A., Sharipova sh. S. Kasbiy ta`lim metodikasi


 Nazariy mashg‘ulotlarning asosiy shakllari, ishlab chiqarish ta’limini


Download 2.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/224
Sana31.01.2024
Hajmi2.97 Mb.
#1832640
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   224
Bog'liq
KASBIY TALIM METODIKASI Дарслик PDF

11.1. Nazariy mashg‘ulotlarning asosiy shakllari, ishlab chiqarish ta’limini 
tashkil qilishning asosiy shakllari, ishlab chiqarish korxonalariga 
ekskursiya, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limida xo‘jalik 
yuritishning yangi shakllarini o‘qitish 
 
Tayanch so‘z va iboralar:
Ishlab chiqarish ta’limi, tashkil etish shakllari, ko‘rsatma berish, vazifalarni 
yechish, amaliy ishlar, usta faoliyatining yutug‘i, umumiy va yakka tartibdagi 
xatoliklar, ishlab chiqarish darslarining turlari, maxsus tajriba maydonchalari
o‘quv ustaxonasi, ishlab chiqarish korxonalari.
Ishlab chiqarish ta’limi turli shakllarda joriy qilinadi. Bularga kasb-hunar 
kollejlari o‘quv ustaxonasida ishlab chiqarish sayohati, amaliyoti va maslahatlar, 
ishlab chiqarish korxonalar ustaxonalarida amaliyotlar, ish o‘rinlarida diplom oldi 
ishlab chiqarish amaliyoti va boshqalar kiradi. Muayyan kasbga o‘rgatishda diplom 
kiradi. 
Ishlab chiqarish ta’limini tashkil etishning asosiy shakllarini ko‘rib 
chiqamiz: 

 Ishlab chiqarish ta’limi - o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulot bo‘lib, 
uning maqsadi ishlab chiqarish sharoitlarida unumli mehnat uchun zarur bo‘lgan 
boshlang‘ich kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish hisoblanadi. Ishlab chiqarish 
ta’limi mashg‘ulotlarida bilimlarni yaxlitlashtirish va ularni talabaning amaliy 
faoliyati jarayonida har tomonlama qo‘llash amalga oshadi. Bu ishlab chiqarish 
ta’limi mashg‘ulotlarining tuzilmasini, mazmuni va o‘qitish usullarini, shuningdek 
ularning davomiyligini aniqlab beradi. 
Ishlab chiqarish ta’limi mashg‘ulotlari tuzilmasida ko‘rsatma berish muhim 
bo‘lib ularga boshlang‘ich ko‘rsatma, joriy ko‘rsatma va yakuniy ko‘rsatmalar 
kiradi. 

Boshlang‘ich ko‘rsatma berish  quyidagi vazifalarni yechadi:
a) talabalar oldida turgan ishlar mazmuni bilan va uni bajarish mumkin 
bo‘lgan vositalar bilan (asbob, moslama, jihoz va hokazo) tanishtirish;


149 
b) mehnatning yakuniy natijasiga (maxsulotga) bo‘lgan talablar va texnik 
hujjatlar bilan tanishtirish;
c) butun ishni va uning alohida qismlarini (usullar, operatsiyalar va x.k.) 
bajarish qoidalari va ketma-ketligini tushuntirish;
d) mumkin bo`lgan kiyinchiliklar, xatolar haqida talabalarni ogohlantirish; 
e) zarur xollarda operatsiyalarning bajarilishi ustidan o‘z-o‘zini nazorat 
qilish usulini namoyish qilish. 


Download 2.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   224




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling