A. qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti tasviriy san


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana10.10.2020
Hajmi1.31 Mb.
#133158
  1   2   3   4   5
Bog'liq
kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ 

TA’LIMI VAZIRLIGI 

 

 

A.QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT 



PEDAGOGIKA INSTITUTI 

 

«TASVIRIY SAN’AT VA MEHNAT 



TA’LIMI» FAKULTETI 

 

“Kiyimlarni konstruksiyalash va modellashtirish”  



fanidan 

Referat 

 

 



             Bajardi:                                   401-guruh talabasi 

                  

                                                                               

    

 

 



 

                                     Salayeva. Nargiza                                                                   

 

        

 

                                                                                                               



         

 

                                               

                                                                                                                                                                                                       



         

                                                                                                                                      



         

                                                                                  



 

                                                                                                



                                                                                                                                                                                                      

                                                                          



                                                                                  

                                                                         



                                                                                                                                                             

                                                                          



                                                                                          

   


                      

                                                                                                    



                   

Qabul qildi:                                 S.Ergashova                                        



 

 

 



 

 

 



Jizzax -2014 

 


 

 

 



Kiyimni konstruksiyalash va  modellashtirishning asosiy metodlari.

 

 

 



 

Hozirgi vaqtda hukumatimiz mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko’paytirish, 

tikilgan  buyumlar,  jumladan  kiyim-kechaklar  assortimenti    strukto’rasini  ya’nada 

takomillashtirish,  sifatini  yaxshilash,  tikuvchilik  tarmog’ini  jadal  rivojlantirish 

hisobiga ishlab chiqarish samaradorligini oshirish vazifalarini ilgari surdi. 

 

Bu  vazifalarni  muaffaqiyatli  amalga  oshirish  uchun  yengil  sanoatning 



tikuvchilik 

tarmog’iga 

qarashli 

korxonalarni 

texnik 

jihatdan 



qayta 

qo’yiladiganlantirish  va  qayta  qurish  yangi  kompleks–mexanizasiyalashtirilgan 

jarayonlarni  yangi  texnika  va  ilg’or  texnologiyani  joriy  etish,  yangi  materiallar, 

xususan  qistirmabop  materiallardan  foydalanish,  shu  bilan  birga    texnologik 

jarayonlarni  avtomatlashtirish  uchun  kiyim  detallarining  konto’rlarini,  baza 

konstruksiyalarini unifikasiyalash ishlarini yo’lga qo’yish talab qilinadi. 

 

Tayyor kiyim yuqori sifatli va uni tikish (ishlab chiqarish) iqtisodiy samarali 



bo’lishi  uchun kiyimni loyhalash vaqtidayok  bunga  zamin  yaratiladi.  Tikuvchilik 

sanoati  xodimlari  ayni  kunda  loyhalash  vaqtida  bo’lg’usi  buyumning  sifatini 

yaxshilash imkoniyatlarini izlaydilar va topishga harakat qiladilar. 

 

Kiyimni konstruksiyalash uni loyhalashning eng muhim qismi va murakkab 



ijodiy  ish  bo’lib,  badiiy  konstruktorlik  hamda  texnik  vazifalarning  yechimini 

qamrab oladi. 

 

Kiyimni  konstruksiyalash deganda, odatda  kiyimni  tashkil  etadigan  detallar 



va  materiallar  kompleksi,  shuningdek  ularni  o’zaro  ulab-tikib,  muayyan 

razmerdagi  va  formadagi  yaxlit  buyum  holatiga  keltirish  usullari,  vositalari 

tushuniladi. 

 

Turli  xil  va  modeli  kiyimning  konstruksiyasi  uning  va  tikish 



texnoldog’iyasining  takomillashuviga  hamda  modaga  qarab  o’zgarib  to’radi.  Bu 

hol  yangi  modeldagi  kiyim  konstruksiyasini  ishlab  chiqishni  bir  muncha 

murakkablashtiradi 

ishni 


yengillashtirish 

uchun 


tipovoy 

va 


baza 

konstruksiyalaridan keng foydalaniladi. 

 

Kiyim  kechakni  loyihalashtirish    vaqtida  konstruksiyaning  texnologik 



(ishlov  berish)  jihatdan  qulayligi  asosiy  samaradorlik  elementi  hisoblanadi. 

Texnologik  qulaylik  deganda,  buyum  konstruksiyasining  sifat  ko’rsatkichlaridan 

birini  ifodalovchi  xossalari  majmui  tushuniladi.  Kiyimning  texnologik  jihatdan 

qulay  konstruksiyasi  iste’molchilarning  hamda  korxonaning  talablariga  juda  mos 

keladi.  Kiyim  detallariga  texnologik  ishlov  berish  va  ularning  yig’ishning  eng 

murakkab  metodlaridan  foydalanish  imkoniyatlarini  tug’diradi.  Konstruksiyaning 

texnologik qulayligiga erishishda loyihalash bosqichlarining hammasi  o’z ulushini 

qo’shadi. 



 

Kiyimni  loyihalashda  hal  qilinadigan  asosiy  masalalar  forma  va  uni  hosil 

kila bilishdan iborat. Hozirgi kiyimlar asosan tukilgan gazlamadan trikotaj, charm, 

mo’yna  va  boshqa  materiallardan  tikiladi.  Kiyimga  forma  berish  usullari 

ishlatiladigan  gazlamaning  xossalarini  nazarda  to’tib  tanlanadi.  Zamonaviy 

kiyimlarga yassi tukilgan materiallar, xususan forma hosil qilishning uchta asosiy 

metodini  va  ularning  kombinasiyasini    kullashga  imkon  beradigan  gazlamalar 

ishlatiladi. 

 

Kiyim  formasi  konstruksiyasi    bo’yicha,  ya’ni  uni  qomatga  va  gavdaning 



o’lchamlariga mos keladigan detallarga bo’lish yo’li bilan hosil qilinadi. Yuzaning 

egrilik radiusi kichik bo’lgan hollarda andozaga qo’shimcha konstruktiv elementlar 

kiritilishi lozim, bunday element ko’pincha vitochqada iborat bo’ladi. 

 

Gazlamaning  draplanuvchanligiga  va  to’rsimon  tuzilishidagi  materialning 



sirpanchiqlik  (harakatlanuvchanlik)  xossasiga  asoslanib,  kiyimga  shakl  berish, 

ya’ni forma hosil qilish metodi kiyimlarni bichib tikish usullarini kelib chiqishidan 

oldin  kullanilgan.  To’rsimon  tuzilishdagi  gazlamaning  sirpanchiqligi  aniqrogi 

harakatchanligidan  aslida  qiyasiga  bichish  usulidan  keng  foydalaniladi,  biroq 

kiyimni kiygan vaqtda materialning tanda va arqoq iplari orasidagi burchaklar egri 

yuzalarda qayta taksimlanib, o’zaro mos holda joylashuvini hisobga olgan holda bu 

xususiyatdan  odatdagicha,  bichish  usullarida  ham  foydalanilmoqda.  Forma  hosil 

qilishning  bu  metodida  ko’pgina  choklarga  va  vitochkalarga  deyarli  xojat 

qolmaydi, boshqacha aytganda, ular yo qisman, yoki butunlay yo’qotiladi. 

 

Kiyim  tikiladigan  materiallarning  draplanuvchanligi  deganda,  ularning 



egiluvchanlik,  blanglash  xususiyati  va  harakatchan  yengil  burmalar  hosil  qilib, 

xilpillangan forma kasb etish xususiyati tushuniladi. Bu metod kiyimlarning ancha 

murakkab  formalarini  hosil  qilishga  imkon  berganligidan  asosan,  Xotin-qizlar 

ko’ylaklarini loyihalashda qo’llaniladi. 

 

Kiyim  kechakka  nam  issiqlik  ishlovi  berilganda,  ya’ni  suv  purkab 



dazmollanganda  materialning  dag’al  strkto’rasi  go’yo  o’zgaradi  (iplar,  tolalar 

cho’ziladi,  taranglashadi,  siqiladi,  iplar  sistemalari  qiyshadi),  materialning 

molekulyar  sitemasi  o’zgardi.  Sintetik  tolalardan  tukilgan  gazlamalar  paydo 

bo’lgunga  qadar  materiallarning  suv  purkab  dazmollash  (nam  issiqlik  ishlovi 

berish)  tikilgan  kiyimga  hajmiy  shakl  berishning  asosiy  metodi  hisoblanib, ularni 

to’rlantirish  imkoniyatini  tug’diradi.  Dazmollash  chala  fabrikat  shaklini 

o’zgarishiga qarab, quyidagi to’rlarga ajratiladi: 

  Dazmollab, cho’zib detallar o’lchamlarini kattalashtirish  



  Suv purkab dazmollab detallar razmerini kichraytirish 

  Choqlarni bir tomonga yotqizib dazmollash  



  Choqni ikki tomonga qayirib dazmollash 

  Dazmollab chok solish. 



  Dazmol teggan joydagi yaltiroqni bug’lab ketkazish 

  Presslash 



Konstuktiv    metod  tikuv  materiallarning  shakliga  bog’liq  bo’lmaganligidan 

universal  metod  hisoblanmoqda  va  yuqorida  aytib  o’tilgan  metodni  siqib 

chiqarmoqda. 


Kishining  badanini  atrof  muxitning  salbiy  ta’siridan  ximoyalaydigan  libos 

kiyim kechak deb ataladi. Kiyim kechak insoniyat tarakkiyotinig ilk bosqichlarida 

paydo bo’lgan. 

 

Kiyimning  materiali,  formasi  va  bichimiga  qarab,  kishining  to’rmush  tarzi, 



yashaydigan   iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi madaniy 

saviyasi, moddiy farovonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin. 

 

Kiyimning  hamma  qismlari  (pidjak,  shim,  jiletka)  poyabzal  va  boshqa 



qo’shimchalar  bilan  birga  kostyumni  tashkil  etadi.  Kostyum  to’rli  mamalakatlar 

halklari va jamiyatlari o’ziga xos tarzda, taraqqiy qilishlarini, milliy kiyofasini aniq 

aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini harakterlaydi. 

 

Garderob  deganda,  bir  kishiga  yoki  bir  oilaga  tegishli  jami  kiyim  –kechak 



tushuniladi. 

 

Kiyimning  yangi  formasini  eng  avvola  uning  bichimi  (silueti)  belgilaydi. 



Bichim  (silueti)  kiyim  formasining  tekislikdagi  ifodasi.  Kiyimning  asosiy 

bichimlari quyidagilardan iborat. 

  beli yopishib to’radigan bichimli kiyim : 



  gavdaga yopishib to’radigan bichimli kiyim; 

  beli qisman yopishib to’radigan bichimli kiyim; 



 

to’g’ri bichimli kiyim; 



  keng bichimli kiyim. 

 

 

 



Konstruksiyaning elementlar doimo o’zgarib to’radi. Masalan andaza yelkaning 

sathi  (qiyaligi)  tabiiy  balandalshtirilgan  va  pasaytirilgan    bo’lishi,  yelkaning 

uzunligi    normal  uzaytirilgan    yoki  qisqartilgan    yeng  o’mizining  chuqurligi 

oshirilgan  normal va kamaytirilgan  bo’lishi mumkin.  

Bel chizig’i kiyimning bichimini belgilab beradi; bel chizig’i to’g’ri, 

gavdaning qisman yopishib to’radigan va keng bo’lishi  mumkin.  

 

Kiyimning etagi toraytirilgan, normal va kengaytirilgan bo’ladi 



 

Kostyumning bichimi yelkaning qiyalik darajasi, qomatiga  yeng o’mizining 

ko’rinishiga,  bel  chizig’ining  past  va  balandligiga    va  buyum    etagining  keng  va 

Kiyimning asosiy bichimlari

 

beli yopishib turadigan 



bichimli

 

gavdaga yopishib 



turadigan bichimli

 

to’g’ri 



bichimli kiyim

 

beli qisman yopishib 



turadigan bichimli

 

keng bichimli kiyim



 

torligiga  bog’liq.  Kostyumning  formasi  konstruktiv  yechimlar  natijasida  va 

kostyumning  ayrim  qismlarini  birlashtirish  oqibatida  vujudga  keladi.  Formaning 

geometrik  ko’rinishining  o’zgarishi  bichimning  o’zgarganligidan  dalolatdir;  forma 

shakl jihatdangina emas balki hajmiy (kattaligi) jihatidan ham o’zgardi. 

 

Bolalar  kiyimi  kattalar  kiyimining  nusxasi  bo’lib,  barcha  detallar 



takrorlanadi.  Bolalar  kiyimi  hozirgi  ko’rinishini  kasb  etgunga  qadar  uzoq 

rivojlanish  yo’lini  bosib  o’tadi.  Bolalar  kiyimini  loyhalashda  har  bir  yosh 

guruppasiga  mansub  bolalarning  gavda  tuzilishidagi  o’ziga  xos  jihatlar  hisobga 

olinadi. 

Ishlab  chiqarishning  to’rli  bosqichlarida  hisoblash  texnikasini  kullash 

kiyimning detallari va  uzellarini kodlash zaruriyatini keltirib  chiqaradi. Mahsulot 

Butunittifoq klassifiqatori MBK da tikilgan kiyimlarning o’nli sistemasidagi egasiz 

klassifikasiyasi qo’llaniladi.  Tikilgan kiyimlar  MBK  da  mustakil klassga ajratilib 

,85  nomeri  bilan  bo’linadi.  O’zaro  bog’liq  shifrlar  majmui  kod  mahsulotning 

qisqartirilgan  shartli  belgisi  hisoblanadi.  MBK  da  kodlashning  o’nli  sistemasi 

qabul  qilingan.  Har  qaysi  belgini  ta’riflash  uchun  muayyan  miqdorda  o’nli 

razryadlar ajratilgan. 

        Kodning 1va 2 razryadlari «Tikilgan buyumlar» klassi. 

 

3-  razryad  –  kenja  klass.  Buyumning  assortiment  bo’yicha  klassifikasiyasi: 



1-ustki  kiyim;  2-  kostyum  ko’ylakdan  iborat  kiyimlar;  3-  ichki  kiyimlar;  4-  bosh 

kiyim; 5- maxsus kiyim va hakozo. 

 

4-razryad  -  vazifasi  jihatidan  o’xshash  va  model-konstruktiv  yechimi 



jihatidan  bir-biriga  yaqin  buyumlarning  gruppa-xillari  majmui:  1-  palto;2-  kalta 

palto; …. 5- ko’ylak;…… 7- erkaklar ko’ylagi va hakozo. 

 

5-razryad - xom ashyo to’ri bo’yicha kenja gruppa: 1- ip gazlamalar; 2- zigir 



tolasi  va  aralash  toladan  tukilgan  gazlamalar;  3-  shoyilar,  sintetik  va  aralash 

tolalardan tukilgan gazlamalar va hakozo. 

 

6  –  razryad  -  buyumning  jins-yosh  belgilari  bo’yicha  xillari:  1-  erkaklar 



uchun; 2-ayollar uchun; 3-o’g’il bolalar uchun va hakozo. 

 

 



7-razryaddan 10 razryadgacha xillararo klassifikasiya.  

 

Kiyimni  loyhalash  talablar  programmasini  tuzishdan  boshlanadi.  Talablar 



ikki gruppaga ajratiladi. 

 

1. Iste’molchi (matlubotchilar) talablari. 



 

2. Sanoat-ekanomika nuqtai nazaridan qo’yiladigan talablar. 

 

Birinchi  gruppaga  ekspluatasion,  estetik,  gigiyenik  talablar,  kiyimning 



tovarlik sifatiga, ko’rinishiga oid va boshqa talablar kiradi. 

 

Ekspluatatsion  talablar  deganda,  kiyimning  vazifasiga  va  foydalanish 

sharaoitlariga  mosligi,  qulayligi,  chidamliligi, 

ishonchliligi,  formasining 

barqarorligi tushuniladi. 

 

Estetik  talablar deganda, kiyimning  modaga  mosligi,  yangi  materiallardan 

tikilganligi,  yangi  otdelkalar  ishlatilganligi,  istemolchilarning  estetik  didlarini 

qondirish tushuniladi. 

 

Gigiyenik  talablarga  kiyimning  issiqlik  balansi,  havo  o’tkazuvchanligi, 

ichki  (kiyim  ostidagi)  nam-teridan  yoki  tashqi  nam  (qor-yomg’ir)  ta’siridan 

himoyalash  darajasi,  yengilligi,  konstruksiyaning  qulayligi  (kishining  normal 


fizologik  funksiyalariga  halakit  bermasligi)  kiradi.  Gigenik  talablar  bir  muncha 

umumiyroq  bo’lib,  ergonomik  talablarni  ham  o’z  ichiga  oladi;  erganomik 

talablarni ham o’z ichiga oladi. Erganomik talablar esa antropometrik, gigenik va 

psixi-fizologik moslikka oid bir qancha ko’rsatkichlarni o’z ichiga oladi. 

 

Ikkinchi  gruppaga  texnologik,  standartlashtirish  va  uning  metodlari, 



tejamkorlikdan iborat talablar kiradi. 

 

Tejamkorlik 

loyhalash 

harajatlari, 

ishlab 

chiqarishni 



texnologik, 

konstruktorlik  va  texnik  jihatdan  tayyorlash  bilan  bog’liq  harajatlar,  shuningdek, 

iste’molchilarning undan foydalanish harajatlari bilan harakterlanadi. 

 

Ko’p  modeli  potoqlarda  tayyorlanadigan  modellarga  texnologik  bir  xillik 

jihatdan 

qo’shimcha 

talablar 

qo’yiladi: 

bu 

talablar 



korxonalarining 

unifikasiyalashtirilgan barqoror potoqlarda ishlashni ta’minlaydi. 

 

Konstruktor  faoliyatining  eng  qiyin  va  ma’suliyatli  bosqichlari  kiyim 



detallarining  chizmasi-yoyilmasini  chizishdan  iborat.  Bu  bosqichdan  ko’riladigan 

asosiy  maqsad  –  detallarning  shakli  va  razmerlarini  mumkin  qadar  aniqroq 

belgilash;  shunday  qilinsa,  kiyimning  detallari  yig’ilgandan  keyin  hosil  bo’lgan 

formasi rassom formasiga mos keladi. 

 

Bu  ishning  qiyinligi  va  murakkabligi  shundaki  faqat  tar’ifi,  eskizi  va 



namunasigina  berilgan,  lekin  o’zi  yo’q  kiyimning  chizmasini  –  detallarining 

yoyilmasini  chizishga  to’g’ri  keladi.  Buning  ustiga,  kiyimning  sirti  murakkab, 

yoyib  bo’lmaydigan  sirt  hisoblanadi.;  shunga  ko’ra  uning  yoyilmasi  va  hisobi, 

ya’ni  uni  chizish  uchun  kerak  bo’ladigan  ma’lumotlarni  hisoblab  chiqarish  va 

chizmani chizish ancha qiyin.  

 

Kiyim  detallarini  hisoblash  va  chizma  tayyorlashning  mavjud  metodlarni 



gruppalarga bo’lib, quyidagicha tushuntirish mumkin. 

1.  Mulyaj metodi. 

2.  Gavdaning o’lchamlariga va chok haqlariga asoslanish 

3.  Boshlang’ich sirt to’g’risidagi ma’lumotlarga asoslanish. 

Mulyaj  metodining  mohiyati  shundan  iboratki,  maneken  yoki  kishi 

gavdasiga nakid material (asosiy gazlama, yengil yumshoq qog’oz yoki to’r-kanva) 

modelning  formasiga  moslab  to’g’nag’ichlar  bilan  qadab  qo’yilib,  kiyim 

detallarining konto’rlari chizib chiqiladi. Bunda asosiy usul –qadashdir.  

 

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Mulyaj metodi 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



Yordamchi  to’r-  kanva  metodi  mulyaj  metodining  bir  to’ri  hisoblanadi;  bunda 

gazlamaning  iplarini  surish-siljitish  hisobiga  kiyim  detallarining  yoyilmasi  xuddi 

pardaga o’xshatib yasaladi. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Kiyim  detallarining  yoyilmasini  boshlang’ich  sirt  ma’lumotlariga  asoslanib 

chizish  metodlari  gruppasi  analitik  va  grafik  metodlar  degan  yordamchi 

gruppalarini o’z ichiga oladi. 

 

Analitik  metodlar  gavda  (sirt)  ni  razmeri  va  formasi  to’g’risidagi  , 



ma’lumotlarga  asoslanadigan  nazariy  hisoblashlar  metodi  jumlasiga  kiradi.  Uning 

ikkita  asosiy  to’ri  mavjud:  Aqademik.P.L.Chebishev  metod  iva  M.P.(razmerlar 

orasidagi o’tishlarga asoslanish) metodi. 

P.L.Chebishev  metodida  yoyiladigan  sirtning  egriligi  aniqlanadi.  Bu  metod 

boshlang’ich  sirt  to’g’risidagi  ma’lumotlarga  asoslanib,  kiyimning  konstruksiyalash 

prinsiplarini rivojlantirishga yordam beradi.  

M.P.  metodi  yordamchi  sistema  hisoblanadi;  u  sistema  uchun  boshlang’ich 

razmerlarning to’liq razmerlari bo’lishi shart. Kiyim detallari chizmalarini esa istagan 

metoda  chizish  mumkin.  Detallarning  boshqa  razmerlari    hisoblash  metodida 

aniqlanadi. 

Grafik metodga chizma geometriya prinsipi asos qilib olinadi. Jami metodlarning 

mohiyati  yoyilmaydigan  sirtlarni  uchastka  va  kichik  uchastkalarga  bo’lib  chiqishdan 



iborat.  Yordamchi  uchastkalarning  hosil  qilingan  chizmalari  keyinchalik  muayyan 

tartibda ketma-ket joylashtirilib, kiyim sirtining yaxlit chizma yoyilmasi hosil qilinadi.  

Kiyim  sirtining  kesimiga  qarab  quyidagi  metodlar  farq  qilinadi  :    geodezik 

chiziqlar  metodi  (sirtning  kesimi  geodezik  kesimi  ya’ni  eng  qiska    yoyilmaning 

boshlang’ich OU chizig’iga nisbatan perpendikulyar joylashgan eng qisqa X

1

, X



2 , 

X



X

4



 ) chiziqlar bo’yicha hosil qilinadi; kesuvchi chiziqlar metodi (yoyiliuvchi sir tuch 

uchastkaga  va  har  bir  uchastka  kichik  uchuastkalarga  bo’linadi)  ;  uchburchaklar 

metodi (sirt kesimi o’qqa nisbatan joylashgan uchburchaklarga ajratiladi.); gorizontal 

kesimlar  metodi  (sirt  yo’l-yo’l  qilib  elementar  uchastkalarga  bo’lib  chiqiladi);  to’rt 

koordinata  metodi  (sirtqi  koordinatalar  o’qi  chiziladi,  so’ngra  o’ziga  xos  nuqtalar 

qo’yib  chiqiladi,  nuqtalarning  kordinatalari  topish  yo’li  bilan  chizma  yoyilmadagi 

vaziyatni  aniqlash  mumkin);  yordamchi  yoyish  chizig’i  metodi  tikiladigan 

materiallarning  harakatchanligi  (sirpanchiq,  silliqligi)  ni  hisobga  olish  zarurligiga 

asoslangan.  Maneken  (kiyim)  da  kiyim  detallari  asosiy  zo’riqadigan  joylariga 

koordinata o’qlari  hamda yordamchi yoyish chiziqlari chiziladi. 

Mazkur chiziqlar o’ziga xos kordinatalar sistemasi bo’lib, ular yordamida kiyim 

detallari  yordamida  har  qanday  nuqtaning  fazoviy,  so’ngra  tekislikdagi  vaziyatini 

aniqlash mumkin. Bu metod kiyimga shakl berish texnologiyasi haqida 1-2 mm gacha 

aniqlikda ma’lumot olishga imkon beradi  

Kiyim  detallarining  chizma  yoyilmasini  gavda  o’lchamlari  va  chok  haqiga 

asoslanib  chizishda  har  xil  konstruksiyalash  metodlaridan  foydalaniladi.  Garchi 

konstruksiyalash  metodlarining  kamchiliklari  ham  bo’lsada,  ular  ancha  oson  kiyim 

detallarining  forma  hamda  o’lchamlarini  nisbatan  to’g’ri  aniqlash  imkonini  beradi, 

shunga ko’ra dastlabki chizmalar uchun kerakli ma’lumotlarni hisoblab chiqarishda va 

ularni  hali  ham  shu  metodlar  ishlatiladi.  Ularning  ko’pchilikka  ma’lum  bo’lganlari 

hisoblash-o’lchamlar  metodi,  proporsional  hisoblash  metodi,  kordinatalar  metodi, 

masshtablar metodi va boshqalar. 

Konstruksiyalashning  proporsional-hisoblash  metodlaridan  birinchi  marta 

ko’plab  kiyim  tikishda  foydalaniladi  Bu  metodlar  hisoblash-o’lchash  metodlarining 

bir  to’ridir;  bunda  bichish  o’lchamlari  hisoblash  o’lchamlariga  almashtirilgan. 

Hisoblash  o’lchamlari  ikkita  asosiy  razmer  belgisiga  ko’krak  yarim  aylanasining 

ikkinchi o’lchamiga va rostga proporsional bog’liq holda belgilanadi.  

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling