bo‘lgan qisman ma’nosi. Bilish usuli: reduksiya tamoyili.
Yaxlit xossalar — ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan
reduksiyalanmaydi, ya’ni qismlarining xossalariga bog'lash mumkin
emas. Mazkur xossalar butunning tabiatdagi boshqa obyektlaryaxlitliklar bilan o'zaro munosabatlarida individ sifatidagi maqomini
belgilaydi.
Yaxlit xossalarga misollar: boshqa organizmlar bilan o‘zaro
munosabatlarda va atrof muhit bilan nomuvoziy holatda tirik
organizmlarning yaxlit mavjud bo'lish qobiliyati, tabiiy tilda gaplarning
aynan yaxlit ma’nosi, xalq, millat, etnos psixikasi.
Bilish usuli: yaxlitlik tamoyili (xolistik yondashuv).
Metayaxlit xossalar — ontologik maqomi immanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi-tarkibiy qismlarining xossalariga nisbatan
reduksiyalanmaydi, boshqacha qilib aytganda, mazkur butun nisbatan
yuqori darajada uyushgan tizimda faoliyat ko‘rsatganida tabiiy
tuzilmalar (tizimlar, yaxlitliklar)ning ierarxik bog‘langanligida namoyon
bo‘ladigan butunning oliy immanent potensial xossalari.
Metayaxlit xossalarga misollar: molekulalarning o‘z-o‘zini tashkil
etishi, DNKning axborot-tartibga solish xossalari, idiomatik iboralar,
maqollar va matallarning alohida ma’nosi.
Bilish usuli: kontrreduksiya tamoyili.
Ad-hoc yaxlit xossalar - ontologik maqomi noimmanent, emerjentdir.
Epistemologik maqomi-o‘z tarkibiga kiruvchi yaxlitliklarning
xossalariga nisbatan reduksiyalanadi (murakkabga nisbatan reduksiyalanadi).
Misollar: tirik hujayraning murakkab tizimlaridagi sodda noorganik
moddalarning biokimyoviy (alohida holda mazkur moddalarga xos
bo‘lmagan) funksiyalari; so‘zlar, gaplarning mazkur semantik birliklarga
o‘z holicha, kontekstdan tashqarida xos bo‘lmagan katta kontekstdagi
ma’nosi.
Bilish usuli: Ad-hoc yaxlit yondashuv (ba’zan mazkur yondashuv
«yaxlit yondashuv» tushunchasiga kiritiladi).
Yuqorida zikr etilgan xossalar to‘rt tunning xususiyatlarini moddiy
va ideal tabiatning yaxlit obyektlari misolida tushuntirib o'tamiz.
Ad-hoc yaxlit xossalar masalasi misollar bilan maxsus tushuntirish
va asoslashga muhtoj emas, chunki mazkur xossalar bilish obyektining
mohiyatini tashkil etmaydi-ular unga noimmanent. Mazkur xossalar
ayni obyektga kattaroq yaxlitlik (tizim)ning ta’sir ko‘rsatishi natijasi.
Aytish mumkinki, bu xossalar kattaroq yaxlitlikning «kuchi»ga nisbatan
obyektning «murosaga kelgan»ligi ifodasidir.
Oliy darajada uyushgan molekulyar tuzilmalar-fermentlar, DNK,
RNK singari biopolimerlarning jami xossalarini tadqiq qilish bilan
bog'liq fizik-kimyoviy, biologiya sohasi yuqorida zikr etilgan
xossalarning o‘ziga xos xususiyatlarini yaqqol namoyon etadi. Misol
uchun, DNK molekulasiga xos bo‘lgan jami xossalarni bilish
muammolarini olaylik. DNK molekulasini uning tarkibidagi alohida
atomlarning xossalari, alohida kimyoviy va kuchsiz (bu yerda fizik)
aloqalarning, funksional guruhlarning, elektr zaryadlarning, alohida
fragmentlarning va hokazolarning tabiati orqali, ya’ni reduksiya metodi
yordamida tadqiq qilish mumkin.
Shu bilan bir qatorda, DNK molekulasining yaxlit tuzilma sifatidagi
xossalarini, uning tarkibiy qismlari xossalariga to‘la bog‘liq bo’lmagan
xossalarini, ma’lum turkumga mansub moddalar bilan o‘zaro kimyoviy
Do'stlaringiz bilan baham: |