9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi


Ideallashtirilgan obyektlar, pirovard natijada, obyektiv ashyolar


Download 60.94 Kb.
bet11/21
Sana02.11.2023
Hajmi60.94 Kb.
#1740236
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
9- Mavzu-1

Ideallashtirilgan obyektlar, pirovard natijada, obyektiv ashyolar,
real jarayon va hodisalarning in’ikosi sifatida maydonga keladi.
Ideallashtirish yordamida shakllangan tushunchalardan keyinchalik real
obyektning in’ikosi sifatida izlanishlar olib borishda, mulohazalar
yuritishda, real jarayonlarning mavhum sxemalarini tuzishda
foydalanish mumkin.
Ideallashtirish ilmiy yoki g‘ayriilmiy, real yoxud mavhum bo‘ladi.
Ilmiy, real ideallashtirishni mavhum ideallashtirishdan farqlaydigan
belgi shundan iboratki, unda hosil etilgan ideallashtirish obyektlari,
shaxslar muayyan sharoitlarda ideallashtirilgan, ya’ni real obyektlar
atamalarini ishlatib, talqin etish mumkin.
Induksiya-ayrimlik (tajriba, dalil)dan umumiyga (ularni umumlashtirib xulosa chiqarishga) fikran harakat qilish; deduksiya—bilish
jarayonining umumiydan ayrimlikka yuksalishi. Induksiya va deduksiya
o‘zaro bog‘lanadi hamda bir-birini to‘ldiradi. Tajriba hamisha cheksiz
va nomukammal bo‘lganligi uchun induktiv xulosalar doim muammoli
(ehtimoliy) xususiyatga egadir. Induktiv umumlashtirishlarga, odatda,
tajribada bilingan haqiqatlar (empirik qonunlar), deb qaraladi.
Induktiv umumlashtirish turlaridan ommaviy induksiya, to‘liqsiz
induksiya, to‘liq induksiya, ilmiy induksiya va matematik induksiya
ajratiladi. Mantiqda sababiy aloqalarni aniqlashning induktiv metodlariinduksiya qonunlari (Bekon-Mill induktiv tadqiqot qoidalari) farqlanadi.
Yagona o‘xshashlik, yagona tafovut, o‘xshashlik va tafovut, bog‘liq
o‘zgarishlar metodlari va qoldiqlar metodi shular jumlasidandir.
Deduksiyaning о‘ziga xos xususiyati shundaki, tadqiqotchi deduksiya vositasida bir sinf, bir jins, bir guruh narsa yoki hodisa to ‘g ‘risidagi umumiy bilimlardan ularning har biri haqida alohida bilimlarni
hosil qiladi. Insonning bilish tajribasidan shu narsa ma’lumki, agar biron
xususiyat bir toifa yoki bir jinsdagi hamma narsa yoki hodisalarga xos
bo‘lsa, bu xususiyat shu toifa yoki jinsga oid har bir narsa yoki hodisaga
ham xos bo‘ladi.
Analogiya (moslik, о ‘xshashlik) —o‘xshash bo‘lmagan obyektlarning
ayrim jihatlari, xossalari va munosabatlaridagi о ‘xshashliklarni
aniqlash. Aniqlangan o‘xshashlik asosida tegishli analogiya bo‘yicha
xulosa chiqariladi. Uning umumiy sxemasi: В obyekt a, b, c, d
belgilarga ega; С obyekt b, c, d belgilarga ega; binobarin, С obyekt a
belgiga ega bo‘lishi mumkin. Analogiya haqiqiy emas, balki ehtimoliy
bilim beradi. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarishda muayyan obyekt
(«model»)ni ko‘rib chiqish natijasida olingan bilim boshqa nisbatan kam
o‘rganilgan obyektga ko‘chiriladi.
Sistemali yondashuv-fanda turli obyektlarni sistemalar sifatida
tadqiq etishni nazarda tutadigan metodologik tamoyil (talab)lar majmui.
Mazkur talablarga quyidagilar kiradi:
a) har bir elementning tizimdagi o’rni va funksiyalariga bog‘liq
ligini aniqlash, bunda butunning xossalari uning tarkibiy qismlari
xossalarining yig‘indisiga bog‘liq bo‘lmasligini e’tiborga olish;
b) tizimning xulq-atvori uning alohida tarkibiy qismlar
xususiyatlari hamda uning tuzilishi xossalariga qay darajada
bog’liqligini tahlil qilish;
v) tizim bilan muhitning o‘zaro aloqalari mexanizmini tadqiq qilish;
g) mazkur tizimga xos bo‘lgan darajalilikning xususiyatini
o‘rganish;
d) tizimni har tomonlama, ko‘p jihatli tavsiflashni ta’minlash;
e) tizimga dinamik rivojlanayotgan yaxlitlik deb qarash.
Sistemali yondashuv o‘z-o‘zidan rivojlanuvchi murakkab obyektlarni (ko‘pdarajali, ierarxik, o‘z-o‘zini tashkil etuvchi biologik, psixologik, sotsial va h.k. sistemalarni) tadqiq etishda keng qo‘llaniladi.
Sistemali yondashuvning muhim xususiyati shundaki, faqat tadqiqot
obyektigina emas, balki tadqiqot jarayonining o‘zi ham murakkab
sistema sifatida namoyon bo ladi. Uning asosiy vazifasi obyekt turli
modellarini yaxlit qilib birlashtirishdir.
«0‘z-o‘zini tashkil etish» tushunchasi sistemali yondashuvning
muhim tushunchasidir. Mazkur tushuncha tarkibiy qismlari o‘rtasidagi
aloqalar qat’iy emas, balki ehtimoliy xususiyatga ega bo’lgan murakkab,
ochiq, o‘z-o‘zini rivojlantiruvchi tizim (tirik hujayra, organizm, biologik
populyasiya, odamlar jamoasi va sh.k.)ni yaratish, rivojlantirish yoki
takomillashtirish jarayonini tavsiflaydi.
Hozirgi zamon fanida o’z-o‘zini tashkil etuvchi tizimlar o’z-o‘zini
tashkil etish umumilmiy nazariyasi-sinergetikaning tadqiqot predmetini
tashkil qiladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda
kuzatish natijalari ko’p jihatdan kuzatuvchining shaxsiga, uning hayotiy
qarashlariga va boshqa subyektiv omillar ga bog'liq bo‘ladi. Mazkur
fanlarda oddiy (dalillar va hodisalar chetdan turib qayd etiladi) kuzatish
va ishtirokchilikka asoslangan ichdan turib(bunda tadqiqotchi ma’lum
ijtimoiy muhitga qo‘shiladi, unga moslashadi va hodisalarni «ichdan»
tahlil qiladi) kuzatish farqlanadi. Psixologiyada kuzatishning o‘z-o‘zini
kuzatish (introspeksiya) va empatiya (boshqa odamlarning ruhiy
kechinmalariga kirib borish, ularning ichki dunyosi-sezgilari, fikrlari,
xohish-istaklarini tushunishga intilish va h.k.) farqlanadi.
Etnometodologiya ichdan turib kuzatishning turlaridan biri bo’lib,
ijtimoiy hodisa va voqealarni tavsiflash hamda kuzatish natijalarini
ularni tushunish g'oyalari bilan to'ldirishni nazarda tutadi. Mazkur
yondashuv hozirda etnografiya, ijtimoiy antropologiya, sotsiologiya va
kulturologiyada tobora keng qoilanilmoqda.
Ijtimoiy eksperimentlar ular ijtimoiy tashkil etish va jamiyatni
boshqarishni oqilonalashtirishning yangi shakllarini amalga tatbiq
etishga ko’maklashmoqda. Ijtimoiy eksperiment obyekti odamlarning
ma’lum guruhi eksperimentning bevosita ishtirokchilaridan biri bo‘lib,
ularning manfaatlari bilan hisoblashishga to‘g‘ri keladi, tadqiqotchi esa
o‘zi o‘rganayotgan vaziyatga bevosita qo‘shiIadi. Ijtimoiy eksperimentlar tadqiqotchidan axloqiy va yuridik norma va tamoyillarga qat’iy
rioya etishni talab qiladi. Bu erda (tibbiyotda bo’lgani singari) «ziyon
etkazma!» tamoyili muhim ahamiyatga ega. Insonning intim dunyosiga
kirish quroli bo‘lib xizmat qilish - ijtimoiy eksperimentlarning asosiy
xususiyati.
Shakllantiruvchi eksperimentda muayyan ruhiy faoliyat qanday
shakllanishim aniqlash uchun tajriba о ‘tkazilayotgan shaxs turli
eksperimental sharoitlarga qo'yiladi va unga ma lum masalalarni hal
qilish taklif etiladi. Bunda murakkab ruhiy jarayonlarni shakllantirish va
ularning tuzilishini yanada chuqurroq tadqiq qilish mumkin. Mazkur
yondashuv pedagogik psixologiyada qoilaniladi.
Ijtimoiy-gumanitar fanlarda falsafiy va umumilmiy vositalar, metod
va amallardan tashqari, mazkur fanlaring predmeti bilan bog’liq
maxsus vositalar, metod va amallardan ham foydalaniladi. Ularning
jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ideografik metod-alohida tarixiy dalillar va hodisalarning о‘ziga
xos xususiyatlarini tavsiflash.
Dialog «savol-javob metodi» ikki va undan ortiq kishilr orasidagi
muloqot.
Tushunish va oqilona (intensional) tushuntirish (bu haqda ushbu
bobning keyingi paragrafida batafsil so‘z yuritiladi).
Hujjatlarni tahlil qilish-son va sifat jihatidan tahlil qilish (kontentanaliz).
So‘rovlar о‘tkazish-maxsus tayyorlangan savollar yordamida
yoki bu masalaga oid ijtimoiy fikmi aniqlash. «Yuzma-yuz» so‘rov
(intervyu) yoki sirtdan (so‘rovnoma yordamida, pochta, telefon orqali va
sh.k.) so‘rov o‘tkazish, ommaviy va maxsus so‘rovlar farqlanadi.
Maxsus so‘rovIarda professional ekspertlar axborot olishning bosh
manbai hisoblanadi. So‘rovnomada tadqiqot maqsadlari va faraziga
muvofiq ma’lumot olish uchun zarur savollar turkumini o‘z ichiga olgan
anketani ishlab chiqishga alohida e’tibor beriladi.
So'rovnomada a) maqsad asosli bo‘lishi; savollar tushunarli va
ziddiyatli tuzilmagan bo‘lishi; respondentga (javob beruvchida) salbiy ta’sir ko’rsatmasligi lozim.

Download 60.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling