9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 60.94 Kb.
bet8/21
Sana02.11.2023
Hajmi60.94 Kb.
#1740236
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
9- Mavzu-1

dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil
bosqichlari orqali natijaga - tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada
yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan
mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini
ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur
metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga
tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu
yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi.
Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish-ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat
jarayonidir. Bu erda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi.
Bilishning bunday harakati formal, texnik protsedura emas, balki
predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks
ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.
Umum ilmiy tadqiqot metodlari - falsafa bilan maxsus fanlaring
fundamental nazariy-metodologik qoidalari о 'rtasida o’ziga xos «oraliq
metodologiya» bo lib xizmat qiladi. Umumilmiy tushunchalar qatoriga
ko'pincha «axborot», «model», «tuzilma», «funksiya», «tizim»,
«element», «oqilonalik», «ehtimollik» singari tushunchalar kiritiladi.
Birinchidan, bir qancha xususiy fanlar hamda falsafiy
kategoriyalarning alohida xossa, belgi va tushunchalari umumilmiy
tushunchalarning mazmuniga «singdirib» yuborilganligi, ikkinchidan,
(falsafiy kategoriyalardan farqli o‘laroq) matematik nazariya va
simvolik mantiq vositalari bilan ularni formallashtirish, ularga aniqlik
kiritish mumkinligi umumilmiy tushunchalarning o‘ziga xos jihatlaridir.
Agar falsqfly kategoriyalar umumiylikning mumkin bo‘Igan eng
yuqori darqjasi - muayyan umumiy darajani o’zida mujassamlashtirgan
bo’lsa, umumilmiy tushunchalarga ko’proq umumiy mavxum (bir xil)
daraja xoski, bu ularni mavxum-formal vositalar yordamida ifoda etish
imkonini beradi. Falsafaning asosiy masalasini (to‘la hajmda) yechishda
«ishtirok etish» sharti muayyan «tafakkur shaklini yaratish»ning
«falsafiyligi», «dialektikligi» darajasini aniqlashning muhim mezonidir.
Umumilmiy tushuncha va konsepsiyalar asosida bilishning tegishli
metodlari, tamoyillari ta’riflanadi, ular esa, o‘z navbatida, falsafaning
maxsus ilmiy bilim va uning metodlari bilan oqilona o'zaro aloqasini
ta’minlaydi.
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metod yaxlit tizimlarda
ularning strukturasini, strukturaning tarkibiy qismlari о ‘rtasidagi
barqaror munosabatlar va o’zaro aloqalarni hamda ularning bir-biriga
nisbatan rollari (funksiyalari)ni ajratish asosiga quriladi.
Struktura-tizimning tuzilishi va ichki shakli, mazkur tizimning
tarkibiy qismlari o‘rtasidagi barqaror o‘zaro aloqalarning birligini
ifodalovchi falsafiy tushuncha. Funksiya esa mazkur tizim har bir
tarkibiy qismining «vazifasi» deb tushuniladi (ma’lum biologik a’zo
funksiyalari, davlat fiinksiyalari, nazariyaning funksiyalari va h.k.).
Strukturaviy-funksional (strukturaviy) metodning (unga ba’zan
sistemali yondashuvning tori deb ham qaraladi) asosiy talab
(jarayon)lari:
a) tizimli obyektning tuzilishi, strukturasini o‘rganish;
b) uning tarkibiy qismlarini va ularning funksional xususiyatlarini
tadqiq qilish;
v) mazkur tarkibiy qismlardagi va ularning funksiyalaridagi
o‘zgarishlarni tahlil qilish;
g) butun tizimli obyektning rivojlanishi (tarixi)ni ko‘rib chiqish;
d) barqaror faoliyat ko‘rsatayotgan obyektning barcha tarkibi
qismlariga shu barqarorlikni saqlashga xizmat qilayotgan tizim sifatida
qarash.
Formallashtirish-ma ’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar holiga
keltirish. Bu har xil talqin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida
fikmi aniq ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda obyektlar
haqidagi mulohazalar belgilar (formula) sohasiga o‘tkaziladiki, bu
sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan
bog‘liq.
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p
ma’noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda
turli belgi qat’iy ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish
va hisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa
bilimning nafaqat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham
kompyuterlashtirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki,
sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi
formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy
xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar
chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng
ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. Mantiqiy
xulosa natijani izohlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar
tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo XX asrda ijod qilgan
avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har
doim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi.
Tobora chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech
qachon mutlaq to‘liqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u
haqdagi bilimlarning rivojlanishi (o‘zgarishi) hech qachon to‘xtamaydi.
Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat
beradi. Zotan, har qanday fikmi hisoblash bilan almashtirish imkonini
beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning
teoremalari ilmiy fikmi va umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish
mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan.
Modellashtirish-borliqni bilvosita o’rganish usuli. Biron

Download 60.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling