A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot


C) Karbonat angidrid miqdori nolga tushgunga qadar qoningizni tozalash  D)


Download 194.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana11.03.2023
Hajmi194.71 Kb.
#1258646
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
juUV05Ou9P77OGVtz2YUI7r0lVGX0Q8Vee6IBanb

C) Karbonat angidrid miqdori nolga tushgunga qadar qoningizni tozalash 
D) Karbonat angidrid molekulalarini kislorod molekulalariga aylantirish
Baholash mezoni. 
Mazkur savolga javob berish uchun o‘quvchilar nafas olish a’zosi o‘pkaning 
funksiyasiga oid bilimlarni yodga olishlari kerak. Agar o‘quvchilar “B Siz nafas 
olayotgan kislorodning bir qismini qoningizga o‘tkazib berish” javob variantini 
tanlashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball). Javob yo‘q yoki boshqa javoblar 
bo‘lsa, qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
2-SAVOL. Tamaki chekish o‘pka saratoni va ba’zi bir boshqa kasalliklarga 
chalinish ehtimolligini oshiradi. Tamaki chekkanda quyidagi kasalliklarga chalinish 
ehtimolligi ortadimi? Har bir qatorda “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling.
Tamaki 
chekkanda 
quyidagi 
kasalliklargachalinish ehtimolligi ortadimi? 
Ha yokiYo‘q? 
Bronxit
Ha / Yo‘q 
OITV yoki OITS
Ha / Yo‘q 
Suv chechak
Ha / Yo‘q 
 
Baholash mezoni.
Agar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javob belgilansa, javob to‘liq 
qabul qilinadi (1 ball): Ha, Yo‘q, Yo‘q. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar qabul 
qilinmaydi(0 ball).
Mazkur savol o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
 
3-SAVOL. Ba’zi odamlar chekishni tashlashga o‘ziga yordam berishi uchun 
nikotinli plastirlardan foydalanishadi. Plastir teriga yopishtiriladi va qonga nikotin 
ajralib chiqadi. Odamlar chekishni to‘xtatganlarida yuzaga keladigan kuchli 
xohishni so‘ndirish va simptomlarni yo‘qotishga yordam beradi. Nikotinli 
plastirlarning samaradorligini o‘rganish maqsadida tasodifiy tanlash yo‘li bilan 
chekishni tashlashni xohlovchilardan 100 kishilik guruh shakllantirildi. Ushbu 


guruh olti oy davomidatadqiq etildi. Nikotinli plastirlarning samaradorligi guruhdagi 
necha nafar odam tadqiqot oxiriga qadar chekishni qayta boshlamaganliklari bilan 
aniqlandi. Quiydagilarining qaysi biri eng yaxshi tajriba rejasidir?

Download 194.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling