Metodologik tamoyillarning klassifikatsiyasi. Tabiiy obeklarning xossalari, subektiv yaxlit xossalar, yaxlit xossalar, metayaxlit xossalar va Ad-hoc yaxlit xossalar.Metodologik tamoyillar. Metodologik tamoyillar yangini bilishgaaniq yo‘l ko'rsatib bera olmaydi. Bu nuqtai nazardan ular ancha
mavhumdir. Ammo evristik ta’limotlardan farqli o‘laroq, metodologik
tamoyillarni aniq, izchil shaklda ta’riflab berish mumkin. Bilishning
mazkur yondashuvlari tamoyillar tarzida ta’riflangunga qadar ham
qadim-qadimlardan qoilanilib kelingan, ammo ularni refleksiya qilish,
muayyanlashtirish, ularning amal qilish sohalarini mufassal tahlil qilish
asosan XX asr metodologiyasida amalga oshirildi.
Har bir tamoyil yuzasidan shu qadar ko‘p adabiyotlar borki, ularni
bir yerga to‘plasa, tog‘ hosil bo‘ladi. Ammo ularni o‘qish mazkur
tamoyillarning muxtasar tavsifiga taqqoslaganda tadqiqotchiga juda kam
metodologik ma’lumotni beradi. Mufassal tadqiqotlar professional
metodologlarga o‘z qarashlarini muayyanlashtirish va himoya qilishlari
uchun foydalidir.
Muvofiqlik tamoyili. Ilmiy bilishning mazkur sohasidagi bilimlarni
yangi tamoyillar (g'oyalar, konsepsiyalar, nazariyalar) asosida tizimga
solish bu sohadagi «eski» bilimni ushbu tizimning unsuri sifatida
(xususiy hodisa, eng s o ‘nggi hodisa sifatida va sh.k.) o’z ichiga olishi
lozim. Masalan, relyativistik mexanika 'jismlar past tezlikda
harakatlanganida Nyutonning klassik mexanikasiga o’tadi.
Ilmiy bilish metodologiyasida muvofiqlik tamoyilining shakllanishi
odatda N. Bor nomi bilan bog‘lanadi. Vaholanki, muvofiqlik tamoyili
g‘oyalari turli shakllarda undan oldin ham ilgari surilgan. Adabiyotlarda,
jumladan, shunday deb ko‘rsatiladi: «Nils Bor 1913-yilda mashhur
«muvofiqlik tamoyili»ni ta’riflab berdi. Mazkur tamoyil nurlanishning
Do'stlaringiz bilan baham: |