A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot


Download 194.71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana11.03.2023
Hajmi194.71 Kb.
#1258646
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
juUV05Ou9P77OGVtz2YUI7r0lVGX0Q8Vee6IBanb

Anesteziya 
uchun 
ishlatiladigan 
gazlar 
odam 
organizmining quyida keltirilgan organlar sistemasiga 
ta’sir ko‘rsatadimi? 
Ha 
yoki 
Yo‘q? 
Ovqat hazm qilish sistemasi 
Ha / Yo‘q 
Nerv sistemasi 
Ha / Yo‘q 
Nafas olish sistemasi 
Ha / Yo‘q 
 
Baholash mezoni.
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar matnni diqqat bilan o‘qib 
tushunishlari talab etiladi. Matnda anesteziya uchun ishlatiladigan gaz bemorga 
yuzdagi niqob yordamida nafas olish yo‘llari orqali yuborilishi aytilgan. Bu gaz 
bemorning nafas yo‘llari orqali o‘pkaga, undan esa nerv sistemasiga boradi. 
Agar o‘quvchilar quyidagi ketma-ketlikda uchta to‘g‘ri javobni belgilashsa, javob 
to‘liq qabul qilinadi (1 ball): Yo‘q, Ha, Ha. Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, 
javob qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.
 
2-SAVOL. Operatsiyada ishlatiladigan jarrohlik asboblari nima sababdan 
sterillanishini tushuntiring.____________________________________________ 
____________________________________________________________ 
Baholash mezoni. 
Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiya fanidan kasallik 
qo‘zg‘atuvchi ko‘plab mikroblar havoda, atrofdagi buyumlarda bo‘lishi, mikroblar 
sterillanmagan jarrohlik asboblari orqali bir bemordan boshqasiga yuqishini 
bilishlari kerak. Jarrohlik asboblari sterillanganda ulardagi mikroorganizmlar o‘ladi. 
Shu tariqa mikroblarning bemor organizmiga tushishining oldi olinadi. 
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida jarrohlik asboblarida bakteriyalar yoki mikroblar 
yo‘qligiga ishonch hosil qilish, bu esa kasalliklar tarqalishining oldini olishni qayd 
etishgan bo‘lsa, javob to‘liq qabul qilinadi (2 ball). To‘g‘ri javoblar quyidagicha 
bo‘lishi mumkin:
► 
bakteriyalar bemor tanasiga tushib, uni zararlantirishining oldini olish 
uchun; 


► 
operatsiya qilinadigan bemor tanasiga bakteriyalar tushmasligi uchun. 
Agar o‘quvchilar o‘z javoblarida jarrohlik asboblarida bakteriyalar yoki mikroblar 
yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun degan fikrni qayd etishsa-yu, ammo kasallik 
tarqalishining oldini olish haqida aytilmagan bo‘lsa, javob qisman qabul qilinadi 
(1ball). 
Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
► 
ulardagi barcha mikroblarni o‘ldirish uchun. Agar javobda kasallik 
tarqalishining oldini olish uchun, degan fikr bo‘lsa-yu, ammo bu jarrohlik 
asboblarida bakteriyalar yo‘q qilinganligi sababli ekani qayd etilmagan bo‘lsa, javob 
qisman qabul qilinadi. Bunday javob quyidagicha bo‘lishi mumkin:
► 
kasalliklar tarqalishining oldini olish uchun. Javob yo‘q yoki boshqa 
javoblar (masalan, jarrohlik asboblarini toza holda saqlash uchun) bo‘lsa, javob 
qabul qilinmaydi (0 ball).
Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish 
kompetensiyasini baholashga qaratilgan.

Download 194.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling