A. A. Gulovа ijtimoiy ishdа bolalar huquqlarini himoya qilish oʼquv qoʼllаnmа buxoro-2022
-mavzu. Harbiy ziddiyatli hududlardan qaytib kelgan oilalar va bolalar huquqlarini himoya qilish
Download 421.04 Kb.
|
Bola huquqlari -o\'quv qo\'llanma-16.11..22
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so’z va iboralar
- NIZO QURBONLARIGA TAALUQLI PRINSIPLAR.
12-mavzu. Harbiy ziddiyatli hududlardan qaytib kelgan oilalar va bolalar huquqlarini himoya qilish.
Reja: 1. Qurolli mojarolar tushunchasi va turlari. 2. Qurolli mojarolar qurboni bo’lgan bolalar huquqlarini himoya qilish va ta`minlash. 3. Qurolli mojarolar davrida bolalarni himoya qilish. 4. Bolalarning Qurolli mojarolarda ishtirok etish muammolari. 5. Mojarodan keying davrda bolalarni reabilitatsiya qilishning asoslari. Tayanch so’z va iboralar: Qurolli mojarolar, reabilitatsiya, Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli qo`shimcha protokol, nizo qurbonlariga taaluqli prinsiplar. 1. Qurolli mojarolar tushunchasi va turlari. 1949 yilgi Jeneva Konvensiyalariga 1977 yil 8 iyunda qabul qilingan Xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga taalluqli Qo`shimcha protokol (I Qo`shimcha protokol) I Qo`shimcha protokol 1977 yil 8 iyunda Jenevadagi diplomatik konferentsiyada qabul qilingan. I protokol qurolli nizolarning jabrdiydalarini «quruqlikdagi» va «dengizdagi» yaradorlar hamda bemorlar deb farqlashga barham berdi. Protokolda yaradorlar hamda bemorlar degan tushunchalar bir xillashtirilib belgilandiki, bunda «yaradorlar» va «bemorlar» degan so`zlar jarohat, xastalik yoki boshqa jismoniy yohud ruhiy kasalliklar yohud nogironlik oqibatida tibbiy yordamga yoki parvarishga muhtoj va har qanday dushmanlik harakatlaridan o`zini tiygan harbiy xizmatchilar va fuqarolarni anglatadi (8-modda). Protokolda yaradorlar va bemorlar doirasi: - tug`adigan va yangi tuqqan ayollar; - go`daklar; - homiladorlar; - bedarmonlar hisobiga kengaytirildi. Tibbiyot hodimlarini «harbiy xizmatchi» va «fuqaro» degan mazmundagi so`zlar bilan farqlashga chek qo`yildi. Pirovard natijada tibbiy yordam ko`rsatish jarayoni birmuncha yengillashdi. endi barcha yarador va bemorlar, harbiy xizmatchi yoki oddiy fuqaro bo`lishidan qat`iy nazar, gospital yoki fuqarolarga mo`ljallangan har qanday tibbiy muassasada davolanish huquqiga ega bo`ldilar. Gumanitar huquq tarixida birinchi marta I Qo`shimcha protokolda tibbiy vazifani bajaruvchi shaxslarning majburiyatlari tartibga solindi. Bu vazifalarni tartibga solishda Protokol tibbiyot ahloqi asoslaridan kelib chiqadi. Chunonchi: - tibbiy vazifalarini tibbiyot ahloqiga muvofiq bajarganlik uchun birorta ham shahs javobgarlikka tortilishi mumkin emas; - tibbiy vazifalarini bajarayotgan hech bir shaxs tibbiyot ahloqi talablari va mezonlariga zid ishlarni bajarishga yoki Konvensiya va protokol qoidalarini buzishga majbur etilishi mumkin emas; - tibbiyot vazifalarini bajarayotgan birorta ham shaxs raqib tomondan bo`ladimi, o`z tomonidanmi, bundan qat`iy nazar yaradorlar va bemorlarga daxldor biror bir ma`lumot berishga, bunday ma`lumot nafaqat bemorlarga balki ularning oilalariga ham ziyon keltirishi mumkin bo`lsa, majbur etilishi mumkin emas (16-modda). Qizil xoch timsoliga doir qoida ham kiritilgan qo`shimchalar jumlasiga kiradi. Gap shundaki, mazkur timsoldan xalqaro gumanitar huquq paydo bo`lganidan beri tibbiyot hodimlari va muassasalarining, shuningdek, sanitariya transportining belgisi sifatida foydalanilar edi. Biroq, urush jabrdiydalari doirasining kengaya borishi oqibatida (bu jabrdiydalarni borgan sari ko`proq fuqaro shaxslar tashkil eta boshladi) fuqaroviy tibbiyot hodimlari va diniy vakillarni farqlash uchun ham bu timsoldan foydalanish zaruriyati paydo bo`ldi. Bunday ehtiyoj har ikkala protokolning tegishli moddalarida o`zining echimini topdi (I Qo`shimcha protokolning 18-moddasi, I ilovaning 4-moddasi va II Qo`shimcha protokolning 12-moddasi). Yaradorlar, bemorlar va kema halokatidan jabr ko`rganlarning beistisno barchasi bilan insoniy muomala qilinishining qat`iyligini tasdiqlab, Protokolda ayrim shahslarni himoya qilishga alohida e`tibor qaratilgan. Protokolda dushman tomonining hukmronligi ostida qolgan shaxslarning o`zi rozilik bergan bo`lsa ham: - ularni jismoniy mayib qilish; - ular ustida tibbiy yoki ilmiy tajribalar o`tkazish; - boshqalarga ko`chirib o`tkazish uchun ularning to`qimalari yoki tana a`zolarini kesib olish taqiqlanishi belgilab qo`yildi. Protokolda u yoki bu sababga ko`ra safdan chiqib qolgan shaxslarga hujum qilmaslikdek juda muhim qoida belgilandi. Unga muvofiq bunday shahslar jumlasiga «dushman tomonning hukmronligi ostida bo`lganlar» va «asir tushish istagini aniq ravshan bayon etayotganlar», «hushsizligi, yaradorligi yohud bemorligi tufayli safdan chiqqan va shuning oqibatida himoyalanishga qodir bo`lmaganlar» kiradi (41-modda). Bunday shaxslar dushmanga qarshi ko’rashish va uning hujumidan o`zini himoya qilishga qodir emasligiga Protokolda ularni safdan chiqqan deb hisoblash huquqini beruvchi asos sifatida qaraladi. NIZO QURBONLARIGA TAALUQLI PRINSIPLAR. Urushuvchi tomonlar qurolli nizolar qurbonlariga nisbatan amal qilishlari lozim bo’lgan prinsiplar haqida gap bormoqda: Download 421.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling