9-mavzu: kasbiy faoliyatni samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o‘rni. Reja


Download 234.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/10
Sana10.01.2023
Hajmi234.51 Kb.
#1085968
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
9-ma\'ruza

Irodaviy akt (irodaviy harakat)da uni motivlashtirishning barcha uchto tomoni faollik 
manbai, uning yo'nalganligi va o'z-o'zini boshqarish vositalari namoyish qilingandir. 
Irodaviy aktning bo'g'inlari. Irodaviy harakatlar sababli har doim ozmiko'pmi darajada 
anglanilgan xarakterda bo'ladi. U yoki bu ehtiyojning qanchalik anglanilganligiga bog'liq holda 
intilish va istakni ham farq qilsa bo'ladi. Intilish ham differensiyalashmagan, еtarli darajada 
anglanilmagan extiyojdan iborat faoliyat motivi. Istak faoliyatinning motivi sifatida extiyojning 
еtarli darajada tushunib еtilganligi bilan xarakterlanadi. Bunda faqat extiyoj ob'yekti emas, balki 
uni qondirishning mumkin bo'lgan yo'llari ham tushunib еtiladi. Faoliyatning butun sabablari 
kishining yashash sharoitlarini aks ettirish va uning extiyojlarini fahmlash natijasi hisoblanadi. 
Ana shu sabablar orasida hayotning har bir daqiqasida bir xillari ko'proq, boshqalari kamroq 
ahamiyatga ega bo'ladi. 
Kishida turli extiyojlar ahamiyatining o'zgarishi munosabati bilan motivlar kurashi paydo 
bo'ladi, bir istak boshqa istakka qarama-qarshi qo'yiladi. Muhokama va motivlar kurashi natijasida 
qaror qabul qilinadi. Ya'ni muayyan maqsad va unga erishish usuli tanlanadi. Paydo bo'lgan 
qarorni muntazam ravishda bajarmaslik irodasi kuchsizligini ko'rsatadi. Irodaviyxatti-harakatning 
so'nggi jihati ijrodir. Unda qaror harakatga aylanadi. Ijroda, irodaviy xatti-harakatda yoki ishlarda 
kishi irodasi namoyon bo'ladi. Kishining irodasi haqida birgina yuksak g'oyaviy motivlarga 
qat'iy qaror va niyatlarga qarab emas, balki ishlarga qarab hukm chiqarish kerak. 
 Muxandis xodimlar faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy-irodaviy va shaxsiy 
fazilatlarning o’rni. Muxandis xodimlarida irodaviy fazilatlarni shakllantirish faoliyat 
samaradorligini ta’minlovchi psixologik omillardan sanaladi. Muxandis xodimlari o’z kasbiy 
vazifalarini benuqson bajarishlarini qiyinlashtiradigan, ba’zan xizmat faoliyatlarida maqsadga 
erishish uchun to’sqinlik qiladigan turli to’siqlarga duchor bo’ladilar. Bunday vaziyatlarda ular 
ushbu qiyinchiliklar va to’siqlarni engishga undovchi iro- daviy fazilatlarini namoyon qilishlari 
muhimdir. Irodaviy ko’nikmalarni rivojlantirish uchun mashg’ulotlar jarayoniga qo’yilgan 
vazifani bajarishga to’sqinlik qiluvchi muayyan elementlar, to’siqlarni kiritish katta yordam 
beradi. Irodani mustaqil tarbiyalash usullari quyidagi shartlarni o’z ichiga oladi: 
1) irodani tarbiyalashni nisbatan arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishdan boshlash; 
2) qiyinchiliklarni va to’siqlarni bartaraf etish ma’lum maqsadga erishish uchun amalga 
oshirilishini tushunish;
3) qabul qilingan qaror bajarilishi kerakligi;


4) maqsadga erishish bosqichlarini ko’ra olish juda muhimdir. Irodani tarbiyalashni 
arzimas qiyinchiliklarni bartaraf etishni odat qilishdan boshlash kerak. Dastlab unchalik katta 
bo’lmagan qiyinchilikni, vaqt o’tishi bilan kattaroq qiyinchiliklarni muntazam ravishda enga 
borib, kishi o’zining irodasini mashq qildiradi va chiniqtiradi 
Muxandisxodimlarining kasbiy faoliyatida hissiy-irodaviy holatlarning o’rni beqiyosdir. 
Chunki xodimning murakkab vaziyatlarda qulay ruhiy holatni saqlash qobiliyati faoliyat 
samaradorligini ta’minlovchi omillardan biri sanaladi. Xodimning hissiy-irodaviy turg’unligi 
quyidagilarda namoyon bo’ladi: 
– ekstremal vaziyatlarda harakat samaradorligini pasaytiruvchi, adashishlar tug’diruvchi 
psixologik reaktsiyalarning yo’qligi; 
– psixologik jihatdan murakkab sharoitlarda kasbiy vazifalarni bexato bajarish; 
– kasbiy ziyraklikni saqlash, tavakkal, xavf-xatar, kutilmagan vaziyatlarga nisbatan 
oqilona ehtiyotkorlik bilan yondashish.
Shu nuqtai nazardan xodim faoliyatining samaradorligi ko’p jihatdan o’z xatti-harakatlarini 
boshqara olishi, o’z his-tuyg’ularini nazorat qila olishiga bog’liq. Shuningdek, 
muxandisxodimlarining o’zlarini irodaviy boshqara olishi, murakkab vaziyatlarda tezkor, oqilona 
qarorlar qabul qilishi kasbiy qobiliyati bilan belgilanadi. Ya’ni xodim o’zini irodaviy boshqarish 
orqali salbiy hissiyotlarni yo’q qilishi, o’zida ishonch hissini uyg’otishi, diqqatini bir joyga 
jamlashi va butun kuchini qo’yilgan vazifani bajarishga safarbar etishi uning asosiy sifatlaridan 
sanaladi. 
Xodim o’zining psixologik holati va xatti-harakatlarini boshqara olmasligi uning irodasi 
sustligi, ijtimoiy-psixologik sharoitlarga moslashish qobiliyatining pastligidan dalolat beradi va 
bu aksariyat hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi barchaga ma’lum. Shu bois xodimlarning 
hissiy-irodaviy o’zini o’zi boshqarish yo’llari va usullarini egallashlari bugungi kundagi dolzarb 
vazifalardan biridir. Xizmat faoliyatida kuchli irodaga ega bo’lgan, o’z hissiyotlarini boshqara 
oladigan, jinoyatchilikning oldini olish va unga qarshi kurashishda o’zining jismoniy va aqliy 
imkoniyatlaridan oqilona foydalana oladigan xodim ko’proq muvaffaqiyatga erishadi. Shu 
ma’noda hissiy-irodaviy boshqarishning asosiy maqsadi ham xodimning o’z ichki 
imkoniyatlaridan yuqori darajada foyda- lanishiga, ijodiy salohiyatining ochilishiga, kasbiy 
xislatlari va qobiliyatlari namoyon bo’lishiga yordam beradigan alohida psixologik xususiyatlarni 
shakllantirishdan iborat.

Download 234.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling