9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi
klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat
Download 60.94 Kb.
|
9- Mavzu-1
klassik nazariyasi bilan kvant nazariyasi o‘rtasida qonuniy munosabat
o‘matdi. U atom nazariyasining rivojlanishida shu qadar muhim rol o‘ynadiki, A. Zommerfeld N. Boming «muvofiqlik tamoyili»ni «sehrli tayoqcha» deb ta'rifladi». Ammo o‘tgan asrga nazar tashlaydigan bo‘lsak, shunga o‘xshash g‘oyalarni Butlerovda ham uchratishimiz mumkin. U, jumladan, shunday deb yozadi: «Kimyoviy energiya va atomlar harakatining tabiatini tushunib yetsak, mexanika qonunlari bu yerda ham amal qila boshlasa, kimyoviy tuzilish haqidagi ta’limot kimyoning eski nazariyalari singari o‘z ahamiyatini yo‘qotadi. Ammo u faqat yo‘qolish uchun emas, balki o‘zgargan shaklda yangi, yanada keng qarashlardan o‘rin olish uchun o‘z ahamiyatini yo‘qotadi». Mazkur tamoyil aksariyat hollarda ilmiy va noilmiy bilimni farqlashga ko‘maklashadi. To‘Idiruvchanlik tamoyili. Tadqiqotning ko’pgina obyektlari (mikrodunyoning elementar zarralarga o'xshash eng oddiy obyektlaridan tortib to inson va jamiyat singari murakkab obyektlargacha) har xil, hatto qarama-qarshi bilimlar (nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar)ni birlashtirish asosida nisbatan to ‘la tavsiflanadi. Fizikadagi korpuskulyar-to‘lqinli dualizm yoki ruh va tana haqidagi ta’limot (din), haqiqatning ikkiyoqlamaliligi haqidagi ta’limot (Ibn Rushd), insonni tavsiflashda moddiy va ruhiy substansiyalar (Dekart), lingvistika va kulturologiyada sinxronik va diaxronik yondashuvlar, fan metodologiyasi va tarixida intemalistik va ekstemalistik yondashuvlar shular jumlasidandir. Ko‘rinib turganidek, ayni bir obyekt to‘g‘risidagi turli bilimlarning to‘ldiruvchanligi g‘oyasi qadimdan ma’lum. «To‘Idiruvchanlik tamoyili»ni aniq shaklda ta’riflash esa yana N. Bor nomi bilan bog‘lanadi: «Klassik fizikaning juftdosh tushunchalarini yanada yaxshiroq tushunish uchun Nils Bor «to‘Idiruvchanlik» tushunchasini ilmiy muomalaga kiritdi. U zarra manzarasiga va to‘lqin manzarasiga ayni bir voqelikning bir-birini to‘ldiruvchi tavsiflari deb qaradi. Ularning har biri faqat qisman haqiqiy bo‘lib, qo‘llanilishi cheklangandir»3. Ilmiy nazariyalarni profileratsiya qilish tamoyili (yoki P. Feyerabendning ilmiy bilishning anarxistik nazariyasi). Nazariy g‘oyalarning soni va rang-barangligi bilan obyektni mukammal bilish imkoniyati ortib borishini nazarda tutadigan mazkur tamoyilni «kvadratga ko‘paytirilgan to‘Idiruvchanlik tamoyili» deb nomlash mumkin. Mazkur tamoyil absurd darajasiga yetkazilgan to‘ldiruvchanlik tamoyilga o‘xshab ketsa- da, murakkab obyektlarni bilishda (masalan, «Inson va barcha mavjud yondashuvlar, nazariyalar, yo‘nalishlar, maktablar, ta’limotlar» muammosini oladigan bo‘lsak) o‘zining layoqatliligini ko‘rsatadi. Verifikatsiya tamoyili - mohiyat-e’tibori bilan formal mantiqni yetarli asoslash tamoyilining o'xshashi. Uning asosiy mazmuni juda sodda-ilmiy bilim tizimiga kiritiladigan qoidalar asoslangan bo‘lishi kerak. Ammo haqiqiy yoki asoslangan ilmiy bilimning umum e’tirof etilgan mezonlarini tanlash muammosi haqida bunday deyish mushkul. Afsuski, bu yerda olimlar o‘rtasida yakdillik yo‘q. Mantiqiy pozitivizmda har qanday bilimni eng sodda atomar empirik mulohazalar, qaydlarga bog‘lash orqali empirik asoslash imkoniyati mana shunday mezon bo‘lib xizmat qiladi. Download 60.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling