarini olish uchun intersubyektivlik
talablariga rioya qilish lozim, ya’ni kuzatuv ta’limotlari, imkon qadar,
boshqa kuzatuvchilar tomonidan ham olinishi va qayd etilishi shart.
Bevosita kuzatishni asbob-uskunalar bilan almashtirish kuzatuv
imkoniyatlarini cheksiz tarzda kengaytirib yuboradi, ammo u ham
subyektivlikni istisno etmaydi; bu kabi bilvosita kuzatuvni baholash va
tushuntirish subyekt tomonidan amalga oshiriladi va shuning uchun
tadqiqotchining ta’siri baribir ro‘y beradi.
Eksperiment-o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish,
Do'stlaringiz bilan baham: |