9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi
Download 60.94 Kb.
|
9- Mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ницше Ф . По ту сторону добра и зла // Ницше Ф . Сочинение
- 1 Кант И. Пролегомени ко всякой будущей метафизики, могущей возникнут в смшсле науки. М.,: 1993.-С. 210.
ta’sirga kirishish, tegishli muhitlarda ma’lum sedimentatsion va reologik
xususiyatlarga ega bo‘lish qobiliyatini Jiam tadqiq qilish mumkin. Ammo reduksiya metodi va yaxlit yondashuv asosida, ya’ni DNK molekulasiga yaxlit molekula hamda elementlar to‘plarnidan iborat molekula deb qarab, unga xos bo’lgan barcha xossalarni bilish mumkin emasligini aniqlash qiyin emas. DNK molekulasini element sifatida tadqiq qilib, nisbatan yuqori darajada uyushgan tizimga kirgan taqdirimizdagina unga xos bo’lgan oliy «metayaxlit xossalar»ni ochib berishimiz mumkin. DNK molekulasi uchun bunday yuqori darajada uyushgan tizim boiib, tirik hujayra metabolizmining o'zaro bogiangan va tartibga solinuvchi jarayonlari tizimi xizmat qiladi. Shuni qayd etib o‘tish kerakki, bu yerda DNKning immanent oliy, ya’ni «metayaxlit» xossalari to‘g‘risida so‘z yuritilmoqda. Bu tirik organizmlarning molekulyar tarkibiy unsurlari haqidagi ilmiy bilimlarning rivojlanish tarixidan yaxshi ma’lum. Darhaqiqat, XIX asrda tirik organizmlardan nuklein kislotalar va oqsilli jismlar ajratib olinib, turli-tuman kimyoviy eksperimental vaziyatlarda kimyoviy obyektlar sifatida tadqiq qilindi. Natijada XX asming o‘rtalariga kelib ularning makromolekulalar sifatidagi tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy xossalari kashf etildi, ammo ularning oliy axborot va tartibga solish xossalari mazkur molekulyar (kimyoviy) obyektlarning tirik hujayradagi faoliyatini tadqiq qilish natijasidagina ochib berildi. Boshqacha qilib aytganda, faqat yuqorida zikr etilgan holatdagina biz genetik axborot tashuvchisi bo‘lgan DNK molekulasida zohir xossalarni topish va nukleoidlarning ketma-ketligi ma’lum tabiatga ega guruhlar (azotli asoslar)ning tasodifly to‘plarni emas, balki genetik kod ekanligini aniqlash imkoniyatiga ega bo'larniz. Aynan shu yerda biz «kontrreduksiya tamoyili» deb nomlangan o‘ziga xos bilish usuli yordamida DNKning oliy, «metayaxlit» xossalarini bilish imkoniyatini qo‘lga kiritamiz. (Mazkur xossalar faqat tizimdagi muayyan ta’sirlar natijasida yuzaga kelmaydi, ular mazkur obyektga xosdir.) Bu yerda kontrreduksiya tamoyili obyekt muqarrar tarzda o‘zgarishi, takomillashishi va shu kabilar natijasida muayyan tizim tarkibiga kirganida qo‘shimcha tarzda paydo bo‘ladigan xossalarnigina emas, balki obyektga immanent bo‘lgan bir qancha muhim xossalarni ham bilish imkonini beradi. Masalan, DNKning aminokislota ketmaketligi qayd etilgan matritsa sifatidagi xossalarini aniqlab, shundan so‘ng alohida ajratilgan DNK bilan ishlash va genetik kodga qarab muayyan oqsillarning tegishli aminokislota ketma-ketliklarini aniqlashimiz yoki aksincha, alohida ajratilgan oqsillarning aminokislota ketma-ketliklariga qarab DNKdagi nukleoidlarning ketma-ketligini aniqlashimiz mumkin. Buning ustiga, DNK, RNK molekulalarining axborot va tartibga solish xossalari, tirik hujayra tizimlaridagi metokontrreduksiyaga asosan aniqlangan fermentlarning biokatalitik hamda tartibga solish xossalari moddiy tarkibiga ko‘ra ham, tashkil etilishiga ko‘ra ham nativ («jonli») tizimlardan farq qiladigan sun’iy tizimlarda ro‘yobga chiqarilishi mumkin. Kontrreduksiya tamoyilini tabiatshunoslik sohasida amalda qo'llash obyektlarning oliy xossalarini faqat statistik moddiy tizimlar yoki aksiyalashtirish vaqti cheklangan tizimlar (masalan, sun’iy tashkil etilgan kimyoviy jarayonlar yoki alohida muayyan organizmlardagi jarayonlar)dagi obyektlarning oliy xossalarini tadqiq qilish bilangina cheklanmaydi. Metodning imkoniyatlari ancha keng, chunki kontrreduksiya metodiga nisbatan uning yuqori darajada uyushgan tizimi, deganda zamon va makondagi har qanday, shu jumladan tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimni tushunish lozim. Zamon va makondagi tizim (yoki xususiy holatda makondagi temporal tizim)ni deganda biz zamonda ma’lum darajada o‘zgaruvchi (noorganik, organik, ijtimoiy) tushunamiz. Biz uni ma’lum invariant belgilariga qarab, yaxlitlik hamda tadqiqotning ma’lum obyekti sifatida ajratamiz. Shunga o‘xshash har qaysi tizim uchun elementar vaqt boiagi, ya’ni tizimida ko'rilayotgan o‘zgarishlar ahamiyatsiz bo'lgan eng katta vaqt oralig‘i tushunchasini muomalaga kiritish lozim. Mazkur vaqt boiaklarining miqdori kosmologiya uchun ming va undan ortiq yillar, geologiya uchun o‘nlab va yuzlab yillar, mikrobiologiya uchun bir-ikki generatsiya davri (taxminan minutlar) bilan, kimyoviy genetika uchun sekundning ulushlaridan soatlargacha, jamiyat va madaniyat tarixi uchun esa o‘nlab va yuzlab yillar bilan o'lchanadi. Zamon va makondagi tizimlarda tadqiq qilinayotgan obyektning noma’lum oliy xossalari tizimda, nafaqat dolzarb moddiy, balki muvaqqat, tarixiy sabab va oqibat aloqalarining mavjudligi tufayli ham namoyon bo‘ladi. Kimyoviy evolyusiya haqidagi ta’limot, molekulyar tuzilmalarning o‘z-o‘zini tashkil etish, tabiiy-tarixiy sharoitlarda tuzilish va sifat jihatidan murakkablashish qobiliyati haqidagi ta’limot yuqorida aytilgan tizimlarda kontrreduksiya metodining obyektiv asoslari va imkoniyatlarini ochib beruvchi o‘ziga xos misol boiib xizmat qiladi. Molekulalarning muhim xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyati va kimyoviy evolyusiyani faqat kontrd^duksiya yordamida aniqlash mumkin bo‘ldi. Darhaqiqat, biologiyada XIX asrda vujudga kelgan evolyutsion ta’limot tirik organizmlarning tadrijiy rivojlanishini retrospektiv tarzda ko‘rib chiqishda faqat eng sodda bir hujayralilar va ularning molekulyar (subyektiv hujayrali) tarkibiy qismlaridan kelib chiqishi mumkin edi. Mazkur holat kosmologiyada rivojlanayotgan noorganik materiya darajasida tabiatning dastlabki evolyutsiyasi g‘oyasi bilan birga ilk biologik, ya’ni kimyoviy evolyutsiya muammosining qo‘yilishiga olib kelardi. Muhimi shundaki, ilmiy bilimning tarixiymantiqiy rivojlanishida dastlab kimyoviy evolyutsiya muammosi qo‘yildi, faqat shundan keyin o‘z-o‘zini tashkil etuvchi kimyoviy tizimlarni muayyan model asosida tadqiq qilishga kirishildi. Xullas, molekulalarning oliy xossasi o‘z-o‘zini tashkil etish qobiliyatini aniqlash kontrreduksiya—molekulalarni tadrijiy rivojlanuvchi tabiiy-tarixiy tizimda ko‘rib chiqish natijasi boidi. Shunday qilib, ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko'rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. Xulosalar. Metodologiya muayyan bir, hatto, «eng muhim metod»ga ham bog’liq bo‘lmaydi. «Olim hech qachon faqat bitta ta’limotga tayanib qolmasligi, hech qachon o‘z tafakkur metodlarini faqat bitta falsafa bilan cheklab qo‘ymasligi kerak»1. Metodologiya alohida metodlarning oddiy yig‘indisi, ularning «mexanik birligi» ham emas. Metodologiya - turli darajadagi usul va tamoyillarning faoliyat sohalari, yo‘nalishlari, evristik imkoniyatlar, mazmunlar, tuzilmalar va hokazolarning murakkab, yaxlit hamda muvofiqlashtirilgan tizimi. Ilmiy bilishda turli darajalarda, faoliyat sohalarida va yo‘nalishlarda turli-tuman metodlarning murakkab, dinamik va muvofiqlashtirilgan tizimi faoliyat ko‘rsatadi. Mazkur metodlar har doim tadqiqotning muayyan shartlari va predmetidan kelib chiqib amalga oshiriladi. 1Ницше Ф. По ту сторону добра и зла // Ницше Ф. Сочинение в 2-т. М.: Мысль, 1990. -С. 58. 21 Кант И. Пролегомени ко всякой будущей метафизики, могущей возникнут в смшсле науки. М.,: 1993.-С. 210. 31 Вялсев A.H. Огкритие элементарных частиц. М., 1984. -С. 272. Download 60.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling