9-mavzu: kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni. Reja


Download 234.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana10.01.2023
Hajmi234.51 Kb.
#1085968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-ma\'ruza

Mavzu yuzasidan tayanch so‘zlar: 
His-tuyg'ular, 
ehtiyojlar, 
emosional, 
emosiya, 
affekt, 
kayfiyat, 
kuchli
 
hiyajonlanish (stres), ehtiroslar, quvonch, hayratlanish, g'azablanish, nafratlanish,qo'rquv, 
hissiy zo'riqish, Iroda, shaxs, faollik, undovchi, tormozlash,lokallashtirish, irodaviy akt
intilish, istak, irodaviy zo'r berish, abuliya, apraksiya,yalqovlik, qat'iylik. 


ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki boshqalarning yo'qolishiga, kishi organizmi ichida yuz 
beradigan jarayonlardgi o'zgarishlarga olib boradi. 
Kishining tevarak-atrofida va uning o'zida yuz berayotgan o'zgarishlar kishi uchun 
qanchalik katta ahamiyatga ega bo'lsa, his-tuyg'u kechinmalari ham shu qadar chuqur bo'ladi. 
Shunga ko'ra ro'y beradigan muvaqqat bog'lanishlar sistemasining jiddiy qayta qurilishi katta 
yarim sharlar qobig'i bo'ylab tarqalgan holda qobiq osti markazlariga ta'sir qiladigan qo'zg'alish 
jarayonlarini yuzaga keltiradi. Miyaning katta yarim sharlar qobig'ining pastroqdagi bo'lmalarida 
organizm fiziologik faoliyatining har xil markazlari: nafas olish, yurak-qon tomirlari, ovqatni 
hazm qilish, ichik sekresiya bezlarini ishlatish va boshqa markazlar joylashgandir. Shuning uchun 
qobiq osti markazlarining qo'zg'atilishi bir qancha a'zolar faoliyatining kuchayib ketishiga olib 
keladi. Shu boisdan ham histuyg'ularning kechirilishi nafas olish maromining (kishi 
hayajonlanganidan bir lahza nafasi chiqmay qoladi, og'ir va o'xti-o'xtin nafas oladi) va yurak ish 
faoliyatining o'zgarishi (yurak urishdan to'xtab qoladi yoki tez-tez ura boshlaydi) bir vaqtda sodir 
bo'ladi, organizmning ayrim qismlariga qon kelishi o'zgarib (uyalganidan rangi qizarib, 
qo'rqqanidan oqarib ketadi), sekresiya bezlarining ishi buziladi (g'am-g'ussa ko'z yoshi to'kilishiga 
sababchi bo'lsa, hayajonlanib ketganda og'iz quriydi, qo'rqqanida badandan «sovuq» ter chiqadi 
va hoqazo. Tananing ichki a'zolarida yuz beradigan jarayonlarning qayd qilinishi va kishining o'zi 
tomonidan kuzatib borilishi nisbatan oson. Shu sababdan ham qadimgi zamonlardan buyon ularni 
ko'p hollarda his-tuyg'ularning sababchisi deb hisoblab kelingan. Xalq orasida haliga qadar ham 
«yuragim sezib turibdi», «yuragim g'ash» va shu kabi iboralar saqlanib qolgandir. 

Download 234.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling