A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot
Download 194.71 Kb. Pdf ko'rish
|
juUV05Ou9P77OGVtz2YUI7r0lVGX0Q8Vee6IBanb
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baholash mezoni.
3-SAVOL. Bemorlar operatsiyadan keyin ovqat va suv iste’mol qila olmaganliklari sababli ularga tarkibida suv, glukoza va minerallar bo‘lgan tomchi qo‘yiladi. Ba’zi hollarda tomchiga antibiotiklar va tinchlantiruvchi vositalar ham qo‘shiladi. Nima sababdan tomchiga qo‘shiladigan glukoza operatsiyadan keyin bemorlar uchun nihoyatda zarur sanaladi? A) Suvsizlanishning oldini olish uchun B) Operatsiyadan keyingi og‘riqni kamaytirish uchun C) Operatsiyadan keyingi infeksiyalarni davolash uchun D) Zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlash uchun Baholash mezoni. Mazkur topshiriqni bajarish uchun o‘quvchilar biologiyadan tegishli bilimlarni yodga olishlari kerak: iste’mol qilingan oziq-ovqat tarkibidagi uglevodlar glukozagacha parchalanib, qonga so‘riladi. Bu jarayon uchun ko‘p vaqt talab etiladi. Tomchi orqali yuborilgan glukoza parchalanib, undan energiya hosil bo‘lishiga esa nisbatan kamroq vaqt sarflanadi. Operatsiyadan keyin ovqat hazm qilish sistemasi o‘z funksiyasini to‘liqligicha davom ettirishi uchun esa ko‘p vaqt talab etiladi. Agar o‘quvchilar “D Zarur bo‘lgan oziq moddalar bilan ta’minlash uchun” javob variantini belgilashsa, javob to‘liq qabul qilinadi (1 ball) . Javob yo‘q yoki boshqa javoblar bo‘lsa, javob qabul qilinmaydi (0 ball). Mazkur topshiriq o‘quvchilarning hodisalarni ilmiy jihatdan tushuntirish kompetensiyasini baholashga qaratilgan. 4-SAVOL. Organlarni ko‘chirib o‘tkazish jarrohlik amaliyoti yordamida amalga oshiriladi va bu holat keng tarqalmoqda. Quyidagi diagrammada 2003-yil davomida shifoxonalardan birida ko‘chirib o‘tkazilgan organlar soni ko‘rsatilgan. Har bir xulosa uchun “Ha” yoki “Yo‘q”ni aylanaga oling. Diagrammada keltirilgan ma’lumotlar asosida quyidagi xulosalarga kelish mumkinmi? Ha yoki Yo‘q? Agaro‘pkalarko‘chiribo‘tkazilganbo‘lsa, uholdayuraknihamko‘chiribo‘tkazishzarur Ha / Yo‘q Buyraklar odam tanasidagi eng muhim a’zolardir Ha / Yo‘q Organlar ko‘chirib o‘tkazilgan aksariyat bemorlarning buyraklari kasallangan Ha / Yo‘q Download 194.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling