A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot


Download 194.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/8
Sana11.03.2023
Hajmi194.71 Kb.
#1258646
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
juUV05Ou9P77OGVtz2YUI7r0lVGX0Q8Vee6IBanb

Baholash mezoni. 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiya fanidan bir hujayrali 
(achitqi) zamburug‘lar, achish jarayoni haqidagi bilimlarni yodga olishlari kerak: 
achitqilar hayot faoliyati natijasida un tarkibidagi shakar va kraxmalni dastlab 
glukozaga, so‘ng karbonat angidrid va spirtga parchalaydi, xamir hosil bo‘lgan 
karbonat angidrid gazi hisobiga ko‘tariladi. Agar o‘quvchilar to‘g‘ri javob sifatida 
“C. Karbonat angidrid gazi hosil bo‘lishi natijasida xamir ko‘tariladi” variantini 
belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi. Boshqa javoblar yoki javob yo‘q bo‘lsa, 
qabul qilinmaydi.
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan. 
2-Savol: Xamirdagi achitqilar un tarkibidagi shakar va kraxmalni karbonat 
angidrid va spirtga aylantiradi. Karbonat angidrid va spirt tarkibidagi uglerod 
atomlari qayerdan keladi? 
Uglerod 
atomlarining 
qayerdan 
kelishiga to‘g‘ri izoh berilganmi? 
Ha yoki Yo‘q 
Uglerod atomlari shakardan o‘tadi. 
Ha / Yo‘q 
Quyida keltirilgan jumlalarga mos holda 
“Ha” 
yoki 
“Yo‘q”
ni aylanaga 
oling.


Uglerod 
atomlari 
tuz 
molekulalariningtarkibiga kiradi. 
Ha / Yo‘q 
Uglerod atomlari suvdan o‘tadi. 
Ha / Yo‘q 
 
Baholash mezoni.
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar kimyo va biologiya fanlaridan 
tegishli bilimlarni yodga olishlari talab etiladi: CO2 tarkibidagi ba’zi uglerod 
atomlari shakardan o‘tadi, suv va osh tuzi tarkibida uglerod atomlari bo‘lmaydi. 
Agar o‘quvchilar belgilangan ketma-ketlikdagi uchta to‘g‘ri javobni (Ha, Yo‘q, 
Yo‘q) belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi, boshqa javoblar yoki javob yo‘q 
bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi.
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.

Download 194.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling