Savollar yopiq yoki ochiq shaklda berilishi mumkin. Anketada
javob variantlarining to'liq to'plarni berilgan savol yopiq savol deb
ataladi.So‘rovdan o‘tayotgan shaxs uning fikriga mos variantni belgilab
qo‘yadi, xolos. Bu holda ochiq savollardan foydalaniladi. Ochiq savolga
javob bera turib, javob berayotgan odam faqat o‘z tasavvuriga
tayanadi,bunday javob nisbatan ko‘proq individuallashgan hisoblanadi.
Tadqiq etilayotgan hodisa, jarayon to‘g‘risida ishonchli ma’lumot
olish uchun barcha kontingentni so‘rovga jalb etish shart emas, chunki
tadqiqot obyekti miqdor jihatidan juda katta bo‘lishi mumkin. Tadqiqot
obyekti bir necha yuz kishidan ko‘p bo‘Iganida tanlab so'rovnoma
o'tkaziladi. Yozma so'rov - anketalashtirish.Uning asosida awaldan
ishlab chiqilgan savolnoma (anketa) yotadi, respondentlarning
(so‘rovdan o'tayotganlar) barcha savollarga javoblari izlanayotgan
empirik axborotni tashkil etishi kerak.
Proektiv metodlar (psixologiyaga xos)-insonning produktiv
faoliyati natijalariga qarab, uning shaxsiy xususiyatlarini bilvosita
о‘rganish usuli.
Testlash (psixologiya va pedagogikada)—standartlashtirilgan
topshiriqlar bo’lib, ularni bajarish natijalari ayrim shaxsiy xususiyatlar
(bilim, ko'nikma, xotira, zehn va sh.k.)ni o’lchash imkonini beradi.
Testlarning ikki asosiy guruhi farqlanadi-intellekt testlari (mashhur Q
koeffitsiyenti) va erishilgan (kasbda, sportda va h.k.) natijalar testlari.
Shuningdek, testlarning blankali, uskunali (masalan, kompyuterda) va
amaliy turlari farqlanadi; shuningdek individual va guruhli uslublari
qo‘llanadi. Testlar bilan ishlashda axloqiy jihat muhim ahamiyat kasb
etadi. Zotan, layoqatsiz yoki g‘irrom tadqiqotchining qoiida testlar
jiddiy zarar keltirishi mumkin.
Biografik va avtobiografik metodlar yordamida yoki bu kishining
hayot yo’li о ‘rganiladi.
Sotsiometriya metodi—ijtimoiy hodisalarni o’rganishda matematika
vositalaridan foydalanishdir. Undan ko‘pincha «kichik guruhlar»ni va
ulardagi shaxslararo munosabatlarni o‘rganishda foydalaniladi.
O’yin metodlari-boshqaruv qarorlarini ishlab chiqishda qo'llaniladi. Imitatsion o‘yinlar (ishbilarmonlik o‘yinlari) va ochiq o‘yinlar
(ayniqsa, nostandart) vaziyatlarni tahlil qilishda farqlanadi. О‘yin
metodlari orasida psixodrama va sotsiodrama alohida o‘rin tutadi.
Ularda ishtirokchilar muayyan individual va gruppaviy vaziyatlarni
ko‘rib chiqadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |