9-mavzu: kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni. Reja
Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni еngib
Download 234.51 Kb. Pdf ko'rish
|
9-ma\'ruza
Iroda-bu kishining oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda qiyinchiliklarni еngib
o'tishga qaratilgan faoliyati va hulq-atvorini ongli ravishda tashkil qilishi va o'z-o'zini boshqarishi demakdir. Iroda shaxs faolligining alohida shakli, uning xulqatvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilana- digan alohida turidir. Shu ma’noda iroda to’siqlarni engib o’tishga qaratilgan aqliy, maqsadga yo’naltirilgan psixik faollik bo’lib, maqsadga intilishda sodir bo’ladi va instinktlar manbaida shakllanadi. Irodaviy faoliyatda shaxs o’zini o’zi boshqaradi, o’zini qo’lga oladi, o’zi nazorat qiladi. Iroda tabiat qonunlarini egallab oladigan va shu tariqa uni o’z ehtiyojlariga ko’ra o’zgartirish imkoniyatiga ega bo’ladigan kishining mehnat faoliyatida paydo bo’ladi. Iroda o’zaro bog’liq ikki vazifaning bajarilishini ta’min laydi. Birinchisi – undovchi, ikkinchisi – taqiqlovchi vazifalar. Undovchi vazifasi kishining faolligi bilan ta’minlanadi. Taqiqlovchi vazifasi faollikning yoqimsiz ko’rinishlarini jilov- lashda namoyon bo’ladi. Kishining harakatga undovchi mayllari ma’lum bir yo’lga solingan tizimni – oziq-ovqatga, kiyim-kechakka, issiq va sovuqdan himoyalanish ehtiyojidan tortib, to ma’naviy, estetik va intellektual histuyg’ularni boshidan kechirish bilan bog’liq, yuksak niyatlarga borib taqaladigan motivlar ierarxiyasini tashkil etadi. Irodaning undovchi va taqiqlovchi funktsiyalari bir butun holdagina shaxsning maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni bartaraf etishini ta’minlaydi. Odamlar qilgan ishlari uchun mas’uliyatni kimga yuklashga moyil bo’lishiga qarab sezilarli ravishda farqlanadilar. Kishining o’z faoliyati natijalari uchun mas’uliyatni tashqi kuchlar va sharoitlarga yuklashi yoki aksincha, ularni shaxsiy kuch-g’ayratlari va qobiliyatlariga bog’lashini belgilaydigan sifatlar nazoratni lokallashtirish deyiladi (psixologik adabiyotlarda «nazorat lokusi» degan atama qo’llaniladi, lotinchada «lokus» – «o’rnashgan joy» va frantsuzchada «controle» – «tekshirish» degan ma’nolarni anglatadi). O’z xulqatvori va ishlari sabablarini tashqi omillar (taqdir, holatlar, tasodiflar va boshqalar)dan deb bilishga moyil bo’ladigan odamlar bor. Shunaqa paytda nazoratning tashqi (eksternal) lokallashtirilishi to’g’risida fikr yuritiladi. Download 234.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling