A. N. Sam adov I f. n., dotsent
Iste’m ol tovarlari bozorida innovatsiyalarni
Download 3.32 Mb. Pdf ko'rish
|
Ergashxo`jaeva SH. J.Innovarsion marketing
9.2. Iste’m ol tovarlari bozorida innovatsiyalarni
siljitish kanallari Kommunikatsion jarayon oldiga qo ‘yilgan maqsadlarga erishish uchun signalni kodlashning eng yaxshi usulini tanlash va optimal kommunikatsiya kanallaridan foydalanish kerak. Am aliyotda kod- lash usuli deyarli har doim kommunikatsiya kanali belgilab be radigan imkoniyatlar va cheklovlarga bog‘liq b o ia d i. Shu sababli iste’molchilar bilan kommunikatsiyalarning eng qulay shakllarini, innovatsion mahsulotlarni siljitishning integratsiyalashgan tizimi doirasida ulardan foydalanish proporsiyalari va uyg'unliklarini tan- lashning amaliy vazifasi mohiyatan qaysidir m a’noda butun kom munikatsiya kompaniyasi samaradorligi va muvaffaqiyatini belgilab beradigan strategik vazifaga aylanadi. Hozirgi paytda bizning shaharlarda deyarli barcha joylarda kom munikatsiya kanallarining barcha asosiy turlari tarqalgan. Albatla, 145 yirik shaharlarda bu kanallar, ayniqsa, rangba-rang bo‘lib, xaridor lar bilan sifatli va unumdi kommunikatsiyalar jarayoni tashkil qilish borasida sotuvchilar oldida keng imkoniyatlar ochib beradi. Biroq hattoki aholi soni kam b o ig a n kichik shaharlarda ham bugungi kun da innovatsion mahsulotlarni siljitish amaliyotida rivojlangan va zamonaviy kommunikatsiya shakllaridan foydalanish uchun barcha zarur sharoitlar mavjud, an’anaviy kanallardan birontasi yaxshi ifo- dalanmagan joylarda esa ularni rivojlantirish uchun imkoniyatlar mavjud. Eng ommaviy va an’anaviy foydalaniladigan kommunikatsiya kanallari quyidagilardir: - bosma nashrlar (asosan, gazeta va jum allar); - xabar berishga oid kanallar (asosan, radio va televideniya); - ko‘cha reklamasi va tranzit reklama (jumladan, metrodagi reklam a); - ko'rgazm a va yarmarkalar; - internet; - kundalik yoki bir martalik foydalaniladigan ayrim predmetlar (avtoruchka, yondirgich, o‘rov paketlari va h.k.); - foydalanuvchilar uchun tavsiya va y o ‘riqnomalar (mahsulot bi lan birga beriladigan yoki internet orqali yuklab olinadigan); - iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot va ishbilarmonlik yozish- malari. Yuqorida keltirilgan ro ‘yxat so‘zning asl m a’nosidagi tasnif hi- soblanmaydi, chunki u yaqqol ifodalangan tasniflash belgilariga ega emas. Lekin, shunga qaramay, unda iste’molchilarni innovatsion mahsulot haqida xabardor qilishning barcha asosiy usullari yodga olib o'tilgan. Bu kanallarning har biri ularni tanlashda hisobga olish lozim bo‘lgan o'ziga xos xususiyatlar, imkoniyatlar va cheklovlar bilan ajralib turadi. Download 3.32 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling