9-mavzu: kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni. Reja


Download 234.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/10
Sana10.01.2023
Hajmi234.51 Kb.
#1085968
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-ma\'ruza



9-MAVZU: KASBIY FAOLIYATNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA HISSIY-
IRODAVIY VA SHAXSIY FAZILATLARNING O‘RNI. 
Reja: 
1. His-tuyg'ular haqida tushuncha. 
2. His-tuyg'ularning turlari va ularning shakllantirilishi.
3. Iroda haqida tushuncha.
4. Shaxsning irodaviy sifatlari va ularni tarbiyalash. 
5. Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy 
fazilatlarning o’rni. 
His-tuyg'ular haqida tushuncha. Kishi idrok etish, xotirlash, hayol surish va tushuncha 
fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga hayotdagi u yoki bu 
narsalarga, qanday bo'lmasin munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan u yoki bu tarzda his-
tuyg'u paydo bo'ladi. Bunday ichki shaxsiy munosabatning manbai faoliyat va munosabat 
jarayonlari bo'lib, u ana shu jarayonlarda ro'y beradi, o'zgaradi, barqaror tus oladi yoki yo'qoladi. 
His-tuyg'ular-kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib 
olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'zicha turli xil shaklda 
bildiradigan ichki munosabatidir. 
His-tuyg'ularning kechishi sub'yekt alohidla his etayotgan psixik holatsifatida gavdalanadi.
Bunda biron-bir narsani idrok etish va tushunib еtish, bironbir narsa to'g'risida bilib ldish 
idrok etilayotgan, tushunib olinayotgan, ma'lum yoki noma'lum narsalarga nisbatan shaxsiy 
munosabat bilan birlikda ro'y beradi. Ana shu hollarning barchasida his-tuyg'ularning boshdan 
kechilishi xususida, kishining alohida hissiy holati xususida gapiriladi. Shu bilan birga his-
tuyg'ularning kechishi o'z rivojlanishiga ega bo'lgan, joriy va o'zgarib turadigan psixik jarayondir. 
His-tuyg'ular shaxs extiyojlariga javob beradigan narsalarni aniqlab olishga yordam beradi 
va ularning qondirilishiga qaratilgan faoliyatga omil baxsh etadi. 
Ilmiy kashfiyot qilingan paytdagi quvonchli kechinmalar olimning izlanuvchanlik 
faoliyatini rag'batlantiradi, bilish extiyojini, qondirish jarayonini jadal tarzda saqlaydi. Ehtiyoj 
namoyon bo'lishining alohida shakli sifatidagi qiziqish doimo yorqin hissiy tusga ega bo'ladi. 
Kishi uchun sub'yektiv hisoblangan his-tuyg'ular uning ehtiyojlari qondirilishi jarayoni 
qanday kechayotganligining belgisi sifatida namoyon bo'ladi. 
Munosabat va faoliyat jarayonida paydo bo'lgan ijobiy hissiy holatlar (zavqlanish, 
mamnunlik va shu kabilar) ehtiyojlarni qondirish jarayonining xush keladigan tarzda 
kechganligidan dalolat beradi. Ehtiyojlarning qondirilmasdan qolishi salbiy hissiy kechinmalarga 
(uyalish, o'kinish, hasrat va shu kabilarga) olib keladi. 
Barcha psixik jarayonlar kabi emosional holatlar, ularning kechishi ham miya faoliyatining 
natijasi hisoblanadi. Emosiyalarning paydo bo'lishi tashqi olamda ro'y beradigan o'zgarishlardan 
boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil 

Download 234.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling