A b d u m a j id m a d r a im o V g avhar fu zailo V a


Download 6.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/245
Sana12.10.2023
Hajmi6.54 Mb.
#1699568
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   245
Bog'liq
--Manbashunoslik.Abdumajid Madraimov

6.2.5. «Tarixi Rashidiy»
“Tarixi Rashidiy” ( 1544-1546-yillanda Kashminda yozilgan) nomli mashhur 
asar muallifi Bobuming kichik xolavachchasi Mirzo M uham m ad Haydar 
bo'lib, uning ota-bobolari O 'rtubu, Po'lodchi, Xudoydod, Said Ahmad, Sonsiz 
Mirzo, M uham m ad Haydar, M uham m ad Husayn turklashgan m o'g'ul 
urug'laridan dug'lot (m o'g'ulcha “dog'olot” - cho'loq) qabilasiga mansubdir. 
Ular Mo'g'uliston xonlari, Chig'atoylar davrida ulusbegi, Koshg'ar hokimi 
lavozimida tuiganlar. Olimning otasi am ir M uhammad Husayn bir vaqtlar 
Andijonda Umarshayx Mirzo, so'ngra Toshkent hokimi Sulton M ahmudxon 
(1487-1508) xizmatida bo'lgan. U 1495-1503-yillarda ana shu Sulton 
Mahmudxon nomidan O'ratepani idora qilgan.
1503-yili 
Sulton M ahm udxon va Sulton A hm adxon Axsi atrofida 
S h ayboniyxon 
qo'shinlari tom onidan to r-m o r keltirilgani va asir olinganini 
eshitib , a m i r
M uham m ad Husayn Q orateginga, undan Q unduz, so 'n g
H iro tg a, 
Sulton H usayn huzuriga qochib bordi. M uham m ad Husayn 
ко Р 
o ' t m a y
Kobulga, Bobur M irzo huzuriga keldi. 1507-yilgi Boburga 
q a r s h i f i t n a d a
a y b la n ib , y a n a H iro tg a q o c h ib b o rd i. 1 5 0 8 -y ili 
a y b o n i y x o n n i n g
am ri bilan M uham m ad Husayn qatl etilgan.
M u h a m m a d
H a y d a r 1 5 0 0 -y ild a T o s h k e n td a t u g 'i l d i . O ta s i
213


o'ldirilganidan keyin M uham m ad Husaynga sodiq kishilaruni birm uncha 
vaqt Buxoroda asradilar, so'ng Badaxshonga olib borib qarindoshi Sulton 
U vays M irzo n in g (X on M irzo deb a ta lg a n ) q o 'lig a to p s h ird ila r. 
M uham m ad H aydar keyincha Kobulga keldi va Bobur xizm atida 1512- 
yilgacha bo'ldi. 1512-yil kuzida u Andijonga, Sulton S a’idxon huzuriga 
keldi va u bilan qo'shilib Koshg'arga ketib qoldi. Sulton Sa’idxon ko'p 
o 'tm ay bu yerda Abubakr dug'lot ustidan g'alaba qozondi va K oshg'ar 
ham da Yorkandni qo'lga kiritishga muvaflaq bo'ldi.
M uham m ad H aydar 1533-yilgacha, ya’ni Sulton Sa’idxon vafotiga 
qad ar, un ing x izm atid a b o 'ld i. D astlab x o n zo d a A b durashidxonga 
tarbiyachilik - otalik qildi, so'ng yirik harbiy bo'linm alarga qo'm ondonlik 
qildi va xonning Badaxshon, Lodak, Kofiriston va Tibet ustiga qilgan 
harbiy yurishlarida faol ishtirok etdi.
Otasi o 'm ig a taxtga o'tirgan A bdurashidxon (1533—1570) dug'lot 
amirlarini ta ’qib ostiga oldi, ulam ing ba’zilarini qatl etdi. Bulaming orasida 
M u h a m m a d H a y d a r n in g t o g 'a s i S a id M u h a m m a d m ir z o va 
qarindoshlarining ko'pchiligi bor edi. Tibet da bo'lgan M uham m ad Haydar 
bundan xabar topib, Badaxshon tarafga qochdi va k o 'p m ashaqqatlardan 
keyin Kobulga, Bobur M irzoning o'g'illaridan K om ron M irzo huzuriga 
keldi, so'ng u yerdan Agraga, H um oyun podshoh huzuriga bordi va 
uning xizm atiga kirdi.
M uham m ad Haydar 1541-yili, Hum oyunning harbiy yordami bilan 
Kashmimi bo'ysundirdi va u yerda qariyb 10 yil hukmronlik qildi. U 1551- 
yili tog'lik qabilalaming biri bilan bo'lgan to'qnashuv paytida halok bo'ldi.
M uham m ad H aydar zam onasining o'qim ishli va keng m a ’lumotli 
kishilaridan edi. Bobum ing guvohlik berishiga qaraganda, u durustgina 
shoir, xattot, rassom, shuningdek, nayza va kam on yasovchi usta bo'lgan. 
M uham m ad H aydarning bizning zam onam izgacha ikki yirik asari yetib 
kelgan. Bulardan biri “J a h o n n o m a ” deb atalib, ertak tarzida yozilgan. 
Uning yagona qo'lyozmasi G erm aniyaning Berlin shahri kutubxonalaridan 
birida saqlanm oqda.
O lim ning ikkinchi yirik va m ashhur asari “Tarixi Rashidiy”dir. 
K itob 
ikki qism , d a fla rd a n ibo rat b o 'lib , b irin ch i q ism id a 
M o 'g 'u lis to n
xalqlarining tarixi Tug'luq T em ur (1 3 4 8 -1 363)dan to Abdurashidxonning 
taxtga o'tirguni (1533-y.)gacha bo'lgan davm i o 'z ichiga oladi.
A sam ing birinchi daftari turli naql-rivoyatlar, shuningdek, 
Y oqut 
Hamaviyning “ M o'jam ul-buldon”, Juvayniyning “Tarixi jahonkushoy”, 
Rashiduddinning “Jo m e’ ut-tavorix” , Jamol Qarshiyning “ Mulhaqot us- 
suroh” , Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnom a” , Mirzo 
U lug'bekning
214


“Tarixi arb a’ ulus” 
va nihoyat, Abdurazzoq Samarqandiyning “ M atla’ us- 
sa’d a y n ” kitoblaridagi 
m a’lum otlar asosida yozilgan. Lekin, unda ham 
M arkaziy O siyoning 
X IV -X V asrlardagi ijtimoiy-siyosiy hayotiga oid yangi, 
asl nusxada bo'ladigan 
m a’lumotlar ko’p. Qolaversa, 
birinchi 
daftar Koshg'ar, 
Q ozog’iston, shuningdek, 
M ovarounnahr va Turkistonning XIV-XV1 asr 
boshlaridagi siyosiy 
tarixini m ukammal qam rab olishi bilan qimmatlidir.
Ikkinchi 
daftar birinchisidan keskin farqli o 'laro q , esdalik, xotiralar 
tarzida yozilgan 
bo 'lib , K oshg'ar, M ovarounnahr, A fg'oniston ham da 
S h im o liy
H in d is to n n in g XVI a s m in g b irin c h i y arm id a g i ta rix in i 
o 'rg a n ish d a
asosiy 
va 
qim m atli m anbalardan hisoblanadi.
M uham m ad H aydar va uning “Tarixi R ashidiy” asari o 'tg an asm ing 
o'rtalaridan beri ilmiy jam oatchilikning d iq q a t-e ’tiborini jalb etib keladi. 
Uning ayrim qism lari uyg'ur, o 'zb ek va m s tillariga taijim a qilingan. 
Asaming qisqartirilgan inglizcha taijim asi bo'lib, 1895-yili L ondonda 
nashrdan chiqqan. A .O 'rinboyev, R.Jalilova va L.Epifanova ruschaga 
taijim a qilib, so'zboshi va zaru r izohlar bilan, 1996-yili T oshkentda chop 
etgan. Kitob qozoq tiliga ham taijim a qilib nashr etilgan.
“Tarixi Rashidiy” asarining qo'lyozmalari Sankt-Peterburg, Toshkent, 
shuningdek, ko'pgina xorijiy mamlakat laming kutubxonalarida saqlanmoqda.

Download 6.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   245




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling