obyektning xususiyatlarini ularni o’rganish uchun maxsus tuzilgan
boshqa obyektda qayta hosil qilishdir. Modellashtirish asosida tadqiq
qilinayotgan obyekt bilan uning modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Mazkur usul ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi,
obyektning o’rnini bevosita tadqiq etish mumkin bo’lmagan, qimmat
bo’lgan, juda uzoq vaqt talab qiladigan va holatlarda modelga ehtiyoj
paydo bo’ladi.
Modellashtirish shakllari xilma-xil bo‘lib, foydalanilayotgan
modellarga va modellashtirish qo’llanilayotgan sohaga bog’liq.
Modellarning xususiyatiga qarab moddiy (predmetli) modellashtirish va
ideal modellashtirish farqlanadi. Moddiy modellar tabiiy obyektlar
hisoblanadi. Ular o‘z faoliyatida tabiiy qonunlar-fizika, mexanika
qonunlariga bo‘ysunadi. Ideal modellar tegishli belgilar shaklida
ifodalanadi.
Muayyan obyektni moddiy (predmetli) modellashtirishda uni
o‘rganish original bilan bir xil fizik tabiatga ega bo‘lgan ma’lum
modelni tadqiq qilish bilan almashtiriladi (samolyot, kema va kosmik
apparatlarning modellari).
Ideal (belgili) modellashtirishda modellar grafiklar, chizmalar,
formulalar, tenglamalar sistemalari, tabiiy va sun’iy til gaplari
(timsollar) shaklida bo‘ladi. Hozirgi vaqtda matematik modellashtirish
(kompyuterda modellashtirish) keng tarqalgan.
Ehtimoliy-statistik metodlar barqaror takroriylik bilan tavsiflanadigan ko'plab tasodifly omillarning ta’sirini e’tiborga olishga
asoslanadi. Bu ko‘plab tasodiflarning umumiy ta’siri orqali o‘ziga yo‘l
ochadigan zarurat (qonun)ni ochish imkonini beradi. Mazkur metodlar
ko‘pincha tasodiflar haqidagi fan deb ataladigan ehtimollik nazariyasiga
tayanadi.
Ehtimollik-haqiqatga da’vogarlik qiluvchi va bunga yetarli asosi
bo‘lmagan ilmiy hayotiy tushuncha. Ehtimollikning diapazoni-noldan
(mumkin emaslikdan) birgacha (voqelikkacha). Mazkur metodlar
dinamik va statistik qonunlarni farqlashga asoslanadi. Bunda ular
mazkur qonunlardan kelib chiqadigan bashoratlarning xususiyatiga
tayanadi. Dinamik qonunlarda bashoratlar aniq belgilangan bir ma’noli
xususiyatga ega bo‘ladi (masalan, klassik mexanikada).
Statistik qonunlarda bashoratlar haqiqiy emas, balki ehtimoliy
xususiyatga ega bo‘ladi. Bu xususiyat ko‘plab tasodifly omillarning
ta’siri bilan belgilanadi. Ilmiy bilish tarixi ko'rsatganidek, «biz zarurat
va tasodif bilan bog‘liq barcha muammolarning ahamiyatiga endi-endi
munosib baho bera boshlayapmiz».
Ehtimoliy-statistik metodlar tasodifly xususiyatga ega bo‘lgan
ayrim hodisalarni emas, balki ommaviy hodisalarni o‘rganish (kvant
mexanikasi, statistik fizika, sinergetika, sotsiologiya va boshqa fanlar)da
keng qo‘llaniladi. Bugungi kunda fanga ehtimoliy fikr yuritish tarzi kirib
kelayotganligi to‘g‘risida ko‘p gapirilmoqda.
Umumilmiy yondashuvlarning muhim roli shundan iboratki,
о 'zining «oraliq xususiyati»ga ko’ra, ular falsafiy va alohida ilmiy bilim
(shuningdek, tegishli metod)larning o’zaro о ‘tishida vositachilik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |