9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi
Download 60.94 Kb.
|
9- Mavzu-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mazkur tamoyilni K. Popper ta’riflab bergan. Ammo uning asosiy g‘oyasi ozmi, ko‘pmi aniq darajada ilgari ham tadqiq qilingan edi.
- (yaxlitliklar, tizimlar)ning ma’lum integral xossalarini mazkur obyektlarning tarkibiy qismlari orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz
Falsiflkatsiya tamoyili-mazkur tamoyilga binoan, faqat inkor etish
orqali tekshirib ko’rish imkoniyati mavjud bo’lganbilimgina ilmiy bilim bo‘lishi mumkin. An’anaviy ilmiy bilimni soxta, mistik, ezoterik va boshqa shunga o‘xshagan ta’limotlardan ajratishda falsiflkatsiya tamoyili, ayniqsa, katta samara beradi. Masalan, kimdir osmonda illyuminatorlaridan o‘zga sayyoraliklar qarab ketayotgan uchar likopni ko'rdim deb aytsa, mazkur bilimni ilmiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqish uchun uning yolg‘onligi yoki haqiqiyligini tanqidiy tekshirish imkoniyati (guvohlar, fotosurat, qayd etilgan radiosignallar va sh.k.) bo‘lishi kerak. Mazkur tamoyilni K. Popper ta’riflab bergan. Ammo uning asosiy g‘oyasi ozmi, ko‘pmi aniq darajada ilgari ham tadqiq qilingan edi. Masalan, F. Nitsshe «Yaxshilik va yomonlikning narigi tomonida» asarida: «Nazariyani inkor etish mumkin emasligi uning eng muhim jihatlaridan biridir. Aynan mana shu jihati bilan u eng nafis aql egalarini o‘ziga tortadi», deb yozadi. Reduksiya tamoyili ma'lum yaxlitlik, tizim, «murakkablikmi uning nisbatan sodda tarkibiy qismlari, unsurlari orqali bilishdir. Boshqacha qilib aytganda, reduksiya tamoyili-tadqiq qilinayotgan obyektlar (yaxlitliklar, tizimlar)ning ma’lum integral xossalarini mazkur obyektlarning tarkibiy qismlari orqali bilish. Bu tamoyil jonli va jonsiz tabiatning ma’lum obyektlarini, ijtimoiy tizimlarni, ijtimoiy-tabiiy tizimlarni ilmiy bilishga ko‘proq xos. Masalan, atomning ba’zi bir xossalarini uning yadrosi va elektronlarining xossalaridan, tirik hujayraning xossalarini uning tarkibidagi organoidlardan, jamiyatning 1xossalarini uni tashkil etgan ijtimoiy tabaqalar, iqtisodiyot, jug‘rofiy-siyosiy holatning xossalaridan keltirib chiqarish mumkin va h.k. Yaxlitlik tamoyili — tadqiq qilinayotgan obyektlarning alohida yaxlit xossalarini boshqa obyektlar (yaxlitliklar va sh.k.) bilan o'zaro aloqada bilish. Sodda qilib aytganda, butun narsa uning tarkibiy qismlari yig‘indisidan katta. Aniqrog‘i, har qanday tizim, yaxlitlikda tarkibiy qismlar, unsurlarning jami xossalariga bog‘lab (reduksiyalab) bo‘lmaydigan xossalar bo‘ladi. Masalan, molekulalarning xossalari ularning tarkibidagi atomlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; tirik hujayralarning xossalari ularning tarkibidagi molekulalar va organoidlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; populyatsiyalarning xossalari o‘z tarkibiga kiruvchi mavjudotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi; til xossalari uni tashkil etuvchi leksik birliklar, grammatika qoidalari, semiotik tafsilotlarning xossalari bilangina cheklanmaydi. Kontrreduksiya tamoyilida oliy immanent «metayaxlit» xossalarning mavjudligi va mazkur tizim yaxlitligini yanada yuksak darajada uyushgan tizimning tarkibiy qismi, unsuri sifatida gnoseologik nuqtai nazardan tadqiq qilish mumkinligini e’tirof etiladi. Bu yerda aynan immanent, ya’ni mazkur yaxlitlikka avval dan xos bo‘lgan xossalar to‘g‘risida so‘z yuritilayotganligi maxsus qayd etiladi. Kontrreduksiya tamoyili elementar zarralardan tortib to ijtimoiy-tabiiy tizimlargacha bo’lgan barcha tabiiy obyektlarga, shu jumladan, tabiiy tilga nisbatan amal qiladi. Xullas, kontrreduksiya tamoyili deganda obyekt (yaxlitlik, tizim)larni nisbatan yuksak darajada uyushgan tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida, shu jumladan, tadrijiy rivojlanayotgan tabiiy tizimlarning tarkibiy qismlari sifatida tadqiq qilish jarayonida mazkur obyektlarning «metayaxlit» xossalarini bilish tushuniladi. Tadqiq qilinayotgan obyektlarga nisbatan kontrreduksiya tamoyilini qo‘llash natijasida aniqlangan immanent «metayaxlit» xossalarni oliy narsalar va kelajak haqidagi immanent «xotira» deb nomlash ham mumkin. Kontrreduksiya tamoyili «butunning xossalari uning tarkibiy qismlari xossalarining yig'indisidan katta», degan ma’lum qoidaga asoslanibgina qolmasdan, tabiiy tuzilmalar (yaxlitliklar)ning oliy (metayaxlit) xossalarini ajratadi. Muayyan obyektning aniqlangan yaxlit xossalari, agar ular tarkibiy qismlarning xossalariga bog‘liq bo‘lmasa, «metayaxlit xossalar» bo‘lmasligi mumkin. Sistemali yondashuv - umumilmiy bilimning tarmoqlangan sohasi bo‘lib, uning predmetiga reduksiya, yaxlitlik va kontrreduksiyaning Download 60.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling